Axborot kommunikatsion texnologiyalar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/85
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175240
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   85
Axborot kommunikatsion texnologiyalar (1)

“Resurslarni 
taqsimlash” 
hujjati. 
Maqsadli 
yo‘naltirilgan 
va 
foydalanilishga mo‘ljallangan resurslarni taqsimlanishini belgilaydi. 
Hujjat turi – Farmoyish. Tashkilotning xavfsizlik masalalari bilan 
shug‘ullanuvchi bo‘lim tomonidan ishlab chiqiladi. Tashkilot rahbari tomonidan 
tasdiqlanadi. Axborot tizimlari tarkibida o‘zgarishlar amalga oshirilganda qayta 
ko‘rib chiqilishi va yangilanishi mumkin. 
Hujjat tarkibi. Foydalanish maqsadi bo‘yicha resurslarni taqsimlash: 
• taqsimlash bo‘yicha perspektivani ishlab chiqish; 
• testdan o‘tkazish (karantin); 
• bevosita amalga oshiriladigan biznes operatsiylar (operasion muhit); 
• yangi dasturiy ta’minotlarni, vositalarni operasion tizimga tatbiq etish 
qoidalari; 
• ishlab chiqish, tizim utilitalari, tahrirlagichlar kabilar belgilab o‘tilishi; 
• xodimlar bilan ishlashda axborot xavfsizligi. 


27 
“Xodimlarni tanlash va ular bilan ishlashda axborot xavfsizligi” hujjati. 
Tashkilotda xodimlarni tanlashda va ular bilan ishlashda axborot xavfsizligini 
ta’minlash chora-tadbirlarini aniqlash uchun mo‘ljallangan.
Hujjat turi – Yo‘riqnoma. Tashkilotning xavfsizlik masalalari bilan 
shug‘ullanuvchi bo‘lim tomonidan ishlab chiqiladi. Tashkilot rahbari tomonidan 
tasdiqlanadi. Zaruriyatdan kelib chiqqan holda, qayta ko‘rib chiqiladi va 
yangilanadi. 
Hujjat tarkibi. 

Xodimni ishga qabul qilishda tekshirish

Tavsifnomalarni tekshirish; 

Rezyumedagi ma’lumotlarni tekshirish; 

Ma’lumoti va ilmiy darajalarini tekshirish; 

Shaxsiy ma’lumotlarini tekshirish; 

Tashkilotdagi axborot xavfsizligi rejimiga rioya qilinishi va amal 
qilinishiga kelishuv.
Xodim bilan mehnat kelishuvining shartlari. Lavozim majburiyatlarining 
yozma formulirovkasi. Axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha vazifalarni 
barcha xodimlarning lavozim majburiyatlariga kiritish. Tashkilot resurslariga 
(jumladan, axborot resurslariga) kirish va foydalanish vakolatlarining yozma 
formulirovkasi. Maxfiylikni ta’minlashga, sir saqlashga kelishuv. Maxsus 
kelishuvlar 
(tizim 
ma’lumotlarini, 
telefondagi 
so‘zlashuvlarni, faksalar 
monitoringi). 
«Axborot xavfsizligi sohasida qoidabuzarliklar hamda turli nosozliklar, xatoliklar 
sodir bo‘lgan taqdirda ko‘riladigan choralar» hujjati. Axborot xavfsizligi sohasida 
qoidabuzarliklar sodir bo‘lgan taqdirda, axborot tizimlarida nosozliklar, xatoliklar 
yuzaga kelganda ko‘riladigan va amalga oshiriladigan chora-tadbirlar tartibini 
belgilaydi. 
Hujjat turi – Yo‘riqnoma. Tashkilotning xavfsizlik masalalari bilan 
shug‘ullanuvchi bo‘lim tomonidan ishlab chiqiladi. Tashkilot rahbari tomonidan 


28 
tasdiqlanadi. Yuzaga kelgan qoidabuzarlik, hatolik va nosozliklardan so‘ng hamda 
zaruriyatdan kelib chiqqan holda, qayta ko‘rib chiqilishi va yangilanishi mumkin. 
Hujjat tarkibi. Qoidabuzarliklar bo‘yicha hisobotlar. Xavfsizlik tizimidagi 
kamchiliklar bo‘yicha hisobotlar. Kompyuter tizimlarida yuzaga kelgan nosozliklar 
va hatoliklar bo‘yicha hisobotlar. Shu jumladan, nostandart va noma’lum 
vaziyatlar yuzaga kelgan holda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar. 
Bundan tashqari, ko‘riladigan choralar, jazolar (intizomiy, ma’muriy vaziyatdan 
kelib chiqqan holda (hatto jinoiy). 
Axborot xavfsizligi sohasi bo‘yicha xodimlar malakasini doimiy ravishda 
oshirib borish. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin