Maqsadi: turli uslublarda qo‘llanilayotgan so‘z va terminlarni tahlil qilish



Yüklə 133,4 Kb.
səhifə2/5
tarix22.05.2023
ölçüsü133,4 Kb.
#119217
1   2   3   4   5
o\'zbek tili javob

Nutqning kommunikativ sifatlari
Nutqning to‘g‘ri bo‘lishi, eng avvalo, uning adabiy til me’yorlariga muvofiq kelishidir.
Grammatik me’yorlarga rivoya qilish deganda, gap tuzish qoidalaridan to‘g‘ri foydalanish, o‘zak va qo‘shimchalar o‘rtasidagi bog‘liqlikni ta’minlash, ega kesim mosligiga erishish, ikkinchi darajali bo‘laklarning bosh bo‘laklarga bog‘lanishlarning qonuniyatlariga e’tibor berish ko‘zda tutiladi.
Aniqlik deyilganda, tabiat va jamiyatdagi narsa va hodisalar bilan ularning atamasi orasidagi mutanosiblik tushuniladi. Agar inson tafakkuri, bilimlari so‘zda aniq ifodalanmagan bo‘lsa, u tinglovchiga tushunarsiz bo‘lib qoleveradi. Maqsad – aytilgan fikrning tinglovchiga tushunarli bo‘lishiga erishishdan iboratdir.
Nutqning mantiqiy bo‘lishi, eng avvalo, so‘zlovchining tafakkur quvvati va qobiliyati bilan bog‘liqdir. Shundan kelib chiqiladigan bo‘lsa, mantiqiyligi faqatgina lisoniy hodisa sanalmasdan, balki nolisoniy hodisa sifatida ham namoyon bo‘ladi, ya’ni notiqdan faqatgina tilni yaxshi bilish emas, o‘zi mulohaza yuritayotgan mavzu atrofida chuqur bilimga ega bo‘lish va ifoda jarayonida izchillikni ta’minlash taqozo etiladi. Nutq to‘g‘ri tuzilmaganligi, aniq ifodalanmaganligi, izchillik ta’minlanmaganligi oqibatida mantiqsizlik kelib chiqadi, xalq tabiri bilan aytganda “bog‘dan kirib, tog‘dan chiqiladi”.
Chunki, nima noaniq tasavvur etilsa, noaniq ifodalanadi. Noaniq ifoda esa fikr chigalligi, ya’ni mantiqsizlik demakdir.
Nutqning sofligiga putur etkazadigan lisoniy unsurlar, ya’ni noadabiy qatlamlarga dialektizmlar, varvarizmlar (chetdan kirgan so‘zlarni noo‘rin, haddan tashqari ko‘p ishlatish) so’kinish, haqorat, qarg’ish so’zlarini qo’llash kabilar kiradi.
Nutqning sofligini ta’minlash uchun uni keraksiz so‘z va iboralardan holi bo‘lishga erishish lozim. Shuningdek, har bir uslubni o‘z o‘rnida qo‘llash ham nutqning sofligini ta’minaydi.
Nutqning boyligi, rang-barangligini ta’minlovchi lisoniy hodisalar:
- shakl va ma’no munosabatlariga ko‘ra turlaridir, ya’ni sinonim, omonim, antonim, paronim so‘zlar;
-bir ma’noli va ko’p ma’noli so’zlarni qo’llash,
-intonatsiya ( u uzunlik, ton, kuch, tembr, pauza va ularning o‘zaro hamkorligi hamda o‘zaro kompensatsiyasidan tashkil topadi);
-grammatik vositalarni o’z o’rnida qo’llash.
Nutqdagi qisqalik va ixchamlik so‘zlovchining lisoniy bilimi, so‘zni o‘rinli tanlay olishi, gaplarini muxtasar tuza bilish mahorati va maqol, ibratli so’zlardan o’z o’rnida foydalanishiga bog‘liqdir.
2) Hozirgi ijtimoiy-iqtisodiy hamda ilmiy-texnik tub o‘zgarishlar davrida yangi fanlar va tushunchalar yuzaga kelmoqda. Jumladan, o‘zbek tilida ham yangi terminlar paydo bo‘lmoqda, ilgaridan ishlatib kelingan qator leksemalar yangi ma’nolar kasb etmoqda. Shu boisdan, leksikologiya, xususan, terminologiya oldida qator muhim masalalarni yechish vazifasi turibdi. Bugungi kunda terminologiyaning amaliy va nazariy masalalarini yanada chuqurroq o‘rganish, terminlar yaratish va ularni qo‘llashni til qonuniyatlari asosida tartibga solish davlat ahamiyatiga molik muammoga aylandi. Shuning uchun ona tilimizning turli terminologik tizimlarini yanada teranroq tadqiq etish, ularni terminologiyaning xilma-xil masalalari bo‘yicha atroflicha tadqiq qilish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir. Ilm-fan, texnika, qishloq xo`jaligi va san'atga oid tushunchalarning aniq nomini bildiruvchi bir ma'noli so`z va birikmalar terminlar deyiladi. Terminlar yig`indisi va shu terminlarni o`rganuvchi soha terminologiya deyiladi. Termin grekcha terminos so`zidan olingan bo`lib, chek, chegara ma'nolarini bildiradi.
Respublikamiz mustaqil deb e’lon qilingandan keyin, bu sohadagi ahvol butunlay o‘zgardi. Tashqi iqtisodiy aloqalar yanada rivojlanib ketdi. Dunyoning juda ko‘p mamlakatlari bilan xilma-xil aloqalarga keng yo‘l ochildi. Bu omillar o‘zbek tilida yangi-yangi terminlarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Bu yangi terminlar sirasida iqtisodiy terminologik tizim ham o‘ziga xos o‘rinni egallab kelmoqda. Shu boisdan, fan va texnika taraqqiyotining hozirgi bosqichida iqtisodiy terminlarni ham tilshunoslik nuqtai nazaridan tadqiq etish muhim ahamiyat kasb etadi. Amaliy, ayniqsa, nazariy masalalarni hal etish uchun iqtisodiy terminlar tizimini, ularning yasalish qonunlarini, shakllanish manbalarini, umumtilda qo‘llanish doirasini, mazkur tizimda ro‘y berayotgan kamchiliklarni va ularni bartaraf etish yo‘llarini aniqlash kabi qator masalalarni o‘rganish zaruriyati paydo bo‘ldi. Fanning yana bir maqsadi hozirgi o‘zbek tilida qo‘llanib kelinayotgan iqtisodiy terminlarni to‘plash va sistemalashtirishdan ham iboratdir. Hozirgi bosqichda, ya’ni yuqori saviyadagi ilmiy-texnik inqilob davrida ishlab chiqarish, fan va texnikaning barcha sohalarida yangidan-yangi narsa, predmet va tushunchalar paydo bo‘la boshladi. Bu hol til lug‘at tarkibining salmoqli ravishda boyishiga olib kelmoqda. Binobarin, termin muammosi hozirgi leksikologiyaning asosiy masalalaridan biri bo‘lib qoldi. “Terminlar paydo bo‘lib qolmaydi”, aksincha, ularning zaruriyati anglangan holda “o‘ylab topiladi”, “ijod qilinadi”. So`zlar fan va texnikaning ma'lum tarmog`ida qo`llanilib, iste'mol doirasi chegaralangan ma'noda ishlatilsa terminlarga aylanadi. Termin aniq, konkret tushunchalarni bildirib, his-hayajon ma'nolaridan xoli bo`ladi. So`zning ma'nosi murakkab bo`lib, unda tushuncha qo`shimcha ma'no va uslubiy belgilarga ega bo‘ladi.
3) So`zlashuv uslubi. Oilada, ko`cha-ko`yda kishilarning fikr almashish jarayonida qo`llanadigan nutq uslubi so ` zlashuv uslubi sanaladi. So`zlashuv uslubi adabiy va oddiy so`zlashuv uslublarini o`z ichiga oladi.
So`zlashuv uslubining har ikki turi ko`pincha dialog shaklida ro`yobga chiqadi. Ikki shaxsning o`zaro so`zlashuvi dialogik nutq sanaladi. So`zlashuv uslubida so`zlar ko`pincha kinoya, piching, qochirmalarga boy bo`ladi. Bu uslubning yana bir o`ziga xos xususiyati uning erkinligidir.
Adabiy til me’yorlariga qat’iy amal qilingan so`zlashuv uslubi adabiy so`zlalashuv uslubi, bunday xusuiyatga ega bo`lmagan so`zlashuv uslubi esa oddiy
so`zlashuv uslubidir.
So`zlashuv nutqida ona tilidagi bor imkoniyatlardan foydalanilsa ham, har bir toifaning nutqida o`ziga xoslik seziladi: olimlarning suhbati bilan ishchi, xizmatchi, dehqonning so`zlashuvida farq bo`ladi. Hatto erkagu xotinlar so`zlashuvi o`rtasida ham ba’zi farqlar bo`ladi.
Og`zaki so`zlashuv uslubi grammatik qurilishi sodda, qisqa, mazmunan ta’sirchan bo`ladi. Bunda xalq maqollari va masallar, rivoyat va ertaklar, latifa va qo`shiqlar, so`z o`yinlari-pichinglar, hazil – mutoyi balar, askiya va qochirmalar muhim manba sanaladi.
Jonli nutq jarayonida uslubiy bo`yoq iboralaridan (Onaginang o`rgilsin! Qoqindig`ing bo`lay!) keng foydalaniladi. Jonli so`zlashuv nutqida «xom» ibora va gaplar, behayo so`zlar ham uchraydi.



Yüklə 133,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin