Maqsadi: turli uslublarda qo‘llanilayotgan so‘z va terminlarni tahlil qilish



Yüklə 133,4 Kb.
səhifə5/5
tarix22.05.2023
ölçüsü133,4 Kb.
#119217
1   2   3   4   5
o\'zbek tili javob

5-bilet


1) Adabiy til “umumxalq tilining ishlangan, sayqal berilgan, ma’lum normaga solingan, xalqning turli madaniy ehtiyojlariga xizmat qiluvchi formasidir ”.
Adabiy til me’yorlariga mutaxassislar shunday ta’rif beradilar: “Til hodisalaridan adabiy til qoida talablariga mos holda, namunali tarzda foydalanishni, tilning adabiyligini ta’minlovchi vositalarni saralashni belgilovchi me’yor adabiy til (nutq) me’yoridir”. Yana: “Adabiy me’yor tilning tovush tizimi, grammatik qurilishi va lug`at tarkibidagi eng tipik hayotiy va zaruriy elementlarni tanlab olish asosida tashkil topadi. Adabiy me’yor tilning eng yuksak ishlangan, silliqlashgan shakli hisoblanadi”.
Adabiy nutqning muayyan sohadagi muloqot uchun moslashtirilgan, bir qator o`ziga xos xususiyatlari bilan farqlanib turadigan ko`rinishlari - uslublari mavjud.
Adabiy tilning ijtimoiy hayotdagi ma’lum soha doirasiga, ma’lum nutqiy vaziyatga xoslangan ko`rinishi nutq uslubi hisoblanadi. Ayrim nutq uslubidagina qo`llani ladigan so`zlar uslubiy xoslangan so`zlar, bunday xususiyatga ega bo`lmagan so`zlar esa uslubiy betaraf so`zlardir. Olim na’matakka ilmiy izoh bersa, shoir esa unga badiiy tus beradi, metafora, o`xshatish, jonlantirish, leksik vositalar bilan shoirona kuylaydi.
Shu yo`l bilan ayni bir jumlada qo`shimcha uslubiy (modal) mazmun ham ifodalanadi. Masalan: Ol, jiyan, yo`l yurib kelgansan. Bu jumlada so`zlovchi suhbatdoshga qarindoshligini bildirishi bilan birga, unga o`z mehribonligini ham ko`rsatmoqchi. Uslubshunoslik uslub, sinonimiya, so`z, so`z birikmasi va gapning ana shu qo`shimcha (modal) ma’nosini o`rganadi.
Gapda uslubiy (modal) mazmun maxsus so`z va iboralar (undalma, kirish so`z, sinonimlar, frazeologik birlik va gaplar, sheva, biror kasbga oid so`zlar va h.k.) orqali ifodalanadi.
Nutqning ijtimoiy vazifasiga qarab uslub turlari har xil bo`ladi: har bir ijtimoiy qatlam, toifaning o`z nutq uslubi bo`ladi. Shunga ko`ra, uslub, avvalo, so`zlashuv va yozma nutq uslublariga bo`linadi.



2) Notiqlik san’ati- jamoat oldida nutq soʻzlash, notiqlik san ʼati; ilmiy-siyosiy maʼruza, bahs, munozara, targʻibot va tashviqotning asosiy vositasi sifatida keng ijtimoiy mavqega ega boʻlgan san ʼat.
Qadimgi Gretsiya va Rimda nutq madaniyatining nazariy asoslari yaratildi. Bu davlatlarda Sitseron, Demosfen, Kvintilian, Aristotel kabi nazariyotchilar yetishib chiqdi.
Eramizdan avvalgi 335 yilda Aristotelning “Ritorika”si yaratildi. O‘sha davr
sud notiqligining katta namoyandasi Sitseronning “Notiq haqida”, “Notiq”, “Brut” asarlari hozir ham o‘ziga xos qimmatga ega. Ularning bu nazariyalari, keyinchalik Yevropada nutq madaniyatiga bag‘ishlangan fanning maydonga kelishiga asos bo‘ldi.
Eramizdan avvalgi 384-yilda Afinada dunyoga kelgan buyuk notiq Demosfen o`z umrini Vatanining gullab-yashnashiga bag’ishlagan ulug’ davlat arbobi bo’lgan.
Mark Tuliy Sitseron eramizdan oldingi 103–yilda Rimdan uzoq bo`lmagan Arpina shahrida badavlat oilada dunyoga keladi. Notiqning asosiy maqsadi-tinglovchi zavqini uyg’otib, o`ziga moyil qilishdan iborat.
Sitseron fikricha, notiq quyidagi xislatlarga ega bo`lmog’i lozim:
-notiqlik o`zi juda dadil va aytgan gaplariga amin bo`lishi kerak;
-nutq to`la isbotlanishi lozim;
-nutqdagi hamma narsa muhim hisoblanishi kerak;
-nutq materialini sidqidildan to`plash va idrok etish zarur;
-nutq materialini joylashtira olishi va tushunishga oson bo`lishini ta`minlashi darkor.


3) Ariza. Muayyan muassasaga yoki mansabdor shaxs nomiga biror iltimos, taklif yoki shikoyat mazmunida yoziladigan rasmiy hujjat. Ariza ijtimoiy hayotda eng ko‘p qo‘llaniladigan va keng tarqalgan ish qog‘ozdir. Maktab o‘quvchisi va talaba ishchi va dehqon, muhandis va olim, xizmatchi va yuqori mansabdor shaxs — jamiyatning barcha a’zosi ariza yozishdan holi emas. Ariza yozuvchilarning yoshi va ijtimoiy vazifasi turlicha ekan, ariza yo‘llanayotgan muassasalar va idoralar ham xilma — xildir.
Toshkent davlat pedagogika universitet...
rektori prof. B. G‘. Qodirovga
... fakulteti... II kurs talaba... Samad
Qosimovdan
A R I Z А
Men «Umid» jamg‘arma... tanlovida ... natijalarga erish... imtiyozli o‘rinni qo‘Iga kirit... . Shuning ... «Umid» jamg'armasi men... Amerika Qo‘shma ... ga o‘qish uchun yo‘llanma berishga ... qildi.
O‘qishimni Amerik... Shtatlari... Kaliforniya universiteti... tarix fakultetida ... ettirish uchun ruxsat... ni so‘ray... .
(imzo) S. Qosimov
2019-yil 28- may
Yüklə 133,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin