21
II BOB. AXBOROT XAVFSIZLIGI SIYOSATI
2.1§ Axborot xavfsizligini ta’minlashning asosiy yo‘llari
Axborot xavfsizligi tizimi davlatning axborot sohasidagi siyosatini
mamlakatda milliy xavfsizlikni ta’minlash davlat siyosati bilan chambarchas
bog‘laydi. Bunda axborot xavfsizligi tizimi davlat
siyosatining asosiy tashkil
etuvchilarini yaxlit bir butunlikka biriktiradi. Bu esa axborot xavfsizligining roli va
uning mamlakat milliy xavfsizligi tizimidagi mavqeini belgilaydi.
Axborot sohasidagi O‘zbekistonning milliy manfaatlarini, ularga erishishning
strategik yo‘nalishlarini va ularni amalga oshirish tizimlarini o‘zida aks ettiruvchi
maqsadlar yaxlitligi
davlat axborot siyosatini
anglatadi.
Shu bilan birga davlat
axborot siyosati mamlakatning tashqi va ichki siyosatining asosiy tashkil etuvchisi
hisoblanadi hamda jamiyatning barcha jabhalarini qamrab oladi.
Xavfsiz tizimda tegishli apparat va dasturiy vositalardan foydalanib,
axborotni o‘qish, yozish, hosil qilish va o‘chirish huquqiga ega shaxslar yoki ular
nomidan amalga oshiradigan jarayonlar orqali axborotdan foydalana olish
boshqariladi.
Ma’lumki, mutlaqo (absolyut) xavfsiz tizimlar mavjud emas
,
lekin «ishonish
mumkin bo‘lgan tizim» ma’nosidagi ishonchli tizimlardan foydalaniladi.
Yetarlicha apparat va dasturiy vositalardan foydalanib, bir vaqtning o‘zida
turli maxfiylik darajasidagi ma’lumotlarni foydalanuvchilar guruhi tomonidan
foydalanish huquqlarini buzmagan holda qayta ishlash
imkonini beruvchi tizim
ishonchli hisoblanadi.
Ishonchlilikni baholovchi asosiy mezonlar - bu xavfsizlik siyosati va
kafolatlanganlikdir.
Xavfsizlik siyosati
- xavfsizlik obyektlari
va subyektlarining berilgan
ko‘pligining xavfsizligini ta’minlash protseduralari va mexanizmlarini belgilovchi
qoidalar to‘plami. Tizim xavfsizligini ta’minlashning aniq mexanizmlarini tanlash
qabul qilingan xavfsizlik siyosatiga muvofiq amalga oshiriladi.
22
Axborotni muhofaza qilish keng ma’noda axborot xavfsizligiga tahdidni
oldini olish va ularning asoratlarini yo‘q qilishga qaratilgan tashkiliy,
huquqiy va
texnik choralar kompleksini bildiradi. Axborotni muhofaza qilish axborotga
bo‘lgan salbiy ta’sir manbalarini hamda sabab va sharoitlarni aniqlash va bartaraf
etish ma’nosini anglatadi. Bu manbalar axborot xavfsizligiga tahdidlarni tashkil
etadi.
Axborotni muhofaza qilish quyidagilarga yo‘naltirilgan:
axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tahdidlarning oldini olish;
tizimli tahlil va nazorat orqali real va ehtimoli katta bo‘lgan
tahdidlarni
aniqlash va ularni o‘z vaqtida oldini olish choralari;
aniq tahdidlar va jinoiy harakatlarni aniqlash maqsadida tahdidlarni topish;
jinoiy harakatlarni bartaraf etish, shuningdek
aniq jinoiy harakatlarni
hamda tahdidlarni yo‘q qilish bo‘yicha choralar ko‘rish;
tahdid va jinoiy harakatlarning oqibatlarini yo‘q qilish va mavqeini
saqlash.
Ushbu barcha usullarning maqsadi axborot resurslarini noqonuniy
tahdidlardan himoya qilish va quyidagilarni ta’minlashdan iborat:
konfidentsial axborotlarning tarqalib ketishini oldini olish;
konfidentsial axborot manbalariga noqonuniy kirishni taqiqlash;
axborotning butunligi, to‘liqligi va undan foydalana
olishni saqlash;
axborot konfidentsialligiga rioya qilish;
mualliflik huquqlarini ta’minlash.
Yuqoridagilarni e’tiborga olib, axborotni muhofaza qilish deganda davlat,
jamiyat va shaxslarning axborot xavfsizligini ta’minlashga yo‘naltirilgan usul,
vosita va choralar majmuini tushunish mumkin.
Dostları ilə paylaş: