Bajardi: III-kurs BI_57-2 guruh talabasi: Dushanova Shahlo TOSHKENT 2022
Umumiy moliyaviy natijalar, ularning tarkibi, tuzilishi va ko‘rsatkichlarining bir-biri bilan bog‘liqligi
Xo‘jalik subyektlarining hisobot davridagi sof daromadi yoki zarari quyidagi elementlar asosida aniqlanadi:
xo‘jalik umumiy faoliyatidan olingan daromad yoki ko‘rilgan zarar;
favqulodda daromad (zarar);
daromad solig‘i to‘langunga qadar umumiy moliyaviy natija (foyda yoki zarar);
sof foyda.
Yalpi daromad xo‘jalik yurituvchi subyektning asosiy va asosiy bo‘lmagan faoliyatidan olingan daromadlarni o‘z ichiga oladi. Asosiy faoliyatdan daromad mahsulot, ishlar, xizmatlar, tovar-moddiy zaxiralar, boshqa aktivlarni sotishdan, shuningdek’ mukofotlar, foizlar va dividendlar, gonorarlar va xo‘jalik yurituvchi subyektning asosiy faoliyatiga bog‘liq bo‘lgan rentadan olinishi mumkin.1 Xo‘jalik yurituvchi subyekt asosiy bo‘lmagan faoliyat natijasida oladigan daromadlari daromadni aniqlashga mos keladigan moddalarni o‘z ichiga oladi.
Birjada muomalada bo‘ladigan qimmatli qog‘ozlarni qayta baholash va boshqalar asosiy bo‘lmagan faoliyat natijasida paydo bo‘ladigan daromadlarga kiradi. Bunday daromadlar iqtisodiy qarorlarni qabul qilishda ular haqidagi axborot foydali bo‘lganligi sababli alohida qayd etiladi.
Soliqqa tortiladigan daromad (zarar) soliq qonunchiligiga muvofiq belgilangan hisobot davridagi daromad (zarar) summasini ifoda etadi.
Moliyaviy natijalar – xo‘jalik yurituvchi subyektning foyda yoki zarar shaklida ifodalangan faoliyatining pirovard iqtisodiy yakunidir.2 Daromadlar va xarajatlar moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotda qarorlar qabul qilish uchun zarur bo‘lgan axborotni taqdim etish maqsadida faoliyat turlarini chegaralash yo‘li bilan ko‘rsatilishi mumkin.
Daromadlar va xarajatlarning xo‘jalik yurituvchi subyektning ish natijalarini ko‘rsatish imkoniyatini beradi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, omonat egalarining xususiy sarmoyaga ulushlari daromad hisoblanmaydi, xususiy sarmoyaning egalari o‘rtasida taqsimlanishi esa xarajat hisoblanmaydi.
Moliyaviy natijalarni moliyaviy hisobotda aks ettirish masalasi eng muhim masala hisoblanadi. Bunda quyidagi talablarga amal qilinadi:
- aktivlarning ko‘payishi va majburiyatlarning kamayishi bilan bog‘liq bo‘lgan bo‘lg‘usi iqtisodiy foydaning o‘lchangan ko‘payishi paydo bo‘lganda daromad moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotda aks etadi. Daromadlarni tan olish aktivlarning ko‘payishi va majburiyatlarning kamayishini aks ettirish bilan bir vaqtda yuzaga kelishi lozim;
- xarajat aktivlarning kamayishi va majburiyatlarning ko‘payishi bilan bog‘liq bo‘lgan bo‘lg‘usi iqtisodiy foydaning o‘lchangan kamayishi paydo bo‘lganda moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotda aks etadi. Xarajatlarni tan olish majburiyatlardagi ko‘payish yoki aktivlarning kamayishini aks ettirish bilan bir vaqtda yuzaga kelishi lozim.
Xarajatlarni belgilash mulkni, ishlab chiqarishni boshqarish hamda mahsulot sotish, ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish va zararlar bilan bog‘liq. Ular odatda pul mablag‘lari, moddiy zaxiralar, inshootlar, uskunalar va boshqa aktivlarning chiqib ketishi yoki ulardan foydalanish, ishlatish shaklida bo‘lishi mumkin.
Zararlar ham iqtisodiy foydaning kamayganligini bildiradi va o‘z tabiatiga ko‘ra boshqa xarajatlardan farq qilmaydi. Zararlar boshqa aktivlarni sotishda yoki tabiiy ofatlar natijasida ham yuzaga kelishi mumkin.
1
Sotishdan tushgan yalpi moliyaviy natija (Yamn)
=
Mahsulot (ish, xizmat)ni sotishdan kelgan sof tushum (St)
-
Sotilgan mahsulot (ish, xizmat) tannarxi (Tn)
2
Asosiy ishlab chiqarish faoliyatining moliyaviy natijasi (Mfmn)
=
YaMN
-
Davr xarajatlari (Dx)
+
Boshqa operatsion daromadlar (Bd)
3
Moliyaviy faoliyat natijasi (Mfn)
=
Moliyaviy faoliyatdan kelgan daromadlar (Mfd)
-
Moliyaviy faoliyatga ketgan xarajatlar (Mfx)
4
Tasodifiy (favqulodda) foyda yoki zarar (Tf) (Tz)
=
Tasodifiy (favqulodda) daromad (Td)
-
Tasodifiy (favqulodda) xarajat (Tx)
5
Soliq to‘langunga qadar bo‘lgan umumiy moliyaviy natija foyda (Yaf)
=
Asosiy ishlab chiqarish faoliyatining moliyaviy natijasi (Mfmn)
+
Mfn
+
Tf
6
Sof foyda (Sf)
=
Soliq to‘langunga qadar umumiy moliyaviy natija foyda (Yaf)