Tarmoqqa
ta’sir
uslubi
:
-
interaktiv
;
-
paketli
;
Foydalaniladigan
vositalar
bo‘yicha
:
-
standart
dasturiy
ta’minot
;
-
maxsus
dasturiy
ta’minot
;
Xavfning
maqsadi
bo‘yicha
:
-
maxfiylikni
buzish
;
-
yaxlitlikni
buzish
;
-
ishonchlilikni
buzish
.
Ta’sir
tamoyili
bo‘yicha
:
-
obyekt
(
fayl
,
kanal
)
ga
subyekt
(
foydalanuvchi
)
ni
kirish
imkoniyatidan
foydalanish
bilan
;
-
yashirin
kanallardan
foydalanish bilan.
Ta’sir
xarakteri
bo‘yicha
:
-
aktiv
ta’sir
(
qoidani
buzish
);
-
passiv
ta’sir
(
kuzatish
va
tahlil
).
Axborotlarga nisbatan xavf – xatarlar (tahdidlar) tasnifi
Foydalanishdagi
xatoliklar
bo‘yicha
:
-
xavfsizlik
siyosatining
noadekvatligi
;
-
administrator
xatoliklari
;
-
dasturdagi
xatoliklar
.
Ta’sir
usuli
bo‘yicha
:
obyektga
bevosita
ta’sir
:
-
ruxsatlar
tizimiga
ta’siri
;
-
bilvosita
ta’sir
.
Hujum
obyektining
holati
bo‘yicha
:
-
saqlash
(
disklarda
,
flesh
xotiralarda
);
-
aloqa
kanali
bo‘yicha
uzatish
;
-
qayta
ishlashlar
(
foydalanuvchi
jarayoni
hujum
obyekti
bo‘lganda
).
Hujum
obyekti
bo‘yicha
-
ma’lumotlarni
qayta
ishlashning
avtomatlash
-
tirilgan
tarmoqlari
subyektlari
;
-
ma’lumotlarni
qayta
ishlashning
avtomatlash
-
tirilgan
tarmoqlari
obyektlari
;
-
umuman
ma’lumotlarni
qayta
ishlashning
avtomatlashtirilgan
tarmoqlari
;
-
foydalanuvchilar
jarayonlari
;
-
ma’lumotlar
paketlari
va
aloqa
kanallari
.
12
Xavfsizlik siyosatining eng
asosiy vazifalaridan biri himoya tizimida
potеntsial xavfli joylarni
qidirib topish va ularni bartaraf etish hisoblanadi.
Tеkshirishlar shuni ko‘rsatadiki, tarmoqdagi eng
katta xavflar — bu ruxsatsiz
kirishga mo‘ljallangan maxsus dasturlar, kompyutеr viruslari va dasturning ichiga
joylashtirilgan maxsus kodlar bo‘lib, ular kompyutеr tarmoqlarining barcha
obyеktlari uchun katta xavf tug‘diradi.
1.2§ O‘zbekistan Respublikasida axborot xavfsizligini ta’minlash
bo‘yicha me’yoriy-huquqiy hujjatlar
Zamonaviy axborot texnologiyalarining taraqqiyoti sanoat shpionaji,
kompyuter
jinoyatchiligi,
konfidentsial
ma’lumotlarga
ruxsatsiz
kirish,
o‘zgartirish, yo‘qotish kabi salbiy hodisalar bilan birgalikda kuzatilmoqda.
Shuning uchun axborotni muhofaza qilish har qanday mamlakatda muhim davlat
vazifasi hisoblanadi.
O‘zbekistonda axborotni muhofaza qilishning zaruriyati axborotni muhofaza
qilishning davlat tizimi yaratilishida va axborot xavfsizligining huquqiy bazasini
rivojlantirishda o‘z ifodasini topmoqda. «Axborotlashtirish to‘g‘risida», «Davlat
sirlarini saqlash to‘g‘risida», «Elektron hisoblash mashinalari dasturlari va
ma’lumotlar bazalarini huquqiy himoya qilish to‘g‘risida» va boshqa qonunlar
hamda bir qator Hukumat qarorlari qabul qilindi va amalga tatbiq etildi.
Axborotni muhofaza qilish axborotni ixtiyoriy ko‘rinishda yo‘qotishda
(o‘g‘irlash, buzish, qalbakilashtirish) ko‘riladigan zararning oldini olishni
ta’minlashi lozim. Axborotni muhofaza qilish choralari axborot xavfsizligiga oid
amaldagi qonun va me’yoriy hujjatlar asosida va axborotdan foydalanuvchilarning
manfaatlariga ko‘ra tashkil etilishi zarur. Yuqori darajada axborotni muhofaza
qilishni kafolatlash uchun muntazam ravishda murakkab ilmiy-texnik vazifalarni
hal etish va himoya vositalarini takomillashtirish talab etiladi.
13
O‘zbekiston Respublikasining 2002 yil 12 dekabrdagi №439-II sonli
«Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida»gi qonunida axborot va
uning turlari to‘g‘risida quyidagi ta’riflar keltirilgan:
axborot
– manbalari va taqdim etilish shaklidan qat’iy nazar shaxslar,
predmetlar, faktlar, voqealar, xodisalar va jarayonlar to‘g‘risidagi
ma’lumotlar;
axborotni muhofaza etish
– axborot borasidagi xavfsizlikka tahdidlarning
oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish chora-tadbirlari;
ommaviy axborot
– cheklanmagan doiradagi shaxslar uchun mo‘ljallangan
hujjatlashtirilgan axborot, bosma, audio, audiovizual, video tasvir hamda
boshqa xabarlar va materiallar;
hujjatlashtirilgan axborot -
identifikatsiya qilish imkonini beruvchi
rekvizitlari qo‘yilgan holda moddiy jismda qayd etilgan axborot;
maxfiy axborot
– foydalanilishi qonun hujjatlariga muvofiq cheklab
qo‘yiladigan hujjatlashtirilgan axborot.
Ushbu ta’rif O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining «Milliy axborot resurslarini muhofaza qilishga doir
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» 2011 yil 8 iyuldagi PQ-1572-son qarorini
amalga oshirish chora- tadbirlari haqida»gi 2011 yil 7 noyabr 296-sonli qarorida
quyidagicha ifodalangan:
– maxfiy axborot –
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq
foydalanish cheklangan, davlat sirlariga mansub axborot mavjud bo‘lmagan
hujjatlashtirilgan axborot.
– Konfidentsial axborot -
hujjatlashtirilgan axborot, undan foydalanish qonun
hujjatlariga muvofiq chegaralanadi.
Saqlash, o‘zgartirish, uzatish va ma’lum maqsadlar uchun foydalanish obyekti
bo‘lgan tevarak olam haqidagi ma’lumotlarni, keng ma’noda axborot deb
tushunish mumkin. Bu tushunchaga ko‘ra inson, uning hayot tarziga va
harakatlariga ta’sir etuvchi doimiy o‘zgaruvchi axborot maydoni ta’sirida bo‘ladi.
14
Axborot o‘z tavsifiga ko‘ra siyosiy, harbiy, iqtisodiy, ilmiy-texnik, ishlab
chiqarishga yoki tijoratga oid hamda maxfiy, konfidentsial yoki nomaxfiy bo‘lishi
mumkin.
O‘zbekistan Respublikasining 1993 yil 7 maydagi 848-XII - sonli «Davlat
sirlarini saqlash to‘g‘risida»gi qonunning
1-moddasida davlat sirlari tushunchasi
berilgan:
«Davlat tomonidan qo‘riqlanadigan va maxsus ro‘yxatlar bilan chegaralab
qo‘yiladigan alohida ahamiyatli, mutlaqo maxfiy va maxfiy harbiy, siyosiy,
iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va o‘zga xil ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasining
davlat sirlari hisoblanadi».
Mazkur qonunning 3-moddasida davlat sirlarining toifalari keltirilgan:
«O‘zbekiston Respublikasining davlat sirlari - davlat, harbiy va xizmat sirlarini
qamrab oladi.
Oshkor etilishi Respublika harbiy-iqtisodiy imkoniyatlarining sifat holatiga
salbiy ta’sir etishi yoki O‘zbekiston Respublikasining mudofaa qobiliyati, davlat
xavfsizligi, iqtisodiy va siyosiy manfaatlari uchun boshqa og‘ir oqibatlar keltirib
chiqarishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlar
davlat sirini
tashkil etadi.
Oshkor etilishi O‘zbekiston Respublikasining mudofaa qobiliyati, davlat
xavfsizligi va Qurolli Kuchlari uchun og‘ir oqibatlar keltirib chiqarishi mumkin
bo‘lgan harbiy xususiyatga ega ma’lumotlar
harbiy sirni
tashkil etadi.
Oshkor etilishi O‘zbekiston Respublikasi manfaatlariga zarar etkazishi
mumkin bo‘lgan fan, texnika, ishlab chiqarish va boshqaruv sohasiga doir
ma’lumotlar
xizmat sirini
tashkil etadi».
Axborot xavfsizligi tushunchasi, uning tashkil etuvchilari tavsifi.
Axborot
xavfsizligi deganda tabiiy yoki sun’iy xarakterdagi tasodifiy yoki qasddan qilingan
ta’sirlardan axborot va uni qo‘llab-quvvatlab turuvchi infrastrukturaning
himoyalanganligi tushuniladi. Bunday ta’sirlar axborot sohasidagi munosabatlarga,
jumladan, axborot egalariga, axborotdan foydalanuvchilarga va axborotni
muhofaza qilishni qo‘llab quvvatlovchi infrastrukturaga jiddiy zarar etkazishi
mumkin.
15
O‘zbekistan Respublikasining 2002 yil 12 dekabrdagi № 439-II sonli
«Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida»gi qonunida axborot
xavfsizligi
axborot borasidagi xavfsizlik
deb belgilangan va u axborot sohasida
shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarining himoyalanganlik holatini anglatadi.
Axborot sohasida
shaxs manfaatlari
fuqarolarning axborotdan foydalanishga
doir konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshishida, qonunda taqiqlanmagan
faoliyat bilan shug‘ullanishida hamda jismoniy, ma’naviy va intellektual
rivojlanishida axborotlardan foydalanishlarida, shaxsiy xavfsizlikni ta’minlovchi
axborot himoyasida namoyon bo‘ladi.
Axborot sohasida
jamiyat manfaatlari
bu sohada shaxs manfaatlarini
ta’minlashda, demokratiyani mustahkamlashda, ijtimoiy huquqiy davlatni
qurishda, ijtimoiy hamjixatlikni qo‘llab-quvvatlashda o‘z aksini topadi.
Axborot sohasida
davlat manfaatlari
milliy axborot infrastrukturasining
rivojlanishiga sharoitlar yaratishda, axborot olish sohasida shaxs va fuqarolarning
konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini amalga oshishida, O‘zbekistonning
hududiy birligini, suverenitetini va konstitutsiyaviy tuzumining mustahkamligini,
siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy barqarorligini ta’minlash maqsadida axborotdan
foydalanishda, qonuniylik va huquq tartibotni qat’iy amalga oshishida, o‘zaro
tenglik va o‘zaro manfaatdorlikdagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirishda
ifodalanadi.
Dostları ilə paylaş: |