Savol va topshiriqlar.
1. Matnni tahrirlashning asosiy bosqichlarini aytib bering.
2. WORD matn muharriri qanday imkoniyatlarga ega?
3. WORD matn muharririni ishga tushirish usullarini aytib bering.
4. WORD interfeysi oynasining tuzilishini aytib bering.
5. Oynaning o’ng yuqori burchagida joylashgan piktogrammalar qanday vazifalarni bajaradi?
6. Menyular qatorida qanday menyu turlari bor? Ularning vazifalarini qisqacha tushuntirib bering.
7. Standart va bichimlash uskunalar panelidagi piktogrammalarning vazifalarini aytib bering.
8. Holat qatorida qanday ma'lumotlar aks ettiriladi?
10-Mavzu: Word matn muharriri yordamida jadvallar bilan ishlash.
Reja:
Jadvallar.
Jadval tuzish.
3. Jadvalni formatlashtirish
4. Ustunlar va satrlar.
Tayanch iboralar: Matn, matn kiritish, yangi hujjat yaratish, uning usullari, “Saxifa parametri buyrug’i”, matnni chop etish, matnni shrift va o’lchamini o’zgartirish.
Jadvllar
Jadvali ma’lumotlarni qatorlar va ustunlar ko‘rinishidagi tashkil etgan to‘plamidir. Jadvalning qator va ustunlari kesishgan joydagi unsuri yacheyka deyiladi. Microsoft Worddagi jadvallar ma’lumotlarni taqdim etish va shakllantirish ( bir shaklga solish ma’nosida)ning juda qulay va samarali usulidir. Word jаdvаllаrdаgi ustunlar va qatorlarning o‘lchamlarini, shuningdek sonini interfaol o‘zgartirish, chegaralarni tashqi ko‘rinishi va matnni tahrir qilish imkonini beradi, turli rangda bezashni ta’minlaydi, ma’lumotlarni saralash imkonini beradi.
Jadval tuzish
Jadval tuzish uchun asboblarning standart panelidagi Добавить таблицу (Jadval qo‘shilsin) tugmasidan yoki jadval menyusining Добавить Таблицу (Jadval Qo‘shilsin) buyrug‘idan foydalanish mumkin.
Buni amalga oshirish uchun:
1.Kursorni jadval boshlanishi kerak bo‘lgan joyga o‘rnating va asboblarning standart panelidagi Добавить таблицу (Jadval qo‘shilsin) tugmasini bosing. Shunda jadvalning yacheykalari sonini tanlash paneli ochiladi. Sichqonchaning ko‘rsatkichini harakatlantirib satrlar va ustunlar miqdorini tanlang. Agar siz jadvalning o‘lchamlarini bermoqchi bo‘lsangiz jadval menyusining Таблица Вставить Таблицу (Jadval Kiritilsin Jadval) (48-rasm) buyrug‘ini tanlang.
Bundan tashqari Таблицы и границы (Jadvallar va chegaralar) asboblar paneli yordamida jadvalni rasmini chizish mumkin.
Shuningdek jadvalning rasmini chizish buyrug‘ini tanlab ham chizish mumkin.
Jadvallar bilan ishlash uchun jadvallar va chegaralar (48 rasm) asboblar panelidan foydalanish qulaydir. Jadvalning rasmini chizayotganda siz yacheykalarni satrlar va ustunlarni, ularni joylashtirishning mavjud tartibidan qаt’iy nаzаr, xohlagan jоyingizgа joylashtirishingiz mumkin. Yangi yacheyka tuzish uchun sichqonchaning qalam shaklidagi ko‘rsatkichi bilan bir ustun (yoki satr)dan boshqasigacha (chiziq) tortib berishingizni o‘zi kifoya.
2. Jadvallar va chegaralar asboblar panelidagi Нарисовать таблицу (Jadvalning rasmi chizilsin) tugmasi bosilganidan so‘ng sichqonchaning ko‘rsatkichi kichkina qalamcha shakliga kiradi. Shunda siz jadvalning o‘lchamlari va xolatini berishingiz mumkin. Qatorlarni tuzish uchun Sichqonchaning tugmasini bosilgan xolatida ushlab turgancha, ko‘rsatkichni gorizontal, ustunlari tuzish uchun esa vertikal xarakatlantiring. Chiziqni chiqarib tashlash uchun jadvallar va chegaralar asboblar panelidagi lastik (o‘chirg‘ich) tugmasini bosing va kichkina o‘chirg‘ich yordamida ortiqcha chiziqni o‘chiring. Chiqarib tashlash oldidan bu chiziq ko‘k rang bilan ajratiladi. Agar siz chiziqning rasmini chizishni yoki uni chiqarib tаshlаshni boshlangan bo‘lsangizu, ammo xarakatni oxiriga yetkazmasdan bunday qilishdan voz kechmoqchi bo‘lsangiz sichqonchani tugmasini qo‘yib yuborishdan oldin Esc tugmachasini bosing.
Jadval tuzib bo‘lingach, unga qo‘yish, chegaralar, yangi yacheykalar va formatlashtirishning boshqa unsurlarini qo‘shish mumkin. Microsoft office paketiga jadvallarni bezashga ketadigan vaqtni sezilarli darajada tejashga yordam beruvchi, jadvallarni formatlashtirish uchun tayyor professional andozalarni bir qatori kiradi.
3. Kursorni o‘zingiz yaratgan jadvalga joylashtiring va jadvallar hamda chegaralar asboblar panelining jadvalini avtoformatik tugamasidan foydalaning. Shunda jadvalning avtoformati muloqot darchasi ochiladi.
4. Formatlar ro‘yxatidagi variantlardan birini tanlang va namunaga xoshiyasidagi formatlashtirish (49 rasm)ga qarang.
Dostları ilə paylaş: |