Jinoyat-delinkvent xulq-atvor turi bo’lib, shaxsga, qonun bilan qo’riqlanadigan ob’ektlarga tajovuz qiluvchi ijtimoiy havfli xatti-harakat.
Jinoiy xulq-atvor-jinoiy javobgarlikka tortish yoshiga yetganda jinoiy ish qo’zg’atishga asos bo’luvchi g’ayri huquqiy harakatlar.
Ijtimoiylashuv-insonning butun hayoti mobaynida o’z-o’zini o’zgartirish va rivojlantirishning boshqariladigan va maqsadga yo’naltirilgan jarayoni.
Ijtimoiy tarbiya-bevosita insoniy munosabatlar, shuningdek shu
Insoniylik-bolani shaxs sifatida qadrlaydigan, uning g’ururi va erkinligini himoyalash bilan xarakterlanadigan, inson manfaatini ijtimoiy institutlarni baholashning asosiy me’yori deb hisoblaydigan qarashlar tizimi.
Infantilizm-organizmning ruhiy rivojlanishidagi to’xtab qolish bo’lib, bolalik davridagi rivojlanish bosqichi jihatlarini saqlab qolish bilan xarakterlanadi.
Inqiroz-shaxs rivojlanishining diskret vaziyatida uning maqsadga qaratilgan hayotiy faoliyatining to’xtab qolishi. Surunkali inqiroz ijtimoiy dezadaptatsiya, o’z joniga qasd qilish, asab-ruhiy va psixologik kasalliklarga olib kelishi mumkin.
Ishontirish-mantiq, isbot-dalilga asoslangan aqliy emotsianal ta’sir. Uning mohiyati inson ongiga ta’sir qilishga qaratilgan, demak ishontirishning muvaffaqiyali bo’lishi ong qonunlariga mos kelishiga bog’liq. Ishontiruvchi so’zlar tushunarli bo’lishi kerak. Ishontirish individual tajribaga qaratilishi lozim.
Ichki ishonch-axborotni tanqidsiz qabul qilish va unga muvofiq kayfiyat, xulq-atvorni o’zlashtirishga qaratilgan ta’sir. Ishontirishning samaradorligi ishontiruvchi shaxsning kuchi va boshqa shaxsning ishonuvchanligi, shuningdek ular o’rtasidagi munosabatlarga bog’liq.
Iqtidorlilik-bolaning o’z yoshi normalariga nisbatan aqliy rivojlanishda ancha ilgarilab ketishi.
Katamnez-davolash yakunlangandan so’ng kasal haqida olinadigan ma’lumotlar. Maxsus kuzatuv ostida bo’lgan o’quvchilarning mehnat hayoti, ta’limi to’g’risida davriy ma’lumot to’plash.