Takomillashtirish



Yüklə 0,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/4
tarix07.09.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#141894
1   2   3   4
hozirgi-o-zbek-tilida-akt-terminlari-va-ularni-takomillashtirish

Interfaol proektor -
bu - o`zida intеrkativ 
doskaning imkoniyatlarini mujassam etgan proеktordir. Bunday proеktorlar uchun alohida maxsus doska sotib 
olish talab etilmaydi, tasvirlar proеktsiyasi oddiy sinf doskasiga, markеr doskasiga yoki sinf dеvoriga ham 
tushirilishi mumkin. Oddiy proеktordan farqli ravishda intеraktiv proеktorlar kompyutеrdan tеgishli signallarni 
qabul qilib tasvirlarni ekranga namoyish qilish bilan bir qatorda, elеktron qalamning ekrandagi joriy holati va 
harakatlari to`g`risidagi ma'lumotlarni ham aniqlab kompyutеrga yuboradi va kompyutеr bilan ikki tomonlama 
aloqani o`rnatadi. 
Overhed-proektor 
- A4 formatli shaffof plenkalarga qayd etilgan tasvirlarni yoritib berishda 
foydalaniladi. Og`irligi va hajmiga qarab, apparatlar portativ, yarim-portativli va ko`zg`almas modellarga 
bo`linadi. Portativli overhed-proektorlari 7 kg oshmaydigan yig`ma tuzilishga ega. 
Hujjat-kameralar
- uncha 
katta bo`lmagan, vizual tasvirni yoritib beruvchi fotosurat, slaydlar, hujjatlarni asl nushasini elektron tasvirini tez 
fursat ichida namoyon qilib beruvchi oddiy qurilma.
AKT terminlarining ingliz tilidan o`zbek tiliga tarjima qilish jarayonida ularning tarjimada berilish 
modellari ham aniqlandi.Ushbu modellar tarjima jarayonini yengillashtirishga, xususan, elektron tarjima 
dasturlarini yaratish uchun manba hisoblanadi. AKT sohasi bo`yicha bugungi kunga qadar qaratilgan ilmiy 
adabiyotlarda va terminologik lug`atlarda umumiste’mol so`zlardan yasalgan terminlar alohida o`rin tutadi. 
Ularning semantik xususiyatlarini kontekst yordamida o`rganish umumiste’mol so`zdan farqli jihatlarini anglab 
olish imkoniyatini beradi. O`zbek tilida AKT terminlari lug`atini ishlab chiqishda uning barcha xususiyatlarini 
hisobga olish zarur. Bunday lug`atlar AKT sohasining ma’lumotnoma-qo`llanmasi sifatida, muayyan tushunchalar 
tizimini aks ettirishi va mutaxassislarning ilmiy va amaliy faoliyatlari uchun kerakli terminlarni o`z ichiga olishi 
kerak. 
 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
 
1.
Lutfillayev M. Axborot texnologiyalari fanidan o`quv uslubiy majmua. Samarqand-2019. 
2.
Qosimov N. O ‘zbek tili ilmiy texnikaviy terminologiyasi masalalari.-T.:Fan,1985
 
AMRULLAYEVA MOHINUR JO`RABEK QIZI
 -
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o`zbek tili va 
adabiyoti universiteti lingvistika yo`nalishi 2-bosqich magistranti, O`zbekiston. 
 
 
 

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin