3
KIRISH
Axborot xavfsizligi sohasida mutaxassislarni tayyorlash,
malakasini oshirish
va qayta tayyorlash tizimi hozirgi kunning asosiy masalalaridan biri bo‘lib,
kompyuter jinoyatchiligi va kiberterrorchilikka qarshi kurashish muhim
vazifalardan biri hisoblanadi.
Hozirgi kunda kompyuter tarmoqlarini buzishni va boshqa kiberjinoyatlarni
amalga oshirishni o‘rganish bo‘yicha axborotga ega bo‘lish juda oson. Kompyuter
jinoyatchiligini sodir etish texnologiyasi keltirilgan elektron va bosma nashrlar
erkin tarqatiladi (misol uchun «Xaker» va «Спец хакер» jurnallarini keltirish
mumkin).
Tez rivojlanib borayotgan kompyuter axborot
texnologiyalari bizning
kundalik hayotimizning barcha jabxalarida sezilarli o‘zgarishlarni olib kirmoqda.
Hozirda “axborot tushunchasi” sotib olish, sotish, biror boshqa tovarga
almashtirish mumkin bo‘lgan maxsus tovar belgisi sifatida tez-tez ishlatilmoqda.
Shu bilan birga axborotning bahosi ko‘p hollarda uning o‘zi joylashgan kompyuter
tizimining bahosidan bir necha yuz va ming barobarga oshib ketmoqda. Shuning
uchun tamomila tabiiy holda axborotni unga ruxsat etilmagan holda kirishdan,
qasddan o‘zgartirishdan, uni o‘g‘irlashdan, yo‘qotishdan
va boshqa jinoiy
xarakterlardan himoya qilishga kuchli zarurat tug‘iladi.
Hozirgi zamon talablarini inobatga olgan holda axborot xavfsizligi sohasida
kadrlar tayyorlashning asosiy prinsiplarini quyidagicha ifodalash mumkin: nazariy
bilimlar darajasi xalqaro darajaga yaqinlashishi kerak; mahalliy sharoitlarda ish
yuritishning amaliy ko‘nikmalarini egallashga yo‘naltirish kerak; asosiy e’tibor
xavfsizlikni ta’minlash masalalariga qaratilishi kerak. Axborot xavfsizligi sohasida
kadrlarni tayyorlash tizimini rivojlantirish eng dolzarb muammolardan biri bo‘lib,
to‘g‘ri tanlangan milliy kadrlarni tayyorlash siyosati va milliy dasturiy-apparat
mahsulotlarini yaratish orqali axborot texnologiyalari
sohasidagi jinoyatlarning
o‘sishiga jiddiy to‘sqinlik yaratish mumkin.
Axborot-kommunikatsiya tizimlarida ma’lumotlar almashinuvini samarali
amalga oshirishni tashkil etish bugungi rivojlangan jamiyatda katta ahamiyat kasb
4
etadi. Axborot texnologiyalarining jadal rivojlanib borishi, jamiyat faoliyatining
keng sohasida turli axborot xizmatlarining vujudga kelishiga olib keldi. Ayniqsa
bank va boshqa to‘lov
tizimlarida, davlat va jamiyat manfaatlari bilan bog‘liq
muhim ma’lumotlarni almashish hamda tahlil qilishda, tez va ishonchli ma’lumot
almashinuvi talab etiladigan tizimlarda axborot muhofazasi masalalari dolzarb
hisoblanadi. Haqiqatan ham, har qanday ma’lumot u yoki bu ma’noda axborot-
kommunikatsiya tizimi foydalanuvchilarining manfaati bilan bog‘liq.
Axborot
muhofazasini ta’minlash: huquqiy-me’yoriy hujjatlar, texnik vositalar va
kriptografik algoritmlar hamda protokollar negizida yaratilgan dasturiy, apparat-
dasturiy va apparat-texnik vositalarning birgalikda qo‘llash bilan samarali amalga
oshiriladi.
Mazkur o‘quv qo‘llanmada keltirilgan ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi
Milliy
gvardiyasi xodimlari, tinglovchilar va kursantlarga axborot xavfsizligining
nazariy, amaliy va uslubiy asoslari tashkilotning axborot xavfsizligi siyosati
to‘g‘risidagi yo‘riqnomani ishlab chiqishda, kompyuter tarmoqlari va tizimlarida
axborot xavfsizligini ta’minlashning zamonaviy usullari va vositalarini qo‘llashda,
axborotni himoya qilish bo‘yicha ishlab chiqarilgan turli
xil dasturiy mahsulotlar
imkoniyatlaridan samarali foydalanish bo‘yicha kerakli nazariy bilim va amaliy
ko‘nikmalarni shakllantirishga xizmat qiladi.
Ushbu o‘quv qo‘llanma olti bobdan iborat bo‘lib, unda asosan axborot
xavfsizligi asoslari, axborot xavfsizligi siyosati,
axborotlarni texnik himoyalash,
axborot xavfsizligini ta’minlashning apparat-dasturiy vositalari, axborotlarni
kriptografik himoyalash usullari va tarmoq texnologiyalarida axborot xavfsizligini
ta’minlash jarayonlari batafsil yoritilgan.
O‘quv qo‘llanmaning har bir bo‘limi yakunida berilgan bilimlarni
mustahkamlash uchun mavzular yuzasidan savol va topshiriqlar keltirilgan.
Mualliflar
Dostları ilə paylaş: