Axborot kommunikatsion texnologiyalar


§ Axborot xavfsizligini ta’minlashning me’yoriy-huquqiy asosini yaratish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/85
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175240
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   85
Axborot kommunikatsion texnologiyalar (1)

2.2§ Axborot xavfsizligini ta’minlashning me’yoriy-huquqiy asosini yaratish 
Zamon taraqqiy etgan sari jamiyatda axborotga bo‘lgan talab va ehtiyoj ham 
ortib bormoqda, ayniqsa, axborot texnologiyalarining kun sayin rivojlanib borishi 


23 
axborotlar hajmining ham ortib borishiga xizmat qilib kelmoqda. Bu kabi 
axborotlar ichida ma’lum ma’noda himoyani, maxfiylikni va sir saqlanishini talab 
etadiganlari ham bo‘ladi, negaki, bu toifadagi ma’lumotlarning oshkor bo‘lishi, 
o‘g‘irlanishi yoki yo‘q qilinishi kabi holatlar tashkilot uchun katta talofotlarni, 
moliyaviy yoki moddiy zararlarni olib kelishi mumkin. Bu kabi holatlarni oldini 
olish uchun esa qanday soha bo‘lmasin albatta, axborot xavfsizligini, uning 
himoyasi va muhofazasini amalga oshirishi lozim. 
Buni fizik, dasturiy-texnik, me’yoriy-huquqiy uslub bilan amalga oshirish 
mumkin. Tashkilot misolida olsak, butun bir tizimni tahlil qilgan holda, birinchi 
navbatda axborot muhofazasi bo‘yicha me’yoriy-huquqiy bazani yaratib olish 
muhim ahamiyatga ega deb o‘ylayman. Negaki, aynan, shu me’yoriy-huquqiy 
hujjatlar keyingi amalga oshiriladigan (fizik himoya, dasturiy-texnik himoya) 
ishlar uchun ham reja, ham dastur, ham poydevor bo‘lib xizmat qiladi. Shuning 
uchun, tashkilotlarda zamon talablari asosida axborot xavfsizligini ta’minlash 
uchun shu soha bo‘yicha ishlab chiqilishi va qo‘llanillishi tavsiya etiladigan asosiy 
me’yoriy-huquqiy hujjatlar ro‘yxati va namunalarini qisqacha keltirib o‘tishni 
lozim topdik. 
Ushbu tavsiyalar xavfsizlik bo‘yicha Xalqaro ISO 17799 standartiga 
asoslangan holda tuzilgan. Bu xavfsizlik standarti kompleks xarakterga ega bulib, 
avvalo tashkilotlarda axborot xavfsizligini ta’minlashning me’yoriy huquqiy 
poydevorini yaratish uchun dasturul amal bo‘lib, bu o‘z navbatida axborot tizimlari 
xavfsizligini boshqarish vazifalarini yengillashtiradi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin