Reja: Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha O‘zbekiston tomonidan ko‘riladigan choralar va harakatlar



Yüklə 31,23 Kb.
tarix24.04.2023
ölçüsü31,23 Kb.
#101865
mavzu 1


Mavzu: O’zbekiston va unga tutash huduudlarda iqlim o’zgarishi oqibatlari.
Reja:
1. Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha O‘zbekiston tomonidan ko‘riladigan choralar
va harakatlar.
2. Iqlim o’zgarishining oqibatlari.
3. O’zbekistonda iqlim o’zgarishining oqibatlari.
Bugun iqlim o‘zgarishi insoniyat oldida turgan eng jiddiy muammo ekani jahon hamjamiyati tomonidan tan olingan. Iqlim o‘zgarishi inson hayotining barcha sohalariga ta’sir ko‘rsatmoqda va iqlim o‘zgarishining salbiy oqibatlarini oldini olish hamda yangi hayot sharoitlariga moslashish bo‘yicha kechiktirilmaydigan choralar ko‘rishni talab etmoqda.
Zamonaviy ilm-fan insonning avvalambor qazib olinadigan yoqilg‘ini yondirish natijasida issiqxona gazlarining chiqarilishi bilan bog‘liq xo‘jalik faoliyati iqlimga sezilarli ta’sir ko‘rsatayotganini tasdiqlovchi jiddiy asoslar taqdim qilmoqda.
O‘zbekistonda 1880 yildan to hozirgi vaqtgacha bo‘lgan davrda o‘rtacha yillik harorat 1,6 daraja (13, 2 dan 14,8 °S gacha) oshdi, bu global miqyosda kuzatilayotgan o‘rtacha sur’atlardan yuqoridir. Mutaxassislarning prognozlariga ko‘ra 2030-2050 yillarda mintaqada havo harorati yana 1,5-3°Sga ko‘tarilishi mumkin. Havo haroratining ayniqsa Orolbo‘yida ko‘tarilishi kutilmoqda, bu esa mahalliy iqlim o‘zgarishlari bilan yanada og‘irlashadi.
O‘zbekiston iqlim o‘zgarishi oqibatlari ta’siriga ko‘proq moyil bo‘lgan mamlakatlar qatoriga kiradi. Ekspertlarning baholariga ko‘ra atmosferada issiqxona gazlari konsentratsiyasining bundan keyin ham ortishi, qurg‘oqchilik natijasida suv va oziq-ovqat tanqisligi xavfini ko‘payishiga, issiq mavsum davomiyligi va qizg‘inligining oshishi tufayli aholi sonining ortishiga, shuningdek sellar, toshqinlar va boshqa xavfli hodisalarning takrorlanishiga olib keladi. Undan tashqari, bunday ilish ekotizimlar holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, va Orolbo‘yi, Qoraqalpog‘iston, Surxondaryo, Buxoro va Xorazm viloyatlari kabi mintaqalarda ekologik vaziyatning keskinlashuviga olib keladi.
Global iqlim o‘zgarishi va mamlakat tabiiy-resurs kompleksining ana shu o‘zgarishlarga ta’sirchanligi izchil iqlimiy siyosatni shakllantirish zaruriyatini belgilaydi.
BMTning Iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi Doiraviy konvensiyasi (BMT IO‘DK) iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro harakatlarning asosi bo‘lib, atmosferadagi issiqxona gazlari konsentratsiyasini iqlimiy tizimga xavfli antropogen ta’sir ko‘rsatishiga yo‘l qo‘ymaydigan darajada barqarorlashtirishga qaratilgan. O‘zbekiston BMT IO‘DKga 1993 yilda qo‘shildi.
O‘zbekistonda BMT IO‘DKni amalga oshirish bo‘yicha harakatlarni muvofiqlashtirish O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi zimmasiga yuklatilgan.
O‘zbekiston 1999 yilda rivojlangan mamlakatlarga issiqxona gazlari ajratmalarini qisqartirish yoki barqarorlashtirish majburiyatlarini yuklovchi xalqaro bitim – Kioto protokolini ratifikatsiya qildi.
Kuchayib borayotgan iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq global tahdidlarga kompleks javobni mustahkamlash maqsadida, BMT IO‘DKning Kioto protokoli o‘rniga 2015 yil dekabrda Parij bitimi qabul qilindi, u 2020 yilda kuchga kirdi.
2017 yil 19 aprelda O‘zbekiston Parij bitimini imzoladi, 2018 yil 2 noyabrda ratifikatsiya qildi. O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-491-son “Parij bitimini ratifikatsiya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni 2018 yil 2 oktabrda qabul qilindi. Bitim O‘zbekiston uchun 2018 yil 9 dekabrda kuchga kirdi.
Parij bitimining maqsadi - IO‘DK amalga oshirilishini faollashtirish, global o‘rtacha haroratning industriallashtirishgacha (1750y.) bo‘lgan darajaga nisbatan 2°S ga saqlab turish hamda haroratning 1,5°S gacha o‘sishini cheklashga harakat qilishdan iborat, bu 2050 yilga kelib iqlim o‘zgarishi global ajratmalarini 40-70%ga kamaytirishni va 2100 yilga kelib uning 0 yoki manfiy ko‘rsatkichga yetkazishni talab etadi.
Parij bitimini imzolashning zaruriy sharti – mamlakatning 2030 yilga qadar erishmoqchi bo‘lgan issiqxona gazlari tashlamalarini kamaytirishga oid Mo‘ljallanayotgan milliy miqyosda belgilanadigan hissa (MMBH)ni tayyorlash va BMT IO‘DK kotibiyatiga taqdim etish. Milliy miqyosda belgilanadigan hissa (MBH) Parij bitimining global maqsadlariga hissa qo‘shish uchun milliy harakatlarni amalga oshirishni asosiy mexanizmidir.
Parij bitimi bo‘yicha O‘zbekistonning asosiy majburiyati - 2030 yilga qadar issiqxona gazlarining yalpi ichki mahsulot birligiga nisbatan solishtirma ajratmalarini 2010 yildagi darajadan 10%ga qisqartirish.
O‘zbekiston MMBH 2030 yilgacha bo‘lgan davrda iqlim o‘zgarishini yumshatish va unga moslashish choralarini va harakatlarini o‘z ichiga oladi. Mo‘ljallanayotgan milliy miqyosda belgilanadigan hissa (MMBH)ni amalga oshirish faol olib borilyapti va O‘zbekiston iqtisodiyoti rivojlanishiga katta hissa qo‘shmoqda.
Bundan tashqari, BMT IO‘DKning 4.1 va 12.1-moddalariga muvofiq, Konvensiyaning ishtirokchi-mamlakatlari o‘zlarining Iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi Milliy axborotlarini doimiy ravishda taqdim etishlari shart, bu esa o‘z vaqtida BMT IO‘DK va Parij bitimining bajarilish jarayoni to‘g‘risidagi hisobot hisoblanadi. Milliy axborot iqlim o‘zgarishini yumshatish, unga moslashish, salohiyatni oshirish, texnologiyalarni rivolantirish va uzatish, turli aholining ijtimoiy guruhlarining ta’lim va xabardorligini oshirishga qaratilgan milliy chora-tadbirlarning batafsil sharhidir.
BMT IO‘DK bo‘yicha majburiyatlarni bajarish doirasida O‘zgidromet tomonidan tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda BMT IO‘DK talablari va ko‘rsatmalariga muvofiq, Birinchi milliy axborot (1999 y.) va uning 2-bosqichi bo‘yicha hisobot (2001 y.), Ikkinchi milliy axborot (2008 y.), Uchinchi milliy axborot (2016 y.) tayyorlangan va taqdim etilgan. Bundan tashqari, O‘zgidromet vazirlik va idoralar bilan birgalikda issiqxona gazlari tashlamalari inventarizatsiyasini tayyorlaydi. 1990-2012 yillar uchun inventarizatsiya bo‘yicha hisobotlar tayyorlangan.
Hozir To‘rtinchi milliy axborotni tayyorlash ishlari olib borilmoqda. Yangilangan ma’lumotlar bo‘yicha Birinchi ikki yillik hisoboti tayyorlandi va BMT IO‘DK Kotibiyatiga taqdim etildi. Ikki yillik hisobotga ikkita asosiy yo‘nalish kiritilgan: 1990-2017 yil uchun issiqxona gazlari tashlamalari inventarizatsiyasi va iqlim o‘zgarishini yumshatish choralari samaradorligini baholash.
O‘zgidromet BMT Taraqqiyot dasturi va manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda iqtisodiyot tarmoqlari va iqlim o‘zgarishiga eng zaif bo‘lgan mintaqalarga qaratilgan Iqlim o‘zgarishiga Milliy moslashish rejasini ishlab chiqishni rejalashtirmoqda. Bu ham mamlakatning Parij bitimi bo‘yicha majburiyatidir.
O‘zbekiston Konvensiya va Parij bitimi Tomoni sifatida iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarida issiqxona gazlari tashlamalarini qisqartirishga yo‘naltirilgan izchil siyosatni amalga oshirmoqda. Hukumat tomonidan iqlim o‘zgarishi sohasida harakatlarni tartibga solish va choralarni amalga oshirish yuzasidan qator hujjatlar qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 oktabrdagi PQ-4477-sonli qaroriga muvofiq, O‘zgidromet tomonidan tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda tayorlangan “2019-2030 yillar davrida O‘zbekiston Respublikasining «Yashil» iqtisodiyotga o‘tish strategiyasi” tasdiqlandi va ushbu Strategiyani ilgari surish va joriy etish bo‘yicha Idoralararo kengash tuzildi. Ushbu Strategiyaning Harakatlar rejasi (Yo‘l xaritasi)ga muvofiq, har bir vazirlik va idoralarga iqlim o‘zgarishini yumshatish yoki unga moslashish bo‘yicha vazifalar yuklatilgan.
“Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish to‘g‘risida” va “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining qabul qilinishi O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etishni tezlashtirish (quyosh va shamol elekr stansiyalarni qurish) uchun huquqiy va me’yoriy asos yaratdi.
BMT IO‘DK va Parij bitimi bo‘yicha majburiyatlarni bajarish doirasida issiqxona gazlar tashlamalarini kamaytirish va iqlim o‘zgarishiga moslashishning ustuvor yo‘nalishlari mamlakatning tegishli strategik va tarmoq rejalari va dasturlarida aks ettirilgan.
O‘zbekiston Repsublikasining BMT IO‘DK va Parij bitimidagi ishtiroki rivojlanayotgan mamlakat sifatida iqlimni moliyalashtirish jamg‘armalaridan mablag‘ jalb qilishga imkon beradi, shu jumladan, Yashil iqlim fondi (YaIF), Adaptatsiya jamg‘armasi (AJ), Global ekologik jamg‘armasi (GEJ) va boshqalar.
Global ekologik jamg‘arma (GEJ), BMT Taraqqiyot dasturi (BMT TD), BMT Atrof-muhit dasturi (YuNEP) va boshqa halqaro tashkilotlarning moliyaviy ko‘magi yordamida mamlakatning iqlim o‘zgarishini yumshatish va unga moslashish bo‘yicha majburiyatlarini bajarish uchun ko‘plab loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirildi va hozirgi paytda amalga oshirilmoqda.
Ayni paytda Afrika qit’asi janubidagi qurg‘oqchilik tufayli mintaqada 14 million kishi ochlik girdobiga tortilishi mumkin. Bunga o‘tgan yili hosildorlikning kamayib ketishi va El-Nino deb nomlanmish tabiat ko‘rinishi sabab bo‘ldi. BMTning Jahon oziq-ovqat tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, bu yil ham mintaqada kuchli qurg‘oqchilik yuz berishi ehtimoli bor.
Afrika Taraqqiyot banki e’lon qilgan bayonotga ko‘ra, ayni kunda Afrika aholisining to‘rtdan bir qismi to‘yib ovqat yemaslikdan aziyat chekmoqda. BMT Jahon oziq-ovqat tashkiloti mazkur mintaqada kuzatilayotgan oziq-ovqat xavfsizligining bugungi vaziyatidan xavotirga tushayotganini bildirdi. Mintaqada ekin ekish ishlari deyarli yakunlanganligiga qaramay hosil mo‘l bo‘lishiga shubha bor. O‘tgan yili yomg‘ir kam yoqqani bois Malavida aholining 2,8 millioni ochlik yoqasiga kelib qoldi.
Ayni chog‘da Madagaskarda 1,9 million, Zimbabveda 1,5 million kishi ocharchilikdan aziyat chekmoqda. Lesoto hukumati qurg‘oqchilik sababli o‘tgan yilning dekabr oyida favqulodda holat joriy etishga majbur bo‘ldi. Oziq-ovqat taqchilligi borasida Angola, Mozambik va Svazilend hukumatlari ham o‘z tashvishini bildirmoqda. Vaziyatni tahlil qilgan Jahon oziq-ovqat tashkiloti mintaqadagi holat o‘ta tashvishli ekanini bildirmoqda.
So‘nggi yillarda Yer yuzidagi iqlim o‘zgarib bormoqda. Ayrim mamlakatlarda g‘ayritabiiy issiq kuzatilayotgan bo‘lsa, boshqa mamlakatlarda havo sovib ketmoqda. Ekologlar global iqlim o‘zgarishi, muzliklar erib borishi va dunyo okeanlari sathining ko‘tarilishi borasida bong urishmoqda. Iqlim isishi o‘z navbatida avval kuzatilmagan hodisalarni — suv toshqinlari, bo‘ron, qurg‘oqchiliklarni keltirib chiqarmoqda. Afrikadagi qurg‘oqchilik va ocharchilikda, Janubiy Osiyoda ob-havo isib ketishida, Shimoliy Amerikadagi o‘rmon yong‘inlari, suv toshqinlari va bo‘ronlar orqali buni ko‘rib turibmiz.
Olimlarning aytishicha, 2015 yilning o‘n oyida sayyoramizda harorat XIX asr boshlariga nisbatan 1,02 daraja issiq bo‘lgan. Olimlar bir ovozdan insonlarning faoliyati — neft, gaz va ko‘mir yoqilishi “parnik effekti”ni keltirib chiqarayotganini va havo haroratining ko‘tarilishiga sabab bo‘layotganini aytishmoqda. Ekspertlar so‘nggi o‘ttiz yilda eng ko‘p parnik gazi chiqarilganini ma’lum qildilar.
Agar hukumatlar atrof-muhit muhofazasi bilan jiddiy shug‘ullanmaydigan bo‘lsa, u holda 2100 yilga borib, sayyoramizda havo harorati 3,7-4,8 darajagacha ko‘tarilishi mumkin. Iqlimshunoslar harorat 2 darajadan oshganidan so‘ng ekologiya xavf ostida qolishidan ogohlantirib kelishadi. Iqlim muammolariga e’tiborni qaratish maqsadida BMT munozaralarga nafaqat siyosatchilar va olimlarni, balki taniqli kishilarni, jumladan, kino va sanat yulduzlarini ham jalb qilishga qaror qildi.
Iqlim o‘zgarishi va tabiiy ofatlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni sayyoramizning turli mintaqalarida kuzatilayotgan noodatiy yog‘ingarchilik, qorbo‘ronlari, o‘rmon yong‘inlari kabi hodisalarni o‘rgangan amerikalik olimlar isbotlashdi.
BMT ekspertlari iqlim o‘zgarishlari ekinlar hosiliga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganidan ogohlantirishmoqda. Ayniqsa, bu kabi noxushliklar Afrika, Osiyo va Lotin Amerikasi mamlakatlarida yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Hosilning kamayib ketishi oziq-ovqat muammolarini keltirib chiqarishi hech kimga sir emas. Vaziyat shunday davom etadigan bo‘lsa, u holda 2080 yilga borib 600 millionga yaqin kishi ochlik bilan to‘qnash kelishi mumkin.
Iqlim o‘zgarishidan keladigan talafotlarni kamaytirsh uchun insoniyat o‘z faoliyatining barcha sohalarida, jumladan, sog‘liqni saqlash, qishloq ho‘jaligi va boshqa infratuzilmalarda rejali ish olib borishi lozim.
Iqlim o‘zgarishiga qarshi har bir davlat o‘z imkoniyatidan kelib chiqqan holda kurash olib boradi. Masalan, Gollandiya va Bangladesh bir xil muammolar bilan to‘qnash kelmoqda. Har ikki mamlakatda okean sathining ko‘tarilishi tufayli muntazam bo‘ron va to‘fonlar bo‘lib turibdi. Gollandiya to‘g‘on qurish orqali xavfga qarshi kurashadi. Bangladesh esa mablag‘ yo‘qligi sabab bu ishni qila olmaydi. Mazkur mamlakatning xavfli hududlarida 100 millionga yaqin kishi istiqomat qiladi.
Olimlarning fikricha, havo darajasini 2°C ushlab turish uchun 2050 yilga qadar mamlakatlar parnik gazlarini chiqarishni 1990 yilgi darajaga tushirishi kerak. XXI asr oxiriga qadar esa bu raqam nolga tushishi kerak.
Atmosfera uchun zararsiz energiya manbai gidroenergetika, atom elektr stantsiyalari va qayta tiklanuvchi yangi (quyosh, shamol) manbalari hisoblanadi. Gidroenergetikadan cheklangan miqdorda foydalanish mumkin. Chunki yer yuzida daryolar unchalik ham ko‘p emas. Shamoldan ham hamisha foydalanib bo‘lmaydi. Shu sababli kelajakning energetika manbai sifatida quyosh va atom tan olinadi. Chunki quyosh energiyasidan hamma joyda foydalanish mumkin va bu yadro energiyasidan arzonga tushadi.
Ekologik sof energiyadan foydalanish uchun mablag‘ kerak bo‘ladi. Rivojlangan mamlakatlar muzokaralarda ishtirok etayotgan barcha davlatlar birdek o‘z hissasini qo‘shishi kerakligini aytib keladi. Rivojlanayotgan mamlakatlar esa iqlim o‘zgarishiga barcha mas’uliyat iqtisodi taraqqiy etgan davlatlar zimmasiga tushishi kerak deyilmoqda. Chunki aynan taraqqiy etgan davlatlar atmosferani parnik gazlari bilan ifloslantirmoqda.
Bugungi kunda yer yuzidagi eng katta Ayvanpa quyosh elektrostantsiyasi Kaliforniya shtatining Mohave cho‘lida joylashgan. Ma’lumki, 2010 yilda rivojlanayotgan mamlakatlarga ko‘mak berish maqsadida BMT shafeligida “Yashil iqlim jamg‘armasi” (Green Climate Fund) tashkil etilgan edi. Jamg‘armaning mablag‘i 2020 yilga borib, 100 milliard dollarga yetadi. Ayni damda jamg‘arma xazinasida 10 milliard dollar bor.
O‘tgan yili Birlashgan Arab Amirliklari poytaxti Abu Dabida bo‘lib o‘tgan iqlim o‘zgarishlariga bag‘ishlangan xalqaro anjumanda ishtirok etgan BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun iqlim o‘zgarishi ham boy, ham kambag‘al davlatlarga ta’sir ko‘rsatishini ta’kidladi.
“Agar o‘z vaqtida zudlik bilan chora-tadbirlarni ko‘rmaydigan bo‘lsak, u holda xavfsizlik va global farovonlikka qaratilgan rejalarimizni hayotga tatbiq eta olmaymiz” dedi Pan Gi Mun. Bosh kotib hisobotda suv taqchilligi, dengizlar sathining ko‘tarilishi, muzliklarning erishi, xavfli meteorologik ko‘rinishlar (kunlarning isib ketishi, qurg‘oqchilik, suv toshqinlari, bo‘ron va to‘fonlar, yog‘ingarchilik, quyun va boshqalar) barcha mamlakatlarni qamrab olayotgani va sayyoramiz ekotizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi ta’kidlanadi. “Hatto iqlim o‘zgarishi Arktikada ham kuzatilmoqda. Kunlarning isib ketishi odamlar sog‘lig‘iga ta’sir ko‘rsatmoqda, oq ayiqlar qirilib ketish havfi bilan to‘qnash keldi” deyiladi hisobotda. Amazoniya o‘rmonlarining saqlanib qolishi ham savol ostida qolmoqda. Tahlilchilar, bu jarayonni to‘xtatish borasida jiddiy chora-tadbirlar ko‘rilishi lozimligini aytishmoqda.
Soha mutaxassislarining fikricha, quyoshdan kelayotgan nurlar, atmosfera qatlamidan o‘tar ekan, havo tarkibidagi gazlarni isitish uchun to‘rtdan bir energiyasini sarflaydi. Bunda, asosan, uzun to‘lqinli nurlar yutilib qoladi. Yer yuzasiga yetib kelgan bir qism Quyosh nuri akslanib, yana koinotga qaytadi. Qolgan qismi Yer yuzasini isitishga sarflanadi. Ma’lum darajada qizigan Yer ham o‘zidan issiqlikni nurlata boshlaydi. Ammo bu nurlarning to‘lqin uzunligi quyoshdan tushayotgan nurlarning to‘lqin uzunligidan keskin farq qiladi. Bunday nurlarni havodagi karbonat angidrid gazi qatlami o‘tkazmaydi va to‘laligicha yutib qoladi. Shu tariqa, Yer yuzasida hayot uchun mo‘’tadil va nisbatan qulay iqlim sharoiti saqlanib turadi.
Rivojlanayotgan mamlakatlardagi aholining kambag‘al qismi iqlim o‘zgarishidan eng ko‘p aziyat chekmoqda. Gap bu yerda oziq-ovqat, kiyim-bosh, turarjoyga bo‘lgan ehtiyoj borasida ketmoqda. Qishloqlarda nochor ahvolga tushib qolgan aholi shaharlarga yo‘l olmoqda. Bu esa o‘z navbatida shahardagi qashshoqlarning sonini ko‘paytirmoqda, qishloqlarda esa ishlab chiqarish kamaymoqda.
Global iqlim o‘zgarishi inson faoliyati oqibatida kelib chiqqanligi aniq dalillar bilan isbotlandi. Vaziyatning jiddiy ekani xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olinmoqda. Ayni damda hukumatlar talafotlarni imkon qadar kamaytirishga urinmoqda.
XXII asrga borib bahor va kuz tarixdan o‘rin olishi mumkin, degan qo‘rquvlar ham bor. Biroq eng dahshatli muammo oziq-ovqat yetishmovchiligidir. 2050 yilga borib g‘alla hosili 25 foizga kamayib ketadi. Iqlim o‘zgarishi davlatlar o‘rtasida qurolli mojarolarga sabab bo‘ladi. Bu kabi mojarolarda, asosan, kambag‘al davlatlar ziyon ko‘radi. Biroq qurg‘oqchilik va suv toshqinlari rivojlangan davlatlar iqtisodiyotiga katta zarar yetkazadi. Bularning barchasi tabiatni asrash borasida zudlik bilan zaruriy chora-tadbirlar ko‘rishni, bu borada barcha hukumatlar yakdillikni namoyon etishini taqozo qildi. Aks holda…
O‘zbekiston Respublikasi iqlim o‘zgarishi ta’siriga nisbatan zaif bo‘lgan iqtisodiyot tarmoqlarining barqarorligini oshirish va barqaror rivojlanishni ta’minlashning mavjud mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha iqlimga moslashish sohasidagi chora-tadbirlarni rejalashtirish bo‘yicha muhim yangi tashabbusni boshladi. Ushbu, istiqbolli yangi loyiha, 2020 yil 3-dekabrda dastlabki onlayn seminar bilan boshlandi. Unda manfaatdor va hamkor tashkilotlar vakillarining katta auditoriyasi to‘plandi. Loyiha Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi ko‘magida, Yashil iqlim jamg‘armasi (YaIJ) ning grantidan moliyalashtirish orqali bajariladi.
Ishlab chiqilayotgan Milliy moslashish rejasi tarmoq xarakteriga ega bo‘lib, unga ajratilgan moliyaviy resurslar 1,6 mln. AQSh dollarini tashkil etadi. Uning asosiy maqsadi kelgusi ikki yarim yil davomida, iqlimga moslashish ustuvorliklarini hisobga olgan holda, rejalashtirish jarayonini samarali tashkil etishga yordam berishdir. Loyiha faoliyati qishloq va suv xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, binolar sektori va ekstremal iqlim hodisalarini favqulodda boshqarish kabi muhim tarmoqlarda iqlim o‘zgarishiga moslashish bo‘yicha aniq qarorlar qabul qilish jarayoni samaradorligini oshirishga, shuningdek, iqlim o‘zgarishiga nisbattan eng zaif hisoblangan Orolbo‘yi mintaqalarida joylashgan hududlarni rivojlantirishni rejalashtirishga yordam beradi.
Kirish seminarida BMT TDning O‘zbekistondagi doimiy vakili o‘rinbosari Doina Munteanu xonim quyidagilarni qayd etdi: «Biz COVID-19 global pandemiyasi paytida iqlim o‘zgarishi ta’sirini yumshatish va uning oqibatlariga moslashish masalalari rivojlanish sohalarini kuchaytirishga qaratilgan harakatlarimiz markazida bo‘lishiga ishonch hosil qildik. Pandemiya ko‘pgina muammolarimizni aniqlab berdi. Jumladan, sog‘liqni saqlash tizimining iqlimiy barqarorligini oshirish hamda uni takomilashtirish zarurligini, shuningdek, qishloq xo‘jaligi sktorida barqaror oziq-ovqat tizimini yaratishga bo‘lgan ehtiyoj mavjudligini isbotladi. O‘zbekistonda Milliy moslashuv rejasini ishlab chiqishda iqlimiy barqaror qishloq xo‘jaligi va sog‘liqni saqlashga ustuvor tizimlar sifatida qaraladi, chunki bu sohalar koronavirus pandemiyasi sababli yuzaga kelgan inqirozdan chiqilganidan keyin mamlakat iqtisodiyotini tiklashga katta hissa qo‘shadi».
O‘zbekiston, 34 milliondan ortiq aholisi bilan, Markaziy Osiyodagi eng yirik davlatlardan biri hisoblanadi. Suv resurslarining taqchilligi, ustiga-ustak suvning sho‘rligi, tuproq sho‘rlanishi va eroziyasining ortib borishi kabilar allaqachon jiddiy muammoga aylangan. Hozirgi kunda mamlakat aholisining 20 foizga yaqini (ya’ni 6,8 million kishi) sho‘rlanish va suvning yuqori darajadagi minerallashuvidan aziyat chekmoqda. Orol dengizining qurib borishi davom etayotganligi tufayli vaziyat yanada og‘irlashtirmoqda.
Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari janob Baxriddin Nishonov quyidagilarni qayd etdi: “O‘zbekistonda iqlim o‘zgarishi inson hayotining barcha sohalariga ta’sir qiladi va shu tufayli iqlimiy o‘zgarishlarning salbiy oqibatlarini oldini olish va yangicha turmush sharoitlariga moslashish masalasi tezkor choralarni ko‘rishni talab qiladi. Iqlim o‘zgarishiga Milliy moslashish rejasi O‘zbekiston uchun bu jarayonga nisbattan xavflarni kamaytirishga xizmat qiladi va barqarorlikni oshirishga katta imkoniyatlar beradi. Shu munosabat bilan biz barcha darajadagi samarali hamkorlik va konstruktiv muloqotga chin dildan ishonamiz”.
O‘zbekiston BMT IO‘DK doirasida iqlimiy moliyalashtirish mexanizmi sifatida Yashil iqlimiy jamg‘arma (YaIJ) resurslariga yo‘l ochishga va uni kengaytirishga erishdi. Mamlakatda, YaIJ Dasturini tayyorlash tashkiloti ko‘magida, iqlim o‘zgarishiga moslashishga qaratilgan tashabbuslarni ishlab chiqish uchun milliy platforma yaratilmoqda.
Jazirama kunlarda hammamiz global isish haqda ko‘p o‘ylaymiz, kelajak haqida qayg‘uramiz. Biroq ob-havoning so‘nggi davrlardagi bunday injiqliklarini umumiy qilib «iqlim o‘zgarishi» deb atash to‘g‘ri bo‘ladi. Chunki ob-havo nafaqat yozgi kunlarda, balki qishda ham o‘z injiqliklarini ko‘rsatmoqda. «Gazeta.uz» sizning e’tiboringizga iqlim o‘zgarishi haqida New York Times’da e’lon qilingan maqolaning tarjimasini havola etadi.
Nima yuz bermoqda? (1-qism)
Global isish bilan bir qatorda, iqlim o‘zgarishi muammosi qatoriga yog‘ingarchiliklarning bir maromda emasligi, gohida quruqchilik bo‘lishi, gohida esa birdan yog‘ingarchiliklar ko‘payib hududlarni suv bosishi ham kiradi. Aslida iqlim o‘zgarishlarining sababi nimada? Keling, bir boshdan, hozirgi davrdagi holatni tahlil qilishdan boshlaymiz.
Yer sayyorasidagi o‘rtacha harorat qanchaga ko‘tarildi?
1 °C dan ozgina ko‘proqqa - bu aslida siz tasavvur qilayotgandan-da yomonroq ko‘rsatkich. 1980 yildan, ya’ni ma’lumotlar global darajada qayd etilish boshlangandan beri va 2017 yil holatiga ko‘ra, solishtiradigan bo‘lsak, Yer sayyorasining harorati 1 °C ga oshgan. Bu raqam sezilarli emasdek ko‘rinishi mumkin, ammo unga sayyora yuzasidagi o‘rtacha ko‘rsatkich sifatida qaraydigan bo‘lsak, o‘zgarish katta ekanligini, oqibatda muzliklar eriyotganini va dengizlar darajasining keskin ko‘tarilayotganini ko‘rishimiz mumkin. Agar issiqxona gazlarining tarqalishi to‘xtamasa, olimlar Yer sayyorasi o‘rtacha haroratining 4 °C ga oshishini prognoz qilishmoqda. Bu esa quruqlikning katta qismini inson hayoti uchun yaroqsiz holga keltirib qo‘yadi.
Issiqxona effekti o‘zi nima va u iqlimga qanday ta’sir qiladi?
Bunga ishonish qiyin, lekin insoniyat issiqxona effekti haqida bir asrdan ko‘proq vaqt davomida xabardor. XIX asrda olimlar ayrim gazlarning Yerdan chiqadigan issiqlikni ushlab turishini va ularning yordamisiz bu issiqlik koinotga chiqib ketishini aniqlashdi. Bu jarayonda asosiy rolni karbonat angidrid o‘ynaydi: usiz sayyora muzlagan cho‘lga aylangan bo‘lar edi. 1896 yilda issiqxona gazlari konsentratsiyasining oshishi sababli sayyoradagi haroratning oshishi haqida ilk bor bashorat qilingan. Bugungi kunda ularning atmosferadagi soni sanoat inqilobidan oldingi davrga nisbatan 43% ga oshdi va Yerning o‘rtacha harorati olimlar bashorat qilgan qiymatgacha oshdi.
Atmosferadagi karbonat angidrid konsentratsiyasining oshayotgani uchun aynan inson javobgar deya ta’kidlash mumkinmi?
Albatta. Sanoat issiqxona gazlari tarqalishining ulushini aniqlash uchun radioaktiv nurlanishdan foydalanilgan tadqiqotlar kabi ishonchli dalillar mavjud. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, ortiqcha gaz inson faoliyatining natijasidir. Karbonat angidrid darajasi har doim tabiiy ravishda ko‘tarilgan va tushib ketgan, ammo bu o‘zgarishlar minglab yillar davom etgan. Geologlarning ta’kidlashicha, odamlar iqtisodiy faoliyat davomida karbonat angidridni atmosferaga tabiatdan ko‘ra ko‘proq intensiv ravishda chiqaradi.
Nega insonlar iqlim o‘zgarishi faktini rad etishadi?
Asosiy sabab — ideologiya. Ba’zi konservatorlar bozorga asoslangan iqlim o‘zgarishi siyosatini muhokama qilish o‘rniga, ilmiy dalillarga qarshi chiqish orqali global isishni inkor qilmoqdalar.
AQShning sobiq prezidenti Tramp bir necha bor olimlar jamoatchilikni aldash uchun butun dunyo bo‘ylab yolg‘on o‘ylab topilayotganini yoki global isish Amerika sanoatini beqarorlashtirish uchun Xitoy tomonidan o‘ylab topilganini ta’kidlagan. Skeptiklarning argumentlari shu qadar shubhali bo‘lib qoldiki, hatto neft va ko‘mir ishlab chiqaruvchi kompaniyalar ham bunday munozaralardan o‘zlarini chetlab o‘tishdi, vaholanki, ularning ba’zilari hali ham shunday qarashdagi siyosatchilarning saylov kampaniyasini moliyalashtirmoqda.

Internet manbalari…
https//: gazeta.uz
https//: hydromet.uz
https//: undp.org
Foydalanilgan adabiyotlar…
“Gidrologiya asoslari”
“Iqlimshunoslik”





Yüklə 31,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin