Hozirgi kunda o’qituvchi nutq texnikasi va notiqlik madaniyatini takomillashtirish muammolari



Yüklə 169 Kb.
səhifə1/14
tarix20.09.2023
ölçüsü169 Kb.
#145385
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
ped maxorat mustaqil ish




MUNDARIJA:


I KIRISH


II ASOSIY QISM



  1. Hozirgi kunda o’qituvchi nutq texnikasi va notiqlik madaniyatini takomillashtirish muammolari.

  2. Barkamol avlod tarbiyasida o’qituvchining tarbiyaviy maqsadlami pedagogik mahorat asosida to’g’ri tanlay olishi

  3. O’qituvchining tarbiya texnologiyalari asosida pedagogik mahoratini oshirib borishi.

  4. Pedagogik ta’lim jarayonida o’qituvchining zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanishi.

  5. O’qituvchining kasbiy pedagogik refleksiya asosida o’z pedagogik mahorati imkoniyatlarini takomillashtirishi.



III. XULOSA


IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.
KIRISH
Har bir insonning ma'naviy va madaniy kamolotga erishuvida tilning o'rni alohidadir. Til insonlararo muloqot hamda fikr va axborot almashinuv vositasidir.
Til millatning tamal toshidir. Prezident I.Karimov «Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili – bu millatning ruhidir. O'z tilini yo'qotgan har qanday millat o'zligidan judo bo'lishi muqarrar» deb ta'kidlaganida haqli edi.
Shuningdek, ajdodlar merosini o'rganish, tajriba orttirish, almashinish jarayonini ham tilsiz tasavvur etib bo'lmaydi. Zero, hazrati Navoiy ta'biri bilan aytganda:
So'zdurki, nishon berur o’lukka jondin,
So'zdurki, berur jonga xabar jonondin.
Insonni so'z ayladi judo hayvondin,
Bilki, guhari sharifroq yo'q ondin.
Ma'lumki, til inson aqliy faoliyatining eng oliy va asosiy vositasidir. Chunki, insonni boshqa jonzotlardan ajratib turadigan ham tildir. Shunday ekan, inson aqliy faoliyatining eng oliy mahsullari - tafakkur mevalari til va nutq orqali ro'yobga chiqadi. Til tafakkur mahsullarining hayotga tadbiq etilishiga vosita bo'luvchi qudratli quroldir. O’zbek tilining izohli lug’atida “til – fikr ifodalash va o’zaro aloqa quroli bo’lib xizmat qiladigan tovushlar, so’zlar grammatik vositalar sistemasi” deb ta’riflansa, nutqqa “fikrni til orqali ifodalash qobiliyati, mahorati” yoki “so’zlashuv jarayonidagi til” deb ta’rif beriladi.
Qadimgi Sharq pedagogikasining ajoyib asarlaridan biri «Qobusnoma»da ham til va nutqqa alohida e'tibor berilganki, ular hozir ham o'z ahamiyatini yo'qotmaganini ko'ramiz. Kaykovus hamma hunarlar ichida so'z hunari - notiqlikni a'lo deb biladi: «Bilginki, hamma hunardan so'z hunari yaxshi».
Shuning uchun ham kishi suxandon va notiq bo'lishini ta'kidlaydi. Muallif notiqlikni egallashning yo'lini tinimsiz mehnat va o'rganish deb uqtiradi. Olimlarning bu kabi xulosalari kasbiy refleksiya o‘qituvchining o‘z–o‘zini rivojlantirishda (bu uning o‘z ijodiy mehnati natijasidan qoniqmasligi aslo mumkin emasligi bilan belgilanadi) shijoati, kasbiy faoliyatiga oid yangiliklarni muntazam izlanishida, ijodkorligida namoyon bo‘lishi bilan asoslanadi, demak refleksiya o‘qituvchining o‘z–o‘zini kasbiy takomillashtirishiga ham asos bo‘ladi, deb aytish mumkin.



Yüklə 169 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin