25
Hujjat tarkibi.
Har bir tizimdagi axborot xavfsizligiga dahldor resurslarni
belgilash. Har bir resurs (yoki jarayon) uchun tegishli javobgar rahbar xodimlarni
tayinlash. Mas’uliyatni taqsimlash va belgilash hujjatlashtirilishi lozim. Har bir
resurs uchun alohida foydalanish vakolatlari belgilanishi va hujjatlashtirilishi
lozim.
“Yangi axborot tizimini tatbiq etish” hujjati.
Tashkilotda yangi axborot
tizimini tatbiq etish jarayonlarini beligilab o‘tish uchun mo‘ljallangan.
Hujjat turi – Yo‘riqnoma.
Tashkilotning xavfsizlik masalalari bilan
shug‘ullanuvchi bo‘lim tomonidan ishlab chiqiladi. Tashkilot rahbari tomonidan
tasdiqlanadi. Tashkilotda yangi axborot texnologiyalari tatbiq etilayotgan taqdirda
hamda axborot xavfsizligi siyosati o‘zgargan taqdirda qayta ko‘rib chiqiladi va
yangilanadi.
Hujjat tarkibi.
Resurslarni
boshqarish.
Yangi
tizimning
mavjud
foydalanuvchilarni boshqarish tizimiga mosliligini ta’minlash. Tatbiq etilayotgan
barcha komponentlarni mavjud tizim qismlari bilan mosliligini tekshirish.
Dostları ilə paylaş: