Maqsadi: turli uslublarda qo‘llanilayotgan so‘z va terminlarni tahlil qilish



Yüklə 133,4 Kb.
səhifə3/5
tarix22.05.2023
ölçüsü133,4 Kb.
#119217
1   2   3   4   5
o\'zbek tili javob

3-bilet
1) Muloqot inson hayoti va faoliyatining muhim shartidir. Aynan muloqot jarayonida insonlar tabiatni oʽzlashtirish va oʻz ehtiyojlarini qondirish uchun birgalikda harakat qilish imkoniyatlariga ega boʻladilar.
Hozirgi kunda ijtimoiy amaliyotda muloqot va shaxslararo munosabatlar muammosi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Muloqot va uning asosiy xususiyatlari, samarali muloqotning psixologik aspektlari, muloqotga oʻrgatishga oid psixologik mashqlar, samarali muloqotning psixologik vositalarini oʻrganish ishbilarmonlik faoliyatida asosiy oʻrinni egallamoqda. Muloqot jarayoni muloqotning nazariy va amaliy jihatlarini chuqur oʻrganishga yordam beradi.
Muloqot (munosabat) birgalikda faoliyat koʻrsatuvchilar oʻrtasidagi axborot ayirboshlashni oʻz ichiga oladi. Bunda munosabatning kommunikativ jihati hisobga olinadi. Kishilar munosabatga kirishishda avvalo tilga murojaat qiladilar. Muloqotning yana bir jihati munosabatga kirishuvchilarning oʻzaro birgalikdagi harakati nutq jarayonida faqat soʻzlar bilan emas, balki harakatlar bilan ham ayirboshlashdan iborat. Masalan, munosabatga kirishar ekanmiz, u bizni qoniqtirsa, imo-ishora bilan muloqotda boʻlamiz. Munosabatning keyingi jihati muloqotga kirishuvchilarning bir-birlarini idrok eta olishlaridir. Masalan, biz bir kishi bilan muloqotga kirishishdan avval uni hurmat qilib yoki mensimasdan munosabatda boʻlamiz. Muloqot qonuniyatlarini bilish hamda uni oʻrnatish malakalari va qobiliyatlarini rivojlantirish har bir kishi uchun muhimdir.
Muloqot tashqi ta’sirlar, namunalar asosida oʻzini oʻzi tuzatish, qayta tarbiyalash, Shaxsiy imkoniyatini roʻyobga chiqarish uchun puxta zamin hozirlaydi, komillik sari yetaklaydi.


«Kommunikatsiya» soʻzi lotincha “communicare” soʻzidan kelib chiqqan boʻlib, xabar bermoq, qatnashmoq, boʻlishmoq, umumlashtirmoq degan ma’nolarni anglatadi.
Kommunikatsiya muayyan mamlakat yo madaniyat yoki bir tilda soʻzlashuvchilar guruhiga mansub odamlarning bir-birlari bilan va boshqa mamlakat yo madaniyat yoki bir tilda soʻzlashuvchilar guruhiga mansub odamlar bilan oʻzaro faoliyatlari va aloqa qilishlarida muhim oʻrin tutadi.
Kommunikativ aloqa inson hayotiga ma’no qoʻshadi. U munosabat yaratishga va muhabbatni shakllantirishga yordam beradi, oʻzaro tushunishni ragʻbatlantiradi. U bizning butun jahon toʻgʻrisidagi bilimimizni boyitib, turmushimizni munosib qiladi.


2) Notiqlik san’ati- jamoat oldida nutq soʻzlash, notiqlik san ʼati; ilmiy-siyosiy maʼruza, bahs, munozara, targʻibot va tashviqotning asosiy vositasi sifatida keng ijtimoiy mavqega ega boʻlgan san ʼat.
Qadimgi Gretsiya va Rimda nutq madaniyatining nazariy asoslari yaratildi. Bu davlatlarda Sitseron, Demosfen, Kvintilian, Aristotel kabi nazariyotchilar yetishib chiqdi.
Eramizdan avvalgi 335 yilda Aristotelning “Ritorika”si yaratildi. O‘sha davr
sud notiqligining katta namoyandasi Sitseronning “Notiq haqida”, “Notiq”, “Brut” asarlari hozir ham o‘ziga xos qimmatga ega. Ularning bu nazariyalari, keyinchalik Yevropada nutq madaniyatiga bag‘ishlangan fanning maydonga kelishiga asos bo‘ldi.
Eramizdan avvalgi 384-yilda Afinada dunyoga kelgan buyuk notiq Demosfen o`z umrini Vatanining gullab-yashnashiga bag’ishlagan ulug’ davlat arbobi bo’lgan.
Mark Tuliy Sitseron eramizdan oldingi 103–yilda Rimdan uzoq bo`lmagan Arpina shahrida badavlat oilada dunyoga keladi. Notiqning asosiy maqsadi-tinglovchi zavqini uyg’otib, o`ziga moyil qilishdan iborat.
Sitseron fikricha, notiq quyidagi xislatlarga ega bo`lmog’i lozim:
-notiqlik o`zi juda dadil va aytgan gaplariga amin bo`lishi kerak;
-nutq to`la isbotlanishi lozim;
-nutqdagi hamma narsa muhim hisoblanishi kerak;
-nutq materialini sidqidildan to`plash va idrok etish zarur;
-nutq materialini joylashtira olishi va tushunishga oson bo`lishini ta`minlashi darkor.
Sharqda, jumladan, Movarounnahrda badiiy, ilmiy ijodning taraqqiyoti bilan, shuningdek, va’zxonlik,“Qur’on”ni targ‘ib qilish, Beruniy, Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Abu Abdulloh al-Xorazmiy, Mahmud Koshg‘ariy, Abulqosim Zamaxshariy, Abu Ya’qub Sakkokiy, Alisher Navoiy kabi buyuk allomalar tilga, lug‘atga, grammatika va mantiqshunoslikka bag‘ishlangan asarlar yozdilar yoki boshqa sohalarga doir asarlarida bu mavzuga aloqador fikrlar bildirdilar

3) Ilmiy uslubning hozirgi zamon taraqqiyoti bilan bog‘liq ravishda quyidagi umumiy xususiyatlari bor:


1) axborotning ob’yektivligi, aniqligi;
2) nutqning ma’lumotlarga boyligi;
3) fikrning lo‘nda, qisqa ifodalanishi;
4) muallif individualligining sezilmasligi;
5) emotsionallik, obrazlilikning bo‘lmasligi;
6) atama, chizma, ramz va jadvallarning bo‘lishi;
7) matnning siqiq sintaktik qurilmalardan tuzilishi;
8) adabiy til me’yorlariga qat’iy amal qilinishi;
9) fikrlarning mantiqiyligi va qat’iy tartibda bo‘lishi;
10) ellipsis hodisasining bo‘lmasligi (nazarda tutilgan birorta so‘zning tushib qolishi);
11) turli xil tushunchalarni ifodalovchi otlarning ko‘p ishlatilishi;
12) otlarni, asosan, birlikda ishlatish;
13) matnda fe’lning majhul nisbatidan foydalanish;
14) maxsus bog‘lash uchun xizmat qiladigan so‘z, so‘z birikmalarining qo‘llanishi.

Yüklə 133,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin