Axborot haqida tushuncha



Yüklə 3,46 Mb.
səhifə23/41
tarix24.07.2023
ölçüsü3,46 Mb.
#137257
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   41
Axborot haqida tushuncha

Ustunlar
Ba’zida jаdvаldа ustunlar haddan tashqari kam yoki haddan tashqari ko‘p bo‘ladi. Ularni jadvalga qo‘shish yoki chiqarib tashlash mumkin. Qo‘shilgan ustunlar ajratilganlarining chap tomonidan paydo bo‘ladilar va ularning soni ajratilgan ustunlarning soniga to‘g‘ri keladi.
Buni amalda qilib ko‘rish uchun:
1. Sichqonchaning ko‘rsatkichini u qora vertikal strelkaga aylanib qolmasligi uchun jadvalning yuqorigi chegarasi ustiga o‘rnating.
2. Bir ustunni ajratish uchun sichqonchani bosing yoki bir nechta ustunni ajratish uchun ko‘rsatkichni boshqa joyga ko‘chiring.
3. Sichqonchaning o‘ng tugmasini ajratilgan bo‘lak ustida bosing va paydo bo‘lgan menyudan ustunlar qo‘shilsin yoki ustunlar ajratilsin buyrug‘ini tanlang.
Matnning uzun bo‘laklarini ularda joylashtirish uchun ustunlarning kengligini o‘zgartirish mumkin. Butun ustunning kengligini o‘zgartirish uchun kursorni jadvalga, unda ajratilgan yacheykalar bo‘lmaydigan qilib o‘rnating. Alohida оlingаn yachekani kengligini o‘zgartirish uchun uni ajrating. Sichqonchaning ko‘rsatkichini kerakli ustunini o‘ng chegaraligiga joylashtiring. Ko‘rsatkich ikki tomonga yo‘nаl-tirilgan strelkaga aylanishi kerak. Ustunning kengligini o‘zgartirish uchun uning o‘ng chegarasini boshqa joyga ko‘chiring yoki ustunning kengligini avtomatik ravishda tanlash uchun chegarani ikki marta bosing. Hamma ustunlar uchun teng kenglik berish uchun jadvalni ajrating va jadvallar hamda chegaralar asboblar panelidagi Выровнять ширину столбцов (Ustunlarninng kengligi tekislansin) tugmasini bosing.
Ba’zan jadvaldagi matn va vertikal chegaralar orasidagi masofani oshirish zarur bo‘ladi. Buning uchun matnni chеkinishni ko‘payitirish yoki ustunlar orasidagi intervalni o‘zgartirish kerak. Buni amalga oshirishni xohlasangiz:
1. Kursorni jadvalga o‘rnating va ТаблицаСвойства таблицы (JadvalJadvalning xususiyatlari) buyrug‘ini tanlang.
2. “Jadvalning xususiyatlari” muloqot darchasidan yacheykani ilovasini tanlang.
3. Parametrlar tugmasini bosing. Paydo bo‘lgan “yacheykaning parametrlari” muloqot darchasidagi tepadan, pastdan, chapdan, o‘ngdan maydonlarida zarur intervallarni bering.
4. OK tugmasini bosing.


Satrlar
Jadvalning oxiriga qo‘shimcha satr qo‘shish uchun uning so‘nggi yacheykasini tanlang va Tab tugmachasini bosing. Word yangi qatorni avtomatik ravishda qo‘shib qo‘yadi. Ba’zida jadvalning o‘rtasiga qator qo‘shish yoki o‘rtadagi qatorni chiqarib tashlashga to‘g‘ri keladi. Qo‘shilgan qatorlar ajratilgan qatorlar tepasida paydo bo‘ladilar va ularning soni ajratilgan qatorlar soniga mos keladi. Buni amalda ko‘rish uchun:
1. Sichqonchaning ko‘rsatkichini, u оq strelkaga aylanishi uchun, hujjatning chap hoshiyasiga o‘rnating.
2. Jadvalning bir qatorini ajratish uchun sichqonchaning tugmachasini bosing yoki bir nechta qatorini ajratish uchun ko‘rsatkichni boshqa joyga ko‘chiring.
3. Аjrаtilgаn bo‘lakni sichqonchaning o‘ng tugmasi bilan bosing va paydo bo‘lgan menyudan Добавить строки (Qatorlar qo‘shilsin) yoki Поменять строки (Qatorlar almashtirilsin) buyrug‘ini tanlang.
Jadval tuzayotganda ba’zan uning qatorlarini raqamlash qulay bo‘ladi. Jadvalning qatorlariga tartib raqamini qo‘yish hujjatda xat boshilarni raqamlagandek bajariladi. Buning uchun jadvalning birinchi ustunini ajrating. Formatlashtirish asboblar panelidagi Нумеровать (Raqamlash) tugmasini bosing. Raqamlashni chiqarib tashlash uchun yana birinchi ustunni ajrating va raqamlash tugmasini bosing.



Yüklə 3,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin