ISSN 2223-4047
Вестник магистратуры. 2022. № 4-2 (127)
__________________________________________________________________________________
65
M.J. Amrullayeva
HOZIRGI O`ZBEK TILIDA AKT TERMINLARI VA ULARNI
TAKOMILLASHTIRISH
Maqolada hozirgi o`zbek tilida AKT terminlari va ularni takomil-
lashtirish haqida ma’lumot berilgan.
Kalit so`zlar: axborot, termin, lingvistik, leksikografik, semantik, tarji-
maviy.
Jahonda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining
jadal rivojlanayotgani, bu sohaga oid yangi-yangi
tushunchalarning paydo bo`layotgani tabiiy ravishda ayni tushunchalarni atovchi terminlarning
dunyo tillariga
kirib kelishiga sabab bo`lmoqda. Bu o`z navbatida, AKTning muvofiq leksikografik
xususiyatlarini aniqlash,
maqbul tarjima uslublarini takomillashtirish, soha lug`atlarni tuzish kabi muhim vazifalarni kun tartibiga qo`yadi.
Jahon tilshunosligida AKT terminlarini tartibga solish ishlari bir til terminlari doirasida ham, ikki til ter-
minlari doirasida ham olib borilgan, soha terminlari muayyan darajada tartibga solingan bo`lsa-da,
milliy tils-
hunosliklarda AKT terminlarining lingvistik, leksikografik, semantik va tarjimaviy xususiyatlari aniqlanmagan,
soha terminlarini tartibga solish mezonlari ishlab chiqilmagan. Shu bois AKT terminlarining mavzuiy guruhlarini
aniqlab, leksik-semantik xususiyatlarini asoslash, terminlarning derivatsion va
tuzilish modellarini belgilash,
o`zlashma va baynalmilal terminlarning milliy tillarda barqarorlashuv jarayonlarini tadqiq qilish,
tarjima qilish
uslublarini takomillashtirish, terminlardagi sinonimik, antonimik va variantlilik holatlarini tartibga solish hamda
maqbullarini qo`llash yuzasidan takliflar berish, leksikografik izohlarni takomillashtirish, tarjima lug`atlarini tu-
zish kabi masalalarning hal etilishi AKT sohalari rivojini ta’minlash bilan birga, tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirok-
chilariga muayyan darajada yengillik yaratilishiga olib keladi.
Hozirgi kunda o`zbek tili leksikasining tez va o`zgaruvchan va faol qatlamini
AKT terminologiyasi
sohasiga doir leksik birliklar tashkil etadi. AKT sohasidagi terminlarni kompyuter va kompyuterlar sinfisiz
tasavvur qilib bo`lmaydi. Ular bilan tanishib chiqamiz.