Axborot kommunikatsion texnologiyalar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/85
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175240
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   85
Axborot kommunikatsion texnologiyalar (1)

 
Mas’ul muharrir:
Mo‘minov B.B.
O‘zbekiston Respublikasi 
Milliy 
gvardiyasi 
Harbiy-texnik 
instituti 
Axborot-kommunikatsion 
texnologiyalar 
kafedrasi professori, texnika fanlari doktori. 
Taqrizchilar:
Matyaqubov 
A.S. 
O‘zbekiston 
Milliy 
universiteti Matematika fakulteti “Amaliy 
matematika va kompyuter tahlili” kafedrasi 
dotsenti, fizika-matematika fanlari nomzodi. 
 
Sanginov M.B.
O‘zbekiston Respublikasi Milliy 
gvardiyasi Harbiy-texnik instituti “Tabiiy fanlar” 
kafedrasi professori, fizika-matematika fanlari 
nomzodi. 
 
© 
Karimov N.M. 
© 
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti, 2019.
 



KIRISH 
Axborot xavfsizligi sohasida mutaxassislarni tayyorlash, malakasini oshirish 
va qayta tayyorlash tizimi hozirgi kunning asosiy masalalaridan biri bo‘lib, 
kompyuter jinoyatchiligi va kiberterrorchilikka qarshi kurashish muhim 
vazifalardan biri hisoblanadi. 
Hozirgi kunda kompyuter tarmoqlarini buzishni va boshqa kiberjinoyatlarni 
amalga oshirishni o‘rganish bo‘yicha axborotga ega bo‘lish juda oson. Kompyuter 
jinoyatchiligini sodir etish texnologiyasi keltirilgan elektron va bosma nashrlar 
erkin tarqatiladi (misol uchun «Xaker» va «Спец хакер» jurnallarini keltirish 
mumkin). 
Tez rivojlanib borayotgan kompyuter axborot texnologiyalari bizning 
kundalik hayotimizning barcha jabxalarida sezilarli o‘zgarishlarni olib kirmoqda. 
Hozirda “axborot tushunchasi” sotib olish, sotish, biror boshqa tovarga 
almashtirish mumkin bo‘lgan maxsus tovar belgisi sifatida tez-tez ishlatilmoqda. 
Shu bilan birga axborotning bahosi ko‘p hollarda uning o‘zi joylashgan kompyuter 
tizimining bahosidan bir necha yuz va ming barobarga oshib ketmoqda. Shuning 
uchun tamomila tabiiy holda axborotni unga ruxsat etilmagan holda kirishdan, 
qasddan o‘zgartirishdan, uni o‘g‘irlashdan, yo‘qotishdan va boshqa jinoiy 
xarakterlardan himoya qilishga kuchli zarurat tug‘iladi. 
Hozirgi zamon talablarini inobatga olgan holda axborot xavfsizligi sohasida 
kadrlar tayyorlashning asosiy prinsiplarini quyidagicha ifodalash mumkin: nazariy 
bilimlar darajasi xalqaro darajaga yaqinlashishi kerak; mahalliy sharoitlarda ish 
yuritishning amaliy ko‘nikmalarini egallashga yo‘naltirish kerak; asosiy e’tibor 
xavfsizlikni ta’minlash masalalariga qaratilishi kerak. Axborot xavfsizligi sohasida 
kadrlarni tayyorlash tizimini rivojlantirish eng dolzarb muammolardan biri bo‘lib, 
to‘g‘ri tanlangan milliy kadrlarni tayyorlash siyosati va milliy dasturiy-apparat 
mahsulotlarini yaratish orqali axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarning 
o‘sishiga jiddiy to‘sqinlik yaratish mumkin. 
Axborot-kommunikatsiya tizimlarida ma’lumotlar almashinuvini samarali 
amalga oshirishni tashkil etish bugungi rivojlangan jamiyatda katta ahamiyat kasb 



etadi. Axborot texnologiyalarining jadal rivojlanib borishi, jamiyat faoliyatining 
keng sohasida turli axborot xizmatlarining vujudga kelishiga olib keldi. Ayniqsa 
bank va boshqa to‘lov tizimlarida, davlat va jamiyat manfaatlari bilan bog‘liq 
muhim ma’lumotlarni almashish hamda tahlil qilishda, tez va ishonchli ma’lumot 
almashinuvi talab etiladigan tizimlarda axborot muhofazasi masalalari dolzarb 
hisoblanadi. Haqiqatan ham, har qanday ma’lumot u yoki bu ma’noda axborot-
kommunikatsiya tizimi foydalanuvchilarining manfaati bilan bog‘liq. Axborot 
muhofazasini ta’minlash: huquqiy-me’yoriy hujjatlar, texnik vositalar va 
kriptografik algoritmlar hamda protokollar negizida yaratilgan dasturiy, apparat-
dasturiy va apparat-texnik vositalarning birgalikda qo‘llash bilan samarali amalga 
oshiriladi.
Mazkur o‘quv qo‘llanmada keltirilgan ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi 
Milliy gvardiyasi xodimlari, tinglovchilar va kursantlarga axborot xavfsizligining 
nazariy, amaliy va uslubiy asoslari tashkilotning axborot xavfsizligi siyosati 
to‘g‘risidagi yo‘riqnomani ishlab chiqishda, kompyuter tarmoqlari va tizimlarida 
axborot xavfsizligini ta’minlashning zamonaviy usullari va vositalarini qo‘llashda, 
axborotni himoya qilish bo‘yicha ishlab chiqarilgan turli xil dasturiy mahsulotlar 
imkoniyatlaridan samarali foydalanish bo‘yicha kerakli nazariy bilim va amaliy 
ko‘nikmalarni shakllantirishga xizmat qiladi. 
Ushbu o‘quv qo‘llanma olti bobdan iborat bo‘lib, unda asosan axborot 
xavfsizligi asoslari, axborot xavfsizligi siyosati, axborotlarni texnik himoyalash
axborot xavfsizligini ta’minlashning apparat-dasturiy vositalari, axborotlarni 
kriptografik himoyalash usullari va tarmoq texnologiyalarida axborot xavfsizligini 
ta’minlash jarayonlari batafsil yoritilgan. 
O‘quv qo‘llanmaning har bir bo‘limi yakunida berilgan bilimlarni 
mustahkamlash uchun mavzular yuzasidan savol va topshiriqlar keltirilgan. 
Mualliflar 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin