Mavzu:Avtotransport korxonalarida moliyaviy natijalar ko‘rsatkichlari va ularni xususiyatlari, soliqlar, majburiy ajratmalar va to’lovlarning hisobi Reja: 1.Avtotransport korxonalarida asosiy faoliyatdan olingan moliyaviy natijalar ko‘rsatkichlarining hisobi 2.Avtotransport korxonalarida umumxo‘jalik faoliyatidan olingan moliyaviy natijalarning hisobi 3.Avtotransport korxonalarida sof foyda va uni ishlatilishining hisobi
1.Avtotransport korxonalarida asosiy faoliyatdan olingan moliyaviy natijalar ko‘rsatkichlarining hisobiAvtotransport korxonalarida sotishdan olingan sof tushum deganda ATVlar yordamida bajarilgan ish (ko‘rsatilgan xizmat)lardan olingan daromadlar tushuniladi. Hisobot davri (oy, chorak, yil) davomida sotishdan olingan sof tushum 9030 «Bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlardan daromadlar» schyotining kreditida aks ettiriladi. Hisobot davr oxirida ushbu schyotning kreditida to‘plangan summa 9910 «Yakuniy moliyaviy natija» schyotiga o‘tkaziladi va shu yo‘l bilan u yopiladi. Avatotransport korxonalarida sotish ATVlar yordamida bajarilgan ish (ko‘rsatilgan xizmat)larga ketgan barcha ishlab chiqarish maqsadidagi sarf-xarajatlar tushuniladi. Ushbu ko‘rsatkichning hisobi hisobot davri (oy, chorak, yil) davomida 9130 «Bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlarning tannarxi» schyotida yuritiladi. Hisobot davr oxirida ushbu schyotning debetida to‘plangan summa 9910 «Yakuniy moliyaviy natija» schyotiga o‘tkaziladi va shu yo‘l bilan u yopiladi. tannarxideganda
Sotishdan olingan foyda yoki zarar ATVlar yordamida bajarilgan ish (ko‘rsatilgan xizmat)lardan olingan sof tushum hamda ularning sotish tannarxi summalarining farqidan tashkil topadi. Sof tushumning sotish tannarxidan ko‘p bo‘lishi avtotransport korxonasining bajarilgan ish (ko‘rsatilgan xizmat)lardan foyda olganligini, aksincha sof tushumning sotish tannarxidan kam bo‘lishi esa avtotransport korxonasining bajarilgan ish (ko‘rsatilgan xizmat)lardan zarar ko‘rganligini bildiradi. Buxgalteriya hisobida sotishdan olingan foyda yoki zarar summasi 9910 «Yakuniy moliyaviy natija» schyoti ma’lumotlari asosida arifmetik yo‘l bilan topiladi. Avtotransport korxonalarida davr xarajatlari deganda ular tomonidan bajarilgan ish (ko‘rsatilgan xizmat)larni sotish, ma’muriy-boshqarish va boshqa operatsion faoliyatga doir xarajatlar tushuniladi. Ushbu xarajatlarning hisobi mos ravishda 9410 «Sotish xarajatlari», 9420 «Ma’muriy-boshqaruv xarajatlari», 9430 «Boshqa operatsion xarajatlar» va 9440 «Kelgusida soliq bazasidan chegiriladigan hisobot davr xarajatlari» schyotlarida olib boriladi.