Avtomobillarning axborot-diagnostik tizimiga ta'luqli asboblarni tuzilishi va ishlashi


Yonilg‘i sathini o‘lchash asboblari



Yüklə 1,27 Mb.
səhifə8/11
tarix21.05.2023
ölçüsü1,27 Mb.
#119111
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Avtomobillarning axborot-diagnostik tizimiga ta\'luqli asboblarni tuzilishi va ishlashi

6.4. Yonilg‘i sathini o‘lchash asboblari

Yonilg‘i sathini o‘lchash asboblari avtomobil bakidagi yonilg‘i hajmini va u qancha masofaga yetishini baholash imkonini beradi. Hozirgi zamon avtomobillarida yonilg‘i sathini o‘lchash uchun elektr asboblar ishlatiladi. Bu asboblarning datchigi yonilg‘i bakiga, ko‘rsatkich esa, haydovchi kabinasidagi asboblar paneliga joylashtiriladi. Ko‘rsatkich shkalasi bak hajmi ulushida darajalanadi: O, 1/4, 1/2, 3/4,  (yoki F). Ko‘rsatkich sifatida ikki turdagi asboblar joriy topgan: elektromagnitli va logometrik. Har ikkala ko‘rsatkich bilan yonilg‘i sathi o‘zgarganda qarshiligi o‘zgaradigan bir xil reostatli datchiklar ishlatiladi. Ba’zi datchiklarga qo‘shimcha kontaktlar o‘rnatilib, ular bakdagi yonilg‘i ma’lum minimal qiymatgacha kamayganda (taxminan 50 - 100 km masofaga yetadigan darajagacha) tutashadi va asboblar panelidagi lampa yonadi.


Reostatli datchikning (6.8-rasm) sezuvchi elementi sifatida kaprondan tayyorlangan silindrik qalqi ishlatilib, u pishang bilan birga o‘q atrofida buralishi mumkin. Shu o‘qning o‘ziga reostatning bronzali sudralgichi mahkamlangan va u harakatlanganda reostat chulg‘ami ustida sirg‘aladi. Reostat chulg‘ami 0,2 mm li nixrom simdan tekstolit taxtacha ga o‘ralgan. Yonilg‘i sathi kamaysa datchik qalqisi pastga tushadi va u bilan birga sudralgich ham buralib reostat qarshiligini kamaytiradi.
Yonilg‘i sathini o‘lchash asboblaridagi logometrik ko‘rsatkichlar tuzilishi, temperatura va bosim o‘lchash asboblarining logometrik ko‘rsatkichlari (6.3-rasm) bilan bir xil bo‘lib, bir-biridan - g‘altaklardagi o‘ram lar soni va rezistorlar kattaligi bilan farq qiladi. Logometrik ko‘rsat-kichlarning o‘lchash aniqligi elektromagnitli ko‘rsatkichlarga nisbatan ancha yuqori, chunki ularda temperatura o‘zgarishibilan o‘zining magnit o‘tkazuvchanligini o‘zgartirib turuvchi ancha salmoqli magnit o‘tkazgichlar yo‘q. Bundan tashqari, logometrik ko‘rsatkichlarda strelkaning burilish burchagi nisbatan katta. Strelka va yakorchaga posangi kerak emas, chunki ular dastlabki holatiga ko‘rsatkich qobig‘iga joylashtirilgan kichkina doimiy magnit yordamida qaytariladi.



Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin