1.bilet: 1) O‘zbek tilining sohada qo‘llanilishi” fanini о‘qitishdan maqsad ixtisoslik bo‘yicha bilimli, zukko, og‘zaki va yozma savodxonligi yetuk mutaxassisni tayyorlash uchun talabalarda mutaxassislik tili bilimlarini – so‘z va terminlarni qo‘llash, gap va matnlarni tо‘g`ri hamda mantiqli tuzish, nutqiy etiketni va notiqlik mahorati bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakani shakllantirishdir.
“O‘zbek tilining sohada qo‘llanilishi” fani doirasida talabalarga o‘z sohasidagi so‘z va terminlarning shakllanish va qo‘llanish, yasalish va kirib kelish xususiyatlarini, ilmiy matnlarning tuzilishi, matnga so‘z va termin tanlash, matnni tahrir qilish – kengaytirish va qisqartirish, matn va hujjatlarni to‘g‘ri yozish, dastlabki ilmiy ishlarini yozishga о‘rgatish, nutq turlari, nutqiy faoliyat, nutqning kommunikativ xususiyatlari, nutqiy etiket, nutqning tarkibiy qismlari, nutq tuzish usullari o‘rgatiladi.
Maqsadi: - turli uslublarda qo‘llanilayotgan so‘z va terminlarni tahlil qilish;
-mutaxassislikka oid matn, maqola va kurs ishlarini mazmunli va xatosiz yozish;
- matnlarning turlari va tuzilishini puxta bilish;
- mavzular bо‘yicha dastlabki ilmiy ishlar va hujjatlarni savodli yozish haqida malakaga ega bо‘lish;
- ilmiy, rasmiy, publitsistik, sо‘zlashuv uslublariga xos nutqiy faoliyat va etiketni amalga oshirish;
- nutqning tarkibiy qismlari va nutq tuzish usullaridan xabardor bо‘lish;
-aniq va tо‘g`ri, mantiqiy va ta’sirli nutq tuza bilish;
2) Hujjat – (arabcha “guvohnoma, isbot, dalil”) axborot qayd etilgan hamda uni vaqt va makonda uzatish imkonini beruvchi moddiy obyekt.
Hujjatlar mazmuniga ko‘ra ikki turli bo‘ladi : sodda v murakkab. Bir axborot doirasigi hujjat sodda, ikki va undan ortiq axborot doirasgi hujjat murakkab hujat deyiladi.
Ma’muriy-boshqaruv faoliyatida xizmat mavqeiga ko‘ra hujjatlar hozirgi kunda, asosan, quyidagicha tasniflanadi: tashkiliy hujjatlar; farmoyish hujjatlari; ma’lumotsimon- axborot hujjatlari; xizmat yozishmalari.
Tashkiliy hujjatlar mazmunan tashkilot va korxonalarning huquqiy maqomi, tarkibiy tarmoqlari va xodimlari, boshqarish jarayonining borishida jamoa ishtirokining qayd qilinishi, boshqa tashkilotlar bilan aloqalarning huquqiy tomonlari kabi masalalarni aks ettiradi. Nizomlar, yo‘riqnomalar, majlis bayonlari, shartnomalar ana shunday tashkiliy hujjatlar sirasiga kiradi.
Farmoyish hujjatlari guruhiga buyruq, ko‘rsatma, farmoyish kabilar kiradi.
Farmoyish - bu muassasa ma’muriyati (direktor, uning o‘rinbosarlari, bosh muhandis, uning o‘rinbosarlari), shuningdek, bo‘limlar rahbarlari tomonidan amaliy masalalar yuzasidan qabul qilinadigan hujjat.
Ko‘rsatma - idoralarda xabarsifat-uslubiy tusdagi masalalar, shuningdek buyruqlar, yo‘riqnomalar va boshqa hujjatlarning ijrosi bilan bog‘liq tashkiliy masalalar yuzasidan chiqariladigan huquqiy hujjat. Ko‘rsatmalarga birinchi rahbar, bosh muhandis, ularning o‘rinbosarlari imzo chekish huquqiga ega. Ko‘rsatma muassasaning xos ish qog‘oziga bosiladi.
Ma’lumot-axborot hujjatlari. Bu turdagi hujjatlar guruhi anchaginani tashkil qiladi. Bu guruhga kiruvchi hujjatlar, ya‘ni ariza, ma'lumotnoma, tushuntirish xati, dalolatnoma, ishonchnoma, tavsifnoma, tavsiyanoma, taqdimnoma, guvohnoina, taklifnoma. hisobot, tarjimai hoi, tilxat, bildirishnoma, bayonnoma kabilar ish jarayonida juda keng qo‘llanadi. Ularing har biriga alohida to‘xtab o‘tamiz.
Tarjimayi hol. Ma’lum bir shaxs tomonidan o‘z shaxsiy hayoti va faoliyati haqida bayon qilingan yozuv. Tarjimayi hol bir xil andozaga ega emas, mufassal yoki muxtasar yozilishi mumkin. Garchi u erkin (ixtiyoriy) tuzilsa-da, biroq tarjimai holda ayrim qismlarning bolishi shart.
3) Ariza. Muayyan muassasaga yoki mansabdor shaxs nomiga biror iltimos, taklif yoki shikoyat mazmunida yoziladigan rasmiy hujjat. Ariza ijtimoiy hayotda eng ko‘p qo‘llaniladigan va keng tarqalgan ish qog‘ozdir. Maktab o‘quvchisi va talaba ishchi va dehqon, muhandis va olim, xizmatchi va yuqori mansabdor shaxs — jamiyatning barcha a’zosi ariza yozishdan holi emas. Ariza yozuvchilarning yoshi va ijtimoiy vazifasi turlicha ekan, ariza yo‘llanayotgan muassasalar va idoralar ham xilma — xildir.
Toshkent davlat pedagogika universitet...
rektori prof. B. G‘. Qodirovga
... fakulteti... II kurs talaba... Samad
Qosimovdan
A R I Z А
Men «Umid» jamg‘arma... tanlovida ... natijalarga erish... imtiyozli o‘rinni qo‘Iga kirit... . Shuning ... «Umid» jamg'armasi men... Amerika Qo‘shma ... ga o‘qish uchun yo‘llanma berishga ... qildi.
O‘qishimni Amerik... Shtatlari... Kaliforniya universiteti... tarix fakultetida ... ettirish uchun ruxsat... ni so‘ray... .
(imzo) S. Qosimov
2019-yil 28- may
2-bilet
1) Insonning xulq–odobi, avvalo, uning boshqa kishilarga bo‘lgan munosabatida ko‘zga tashlanadi. Odobli, shirinso‘z, hushmuomala kishilar odamlarga nisbatan e’tiborli va sezgir bo‘ladilar. Shuning uchun ota-bobolarimiz nutq odobiga alohida e’tibor berishgan.
“Nutq odobi” atama sifatida so‘zlashish, suhbat odobi degan ma’noni bildiradi. So‘zlshish esa salomdan boshlanadi. Halqimizda «Suxandonlik salomdan, ish intizomdan boshlanadi» degan hikmatli ibora bor. Darhaqiqat, salom bilan boshlangan suhbat, yomon niyatni qaytarib yopiq eshiklarni ochar va nifoqni yo‘qotar ekan.
So‘zlashuv — ikki yoki undan ortiq kishilarning o‘zaro fikr olishuvi bo‘lib, jamiyatning barcha a’zolari ishtirok etishi mumkin bo‘lgan jarayondir. Odamlar orasidagi aloqani bog‘laydigan ip so‘zlashuvdir. Agar o‘sha ip mustahkam bo‘lsa, jamiyat taraqqiyoti ham, jamiyat a’zolarining hayoti ham yahshi boladi. Shuning uchun ham ota – bobolarimiz so‘zlashuv odobiga alohida ahamiyat berganlar, tildan, tilning mahsuli bo‘lgan so‘zdan odob bilan foydalanganlar.