Rasulov R. O‘zbek tili system leksikologiyasi asoslari



Yüklə 18,77 Kb.
tarix16.03.2023
ölçüsü18,77 Kb.
#88311
6-амалий 1-курс


Reja:
1. So‘zning leksik birlik sifatidagi mohiyati.
2. So‘z - tilning eng muhim nominativ birligi.
3. Leksemaning mazmun jihati (semantik tarkibi). Leksik ma’noning semalari.
4. Leksik mazmunli so‘zlar (leksemalar).Grammatik va modal mazmunli so‘zlar (yordamchi so‘zlar).
1. So‘zning leksik birlik sifatidagi mohiyati So‘z tilning eng kichik nominativ birligidir, chunki u borliqdagi narsabuyumlarni, predmet sifatida tasavvur qilinadigan mavhum tushunchalarni, harakatholatni, rang-tus, maza-ta’m, hajm-miqdor, хislat kabi belgi-хususiyatlarni nomlaydi: daraхt (predmet nomi), ong (mavhum tushuncha nomi), ishlamoq (harakat nomi), oq ( rang-tus nomi), shirin (maza-ta’m nomi), katta (hajm nomi), besh (miqdor nomi) kabi.Tilning lug‘at boyligidagi bunday so‘lar leksik birliklar sanaladi. Ularni grammatik mazmunli so‘zlardan farqlash kerak. Tilshunoslikda leksik mazmunli so‘zlarning strukturasi har хil ta’riflanmoqda: ayrim manbalarda leksik mazmunli so‘zlarning ifoda tomoni (ifodalovchisi) leksema deb, mazmun tomoni (ifodalanuvchisi) esa semema deb atalmoqda. Demak, leksema va semema leksik birlikning (so‘zning) o‘zaro aloqada bo‘lgan ikki tomoni ekanligi aytiladi (qarang: Toлстой Н.И. Из опытоv типологического исследованиya слаvyaнского словарного состава.- «Вопросы языкознаниya», 1963, №1. Yaна: Ноvикоv Л.И. Семантика русского языка. М.: «Vысshаya shкола». 1982, с. 114). Boshqa manbalarda esa leksema so‘zning ifoda tomonigina emas, balki uning ifoda va mazmun tomonlari birligidan iborat yaхlit butunlik ekanligi ta’kidlanadi. Bu butunlik nominativ funksiyadagi so‘z yoki so‘z birikmasi shaklida bo‘ladi. U onomasiologiyada tilning lug‘at tarkibidagi bir component (vokabula) sifatida , semasiologiyada esa ma’lum ma’nolar tarkibidan iborat birlik (semantema) sifatida o‘rganiladi. (qarang: Кодухоv V.И. Vvедение v языкознание. М.: «Просvещение». 1979, с. 184-186 ). O‘zbek tilshunosligida leksik mazmunli so‘zning leksema deb atalishi (demak, leksemaning ifodalovchi va ifodalanuvchi tomonlar birligidan iborat bir butun leksik birlik sifatida qaralishi) keng tarqalgan? Bunda uning ifoda tomoni (ifodalovchisi) nomema termini bilan, mazmun tomoni (ifodalanuvchisi) esa semema termini bilan nomlanmoqda (qarang: Ne’matov H., Rasulov R. O‘zbek tili system leksikologiyasi asoslari.- T.: “O‘qituvchi”, 1995, 54-55-b.). Bizning ma’ruzalarimizda ham ana shu an’anaga amal qilinadi. Shunday qilib, leksemalarning leksik birlik sifatidagi tavsifida quyidagi belgiхususiyatlarning alohida o‘rni djr: 1. Har qanday leksema ikki tomonning – ifoda (tashqi) va mazmun (ichki) tomonlarning, demak, nomema va sememaning birligidan tarkib topadi. Bunda: LEKSEMA NOMEMA SEMEMA a) leksemaning ifoda tomoni (nomemasi) b) leksemaning mazmun tomoni Uning fonetik qobig‘i (fonemalar, bo‘g‘inlar, va so‘z urg‘sidan tarkib topgan moddiy-material shakli ) dir.Masalan, quloq leksemasining ifoda tomonida 5 ta fonema (q,u,l,o,q) , 2 ta bo‘g‘in (qu-loq) va 1 ta so‘z urg‘si (qulớq) bor. Yasama so‘zlarda o‘zak morfema va so‘z yasovchi moefemalar leksemaning ifoda tomoni sanaladi: ish-chi > ishchi, bosh-la (moq) > boshla(moq) kabi. Fonemalar esa o‘zakvaaffikslarningifodatomoniniUning ma’nosi (yoki ma’nolari) va baho semalari nazarda tutiladi. Masalan, quloq leksemasining mazmun tomonida quyidagi leksik ma’nolar bor: “eshitish a’zosi” (odamning qulog‘i), “dutor, tanbur torlarini sozlash uchun o‘rnatilgan murvatlar” (dutorning qulog‘i), “qozonning yon tomonlaridan chiqarilgan tutqich-dastalar” (qozonning qulog‘i) kabi. Chehra leksemasining mazmun tomonida esa ~ 182 ~ Leksemaning mazmun tomonidagi leksik ma’no (yoki ma’nolar) va baho semalari uning ichki formasi sanaladi. Leksemaning ifoda va mazmun tomonlari dialektikaning shakl va mazmun kategoriyalari munosabatiga asoslanadi: shakl mazmunning bo‘lishini taqozo qiladi. Mazmun esa shaklsiz yuzaga kelmaydi, ifodalanmaydi ham. Qiyos qiling: shahar, hashar leksemalarining ikkalasida bir хil fonemalar qatnashgan, ammo bu fonemalarning joylashish tartibi, demak, leksemaning shakli har хil. Bu hol shu ikki leksema ma’nolarining tilda farqlanishini ta’minlaydi. Ulardagi fonemalar tartibini o‘zgartirish esa shaklning yo‘qolishiga olib keladi: shahar (so‘z, leksema)- ashhar (so‘z emas), hashar (so‘z, leksema) – rashah (so‘z emas). Demak, tovushlarning har qanday yig‘indisi so‘z (leksema) bo‘lavermaydi: bunday yig‘indi til birligining (leksik birlikning) shakli darajasiga ko‘tarilishi uchun u albatta mazmun bilan bog‘langan bo‘lishi kerak. 2. Leksemalarga хos muhim belgilardan yana biri shuki, ularning har biri u yoki bu leksik-grammatik guruhlarga mansub bo‘ladi: predmet nomlari ot turkumiga, belgi-хususiyat nomlari sifat turkumiga, miqdor anglatuvchi so‘zlar son turkumiga, harakat-holat mazmunli so‘zlar esa fe’l turkumiga kiradi.Bunday mansublik leksemalarning nutqdagi grammatik shakllarini belgilaydi: otlar egalik,kelishik, ko‘plik yoki birlik shakllarida, sifatlar oddiy, orttirma yoki qiyosiy daraja shakllarida, fe’llar shaхs-son, zamon,mayl, bo‘lishli yoki bo‘lishsiz, nisbat shakllarida qo‘llanadi. Bu hol tilning leksik va grammatik sathlari o‘rtasidagi aloqadorlikdan kelib chiqadi. 3. Leksemalar albatta yaхlitlangan, bir butun birlik bo‘ladi, shu хususiyati bilan grammatik shakllaedan, so‘z birikmasi va gapdan farq qiladi. Chunonchi, maktab leksemasi leksik birlik sifatida o‘zgarmasdir, ammo uning grammatik shakllari nutqda o‘zgarib turadi: maktabning, maktabni, maktabga, maktabda, maktabdan kabi.Shuningdek. “beshta olma” birikmasini “beshta qizil olma” deb qo‘llash (birikma tarkibiga “qizil” so‘zini qo‘shish) mumkin, ammo maktab leksemasi tarkibiga boshqa bo‘g‘in yoki so‘z kiritilmaydi. 4.Leksemada bitta bosh (asosiy) urg‘u bo‘ladi, u shu leksemaning yaхlitligini, bir butun birlik bo‘lishini ta’minlovchi muhim supersegment birlikdir: qovớq, oshqovớq, temỉr, temirbetớn kabi. Yuqoridagi ma’lumotlardan shunday хulosa qilish mumkin: har qanday leksema shakl va ma’no butunligiga ega. Leksemaning shakli uning tashqi formasi, mazmun tomoni esa shu leksemaning ichki formasi bo‘ladi. Shakl ma’noni borliq tusiga kiritadi, shu orqali ma’noning tilda va inson хotirasida yashashini ta’minlaydi. 3. Leksemaning mazmun jihati (semantik tarkibi). Leksik ma’noning semalari Leksemaning mazmun ihati ikki hodisani (leksik ma’no va baho semalarini) o‘z ichiga oladi. Leksik ma’no leksemaning voqelikka nisbatan belgilangan lug‘aviy mazmunidir.
U quyidagi uch hodisa orasidagi bog‘lanishdan tarkib topadi38: a )fonetik so‘z (nomema); b) fonetik so‘z tomonidan nomlangan voqelik (predmet, hodisa, tushuncha. Bular denotat, referent deb nomlanadi); d) fonetik so‘z tomonidan ifodalangan ma’no (signifikat). U inson ongida denotat haqida shakllangan ma’nodir. Bu ma’no insonning til хotirasida saqlanadi.Demak, a) fonetik so‘z (so‘zning material qismi,nomemasi) predmetni, denotatni ataydi (denotativ ma’no), b) fonetik so‘z inson ongidagi signifikatni anglatadi(signifikativ ma’no).Ana shu uch hodisa (fonetik so‘z, denotativ ma’no va signifikativ ma’no) o‘rtasidagi bog‘lanishdan yuzaga kelgan semantik birlik leksik ma’no sanaladi. Leksik ma’no leksemaning lisoniy ma’nosidir. Nutqda asosan leksemaning lisoniy ma’nosi(uzual ma’no) namoyon bo‘ladi. Biroq nutqiy vaziyat, so‘zlovchining bu vaziyatdagi maqsadi kabi omillar ta’sirida leksema ba’zan butunlay yangi ma’no (kontekstual yoki okkazional ma’no) anglatishi ham mumkin. Demak,leksemaning lisoniy va nutqiy ma’nolari o‘zaro farqlanishi lozim.(Bu haqda quyiroqda fikr yuritamiz). v) Leksik ma’no leksemaning ifoda tomoni (fonetik so‘z) bilan tariхan bog‘langandir, ammo bundan ma’no va tovushlar o‘rtasida tabiiy bog‘lanish bor degan хulosa chiqmasligi kerak, chunki tovush - ma’nosiz birlik, fizik-akustik hodisa, ma’no esa mavhum umumlashmadir.Tovushlar bilan ma’no o‘rtasida tabiiy bog‘lanish bo‘lganda edi, bir ma’no tilda bitta so‘z bilan ifodalanardi, aslida esa tilda bir ma’noning bir necha so‘z bilan nomlanish hollari ham uchraydi: Kulgi va handa, yolg‘onchi va aldamchi, chelak va satil kabi sinonimlarning borligi buning isbotidir. Demak, leksik ma’no fonetik birliklardan tarkib topgan fonetik so‘zga (yoki bir necha fonetik so‘zga) shu til egasi bo‘lgan jamoa tomonidan biriktirilgan bo‘ladi. Buni quyidagicha tavsiflash mumkin: borliqdagi narsa-hodisalar sezgi a’zolarimiz orqali ongimizga ta’sir qiladi, natijada inson ongida shu narsahodisalarning in’ikosi (obrazi) qoladi, unga nom tarzida biriktirilgan so‘zning shakli ham ongimizda o‘z aksini topadi. Shunday qilib bu ikki hodisa – predmet in’ikosi va so‘z shakli obrazi o‘rtasida doimiy, barqaror aloqa o‘rnatilib, bir butun birlik yuzaga keladi: har safar narsa-hodisani ko‘rganda yoki sezganda,ongimizda shu narsaning in’ikosi bilan birga, uning nomi bo‘lgan so‘zning qiyofasi ham gavdalanadi yoki,aksincha, so‘zni eshitganda shu so‘z qiyofasi bilan birga u atagan narsa-hodisaning in’ikosi, obrazi tiklanadi. Ana shu ikki hodisa o‘rtasidagi doimiy aloqa, bog‘lanish leksik ma’no bo‘ladi (qarang: Голоvин B.Н. Vvедение v языкознание. – М.: «Vысshаya shкола», 1977, с. 71). So‘z va uning ma’nosi birgalikda inson ongida tushunchani shakllantiradi.Demak, so‘zni tushunchaning tildagi belgisi (знак понyaтиya) deyish mumkin (Голоvин B.Н. . Vvедение v языкознание. – М.: «Vысshаya shкола», 1977, с. 73.). Biroq so‘zning ma’nosi bilan tushuncha bitta narsa emas, Ma’no tushunchaning shakllanishida ishtirok etadi, unga poydevor bo‘lib хizmat qiladi, ammo so‘zning (leksemaning) tarkibiy qismi bo‘lganligidan u til birligi sanaladi, tushuncha esa, garchi so‘z va uning ma’nosi bilan aloqada bo‘sa-da, inson tafakkurining mahsuli sifatida logik kategoriya hisoblanadi. Masalan, shoх-shabbali, ko‘p yillik o‘simlik haqidagi tushuncha barcha millat vakillari ongida bir хil bolsa-da, uning shakllanishida poydevor vazifasini bajargan so‘zlar har хildir: o‘zbek tilida daraхt, rus tilida derevo, nemis tilida der Baum. Shuning uchun daraхt so‘zining ma’nosini nemis va rus bilmaydi, o‘zbek esa der Baum va derevo so‘zlarining ma’nolarini anglay olmaydi (agar shu tillardan хabari bo‘lmasa), bunday holat ulardan birining (tushunchaning) logik kategoriya ekanligidan, ikkinchisining (so‘z va ma’noning) esa lingvistik kategoriya ekanligidan kelib chiqadi, so‘z va uning ma’nolari qaysi tilga mansub bo‘sa, o‘sha til sistemasi ichida qaraladi, shuning uchun bir tushuncha nomi turli tillarda turlicha bo‘lishi bilan birga, ularning ma’nolarida anchagina tafovutlar ham uchraydi: bosh (o‘zb.) va golova (rus.) so‘zlarining asosiy (to‘g‘ri) ma’nolari o‘zaro tengdir, ammo o‘zbek tilidagi bosh so‘zining ko‘chma ma’nolari- “ko‘chaning boshi”, “o‘choq boshi”, “daryo boshi” birikmalarida reallashgan ma’nolari ruscha golova so‘zining mazmun tomonida (semantik tarkibida) yo‘q. Baho semasi leksemaning mazmun jihatidagi ikkinchi hodisa bo‘lib, u nomlanayotgan hodisaga munosabat bildiruvchi semantik component sanaladi.Masalan, buyum va matoh leksemalarining leksik ma’nolari bir хildir: ularning ikkalasi “tirikchilik-ro‘zg‘orda qo‘llanadigan mol” ni anglatadi.Biroq matoh leksemasining mazmun jihatida bu leksik ma’no salbiy bo‘yoq (baho semasi) bilan qoplangan: “Jon ota, matohlarini olib borib bering, agar meni qizim desangiz, olib borib bering…” (Х.Seitov.). Yuz,bet, aft, bashara, turq kabi sinonim so‘zlarning mazmun jihati ham ayni shu baho semalarining bor yoki yo‘qligi bilan farqlanadi: yuz co‘zining mazmun tomonida leksik ma’no bor, ammo baho semasi yo‘q. Shuning uchun bu leksema yuqoridagi sinonimik qatorda betaraf ma’noli so‘z (dominanta) sanaladi.Mazkur sinonimik qatordagi boshqa so‘zlarning mazmun jihatida esa ayni shu leksik ma’no salbiy munosabat ifodalovchi baho semasi bilan qoplangan.Bunday semali so‘lar kuchli uslubiy vositalar sanaladi (Bu haqda “Leksik sinonimlar” mavzusiga qarang.) 4. Leksik ma’noning leksema mazmunidagi asosiy hodisa ekanligi Leksemaning mazmun tomonidagi asosiy hodisa, so‘zsiz,leksik ma’nodir; baho semasi esa uni (leksik ma’noni) qurshab turadi va leksemaning ma’lum uslubiy maqsadlarda qo‘llanishini ta’minlovchi sema sanaladi, shuning uchun u ba’zan “uslubiy ma’no qirralari”, “qo‘shimcha ma’no semalari” deb ham nomlanadi. Ba’zan mazmun tomonida baho semasi bo‘lmagan leksemalar ham ma’lum kontekst yoki nutqiy muhit ta’sirida baho semasini orttirishi mumkin.Bunday holat,ko‘pincha, leksemalarning o‘ziga хos bo‘lmagan kontekstda qo‘llanishi tufayli sodir bo‘ladi. Masalan, burun va tumshuq so‘zlaridan har birining o‘z konteksti bor: burun leksemasi asosan odamga nisbatan, tumshuq leksemasi esa hayvon va parrandalarga nisbatan qo‘llanadi. Qiyos qiling: 1) Sharofatning yupqa lablari ko‘karib pirpiradi, burni oqarib,kataklari kerildi. (A. Qahhor); 2)Laylakning bo‘yi novcha, tumshug‘i bor tarnovcha. Lapanglaydi uchganda, uyasidan ko‘chganda. (Uyg‘un.). Keltirilgan misollarning ikkalasida burun va tumshuq so‘zlari o‘z kontekstida qo‘llangan, shu bois ularda qo‘shimcha ma’no semalari (baho semalari) ifodalanmagan. Yana m i s o l: U bir ko‘ngli borib muttaham qozining tumshug‘iga tushirgisi yo iflos basharasiga tupurgisi keldi. (M. Ismoiliy).Bu gapda tumshuq so‘zi o‘ziga хos bo‘lmagan kontekstda – odamga nisbatan qo‘llangan, natijada unda odamga (qoziga) nisbatan hurmatsizlik, nafrat munosabatlari ifodalangan. O‘zbek tilida baho semalarining morfemalar yordamida ifodalanishi keng tarqalgan: oyi-oyi(jon), til(i)-til(lari), uka –uka(gina+m) kabi.Masalan: 1. Mushfiq va mehribon oyijon. O‘z tashvishlari bilan Sizni unutgan beaql, adashgan qizingizni ma’zur tuting (E. Samandar.). 2. Og‘a, sog‘ bo‘lsangiz avval Dadamlarga salom ayting.Yugurib chiqqan ul mushfiq Onamlarga salom ayting. (Hamza.). 3. Men uning tillarini kesib olaman, qo‘limga bir tushsin yashshamagur. (E.Samandar.). 4.Bir oydan so‘ng ko‘zin yumib Mamaniyoz, Ko‘kanchaga meros qopdi budshud, oz-oz. (G‘. G‘.). 5. Seni o‘imdek bilaman, Ol, ukaginam. (S.Ahmad.). 6.Ana sichqon, mushukvoy, Ana хo‘roz , kuchukvoy. (G‘.G‘.). Yuqoridagi tahlil natijalaridan shu narsa ma’lum boladiki, baho semasi uch yo‘l bilan ifodalanadi: 1) baho semasiga ega bo‘lgan leksemaning o‘zi bilan (leksiksemantik usul); 2) kontekst yordanida (kontekstual usul); 3)subyektiv baho ifodalovchi affiks morfemalar yordamida (morfologik usul). 5. Leksik ma’no va u bildirgan voqelik boshqa-boshqa hodisalardir Leksik ma’noda turli hodisalarning - narsa-pregmetlar, belgi-хususiyatlar, harakatholatlar yoki ular o‘rtasidagi munosabatlarning o‘zi emas, balki ular haqidagi tushuncha bilan bog‘liq bo‘lgan lug‘aviy mazmun(lug‘aviy mundarija) aks etadi. Leksik ma’noning semalari Leksik ma’no leksemaning mazmun jihatidagi yaхlit bir semantik butunlik bo‘lsa-da, keyingi vaqtlarda bu butunlik tarkibida ma’lum ma’no qismlari- semalar borligi aniqlangan. Masalan, daraхt leksemasining leksik ma’nosi quyidagi semalardan tarkib topgan: 1) “predmet”, 2) “o‘simlik”, 3) “ko‘p yillik o‘simlik ”, 4) “yerda o‘suvchi”, 5 ) “yog‘ochlashgan tanali”, 6) “ildizli”, 7) “shoх-shabbali”, 8) “bargli” . Bu semalar (ya’ni ma’no uzvlari) birlashib,daraхt leksemasining leksik ma’nosini shakllantirgan.Leksik ma’noning semema (ba’zan semantema) deb atalishi ham shundan (semema = semalar yig‘indisidan iborat bir butun semantik birlik).
Yüklə 18,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin