.1. Hozirgi kunda barkamol shaxsni tarbiyalash muammolari
2. Tarbiyaviy jarayonning asosiy xususiyatlari
Barkamol avlod tarbiyasi mamlakatimizda, awalo, o'qituvchilar zimmasiga yuklatilgan eng olijanob vazifadir. I.A Karimov Oliy majlisning IX sessiyasida so‘zlagan nutqida shunday deydi: “Biz komil inson tarbiyasini davlat siyosatining ustuvor sohasi deb e ’Ion qilganmiz. Komil inson deganda biz, awalo, ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvori bilan о 'zgalarga ibrat bo 'ladigan bilimli, ma ’rifatli kishilarni tushunamiz”. Komil inson. o'qituvchining mashaqqatli mehnati namu- nasidir. Sharq allomalari ilmiy meroslarida ham komil inson tarbiyasi doimo munozarali mavzu bo'lib kelgan. Jumladan, mashhur alloma Aziziddin Nasafiy o'zining “Komil inson” nomli kitobida shunday yoza- di: “Bilgilki, komil inson quyidagi to'rtfazilatga mukammal shaklda ega bo 'Igan insondir. Ularning birinchisi yaxshi so ‘z, ikkinchisi ezgufaoliyat, uchinchisi go 'zal axloq, to 'rtinchisi ilm ”. Ushbu mukammal shakllarga ega bo'lgan inson buyuk davlatimiz poydevorini, farovon hayot asoslarini qura oladi. Komil insonni tarbiyalash va voyaga etkazish jarayoni - pedagogik faoiiyatning uzluksiz jarayoni bo'lib, pedagogik texnolo giyaning so'nggi namunalari doirasida amalga oshiriladigan hamda tarbiyalanuvchilaming ijobiy fazilatlarini shakllantirish va rivojlantirish maqsadlariga qaratilgan tashkiliy faoliyatdan iborat. Bu faoliyatda o'qituvchi tarbiyaviy jarayonning quyidagi asosiy xususiyaflarini bilishi kerak.
•tarbiyaning yaxlitligi;
•tarbiyaning tizimliligi;
•tarbiyaning davriyligi;
•tarbiyaning texnologiyaviyligi.
Tarbiyaning yaxlitligi deganda tarbiyalash va o‘qitish jarayonlari- ning, shuningdek, o'quvchilarni jamiyat talablari asosida kamolotga etkazish va shakllantirishga qaratilgan maqsadning ajralmas birligi tushu niladi. Tarbiyalash va 0 ‘qitish, garchi ilm-fan ulami farqlasada, bir-biriga bog‘liq va ko‘p umumiylikka ega Shu ma’noda uzoq tarixga ega milla- timiz ‘'ta’limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta ’limdan ajratmagan - bu sharqona qarash, sharqona hayotfalsafasi” (I.A.Karimov.). 0 ‘qitishning mazmunini asosan dunyo haqidagi ilmiy bilimlar tashkil etadi. Tarbi yaning mazmunida me’yorlar, qoidalar, qadriyatlar. ma’naviy boyliklar ustunlik qiladi. 0 ‘qitish asosan aql-idrokka ta’sir ko‘rsatadi, tarbiyalash esa, birinchi navbatda, shaxsning doimiy iste’mol sohasiga aylangan. Ikkalajarayon shaxsning ongi va xulq-atvoriga birday ta’sir ko‘rsatadi va ijtimoiy rivojlanishiga zamin yaratadi. Qanchalik yaqin bo‘lishiga qara- may, bu o‘ziga xos jarayonlar bo'lib, ilm-fan ulami tarbiya nazariy asida va didaktika (taiim jarayoni)da alohida ko'rib chiqadi. Bunda 0 ‘qituvchi tomonidan zamonaviy shart-sharoitlarga asoslangan holda uslubiy tamo- yil va, ayniqsa, dolzarb hisoblangan butun pedagogik jarayonning yaxlit ligi ta’minlanadi.
Tarbiyaning tizimliligi tarbiyaviy jarayonda umumiylikni tashkil
etadi, chunki tarbiyaviy jarayonlar bir nechta tizimlaming turli xusu siyatlaridan iborat. Aytish mumkinki, tarbiyaviy jarayonlar — bu tarbi yaviy tizim holatlarining ketma-ket almashinuvidir. Tarbiyaviy jarayonni tizimli ravishda ko‘rib chiqish, tizim va jarayonning tuzilmaviy xusu siyatlarini, shuningdek, ular o'rtasidagi funksional aloqalaming jyratib ko‘isatilishini ifodalaydi. O'qituvchi uchun har bir tarbiyaviy uslubning o‘ziga xos xususiyatini, mohiyatini, birining boshqasiga ta’siri natijasida o‘zgarishini anglab yetishi muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, tarbi yalash maqsadi uning mazmunini belgilab beradi, tarbiya ko'rganlik darajasi esa tarbiyalash usullarini tanlashga ta ’sir ко 'rsatadi va hokazo.
Pedagogik jarayonda tarbiyaning davriylik tuzilishi — bu tarbiya texnologiyalarining asosiy xususiyatlariga muvofiq boigan, uning tarki biy qismlari yig‘indisidir. O'qituvchi buning natijasida tarbiyaning dav
riylik tuzilmasini belgilab olishi mumkin:
1. lviaqsaoni oexguasn — taroiyaiasnaan кеио cmqaaigan maqsaa- Iami ma’lum bir muddatli jarayonlarga bo‘lib chiqishi.
2. Mazmunni tanlash — tarbiyalash mazmunini jamiyat talablari darajasida mustaqil ishlab chiqishi.
3. Demokratik faoliyatli — tarbiyaviy jarayon ishtirokchilarini tarbi yalashda va o'zaro munosabatda erkin fikrlilik va umuminsoniylik me’- yorlariga rioya qilish qonuniyatlari.
4. Baholash — tarbiyalash jarayonida erishilgan natijalar samarador- ligining 0 ‘qituvchi tomonidan baholanib borishi va doimiy tahlil qilinishi. Pedagogik faoliyat ham 0 ‘qituvchi tomonidan tarbiyaviy jarayonning tuzilmasiga muvofiq quriladi: faoiiyatning maqsadlari, mazmuni, usullari va turlari ishlab chiqiladi va natijalari tahlil qilinadi. Tarbiyalash maqsad- larini aniqlash pedagogik aniqlashni (diagnostika) — tarbiyaviy jarayon holati, birinchi navbatda, o'quvchilarning tarbiya ko‘rganliklarini shuningdek, jarayonning boshqa shartlarini o'rganishni talab etadi.
Tarbiyaviy jarayon bosqichlarining o‘zaro munosabatida tarbiyaviy jarayonlaming ketma-ketligi uning davriyligini va qaytarilib turishini belgilaydi. Shaxs rivojlanishida tarbiyaviy maqsadlar o‘qituvchi tomoni dan uning yoshiga qarab belgilanadi va rejalashtiriladi. Tarbiyaviy jara yonning davriyligi shaxsning yosh xususiyatlarini hisobga oladi. Bund? asosiy e’tibor quyidagi faoliyatga qaratilisbi kerak:
- shaxsning muayyan bir yoshiga xos bo'lgan anatomik, fiziologik vz psixologik xususiyatlaming chuqur o'rganilishi;
- davriylik tizimi asosida tarbiyaviy ish faoliyatining tashkil etilishi;
- muayyan bir yoshga xos bo'lgan tarbiyalanganlikning doimo aniq- lanib (diagnostika), loyihalashtirilib borilishi;
- ijobiy natijalar beradigan tarbiyaviy o'zaro ta’siming o'qituvchi tomonidan turli shakl va metodlari darajalarining belgilanib (diagnostika] amalga oshirilishi.
Tarbiyaning texnologiyaviyligi taiim muassasalarida tarbiyaviy maqsadlami amalga oshirish va unga erishishga sharoit yaratadi, nazariy asoslangan uzluksiz davom etadigan tarbiyalash jarayonining shakllari, metodlari, usullari va vositalarini o‘qituvchi to'g'ri tanlab natijalarga eri- shishini ta’minlaydi. U ilmiy modellashtirish (loyihalashtirish) asosid? amalga oshiriladi, modellashtirishda tarbiyaviy maqsadlar bir xil ma’no da beriladi hamda o'qituvchi tomonidan insonning shaxsiy xususiyatlari va sifatlarini rivojlantirishning muayyan bosqichlarini obyektiv ravishd* o'lchash va baholash imkoniyatlarini yaratadi.
ilmiy muammolar bilan o'zaro mimosabatda bo‘lgan tushunchadir. Biroq, agar ilmiy muammo tarbiyalanuvchiga bilim berish, ilmiy tafakkurini oshirish hamda ko'nikma va malakalarini shakllantirish kabi maqsadlami ifodalaydigan boisa. u holda tarbiya texnologiyasi o'qituvchiga o'quv- chilami tarbiyalash yoi-yo'riqlari va ularga erishish vositalarini to'g'ri yo'naltirishga yordam beradi.
Tarbiyaning texnologiyaviyligi tarbiyalashga yo'naltirilgan ilmiy muammo sifatida o'quvchilarda axloqiy sifatlami shakllantirish va rivoj lantirish uchun lozim boigan va komil insonga xos barcha insoniy fazi- latlami muayyan shart-sharoitlarda uzluksiz tarbiyalash asosida takomil- lashtirishni nazarda tutadi, bu esa taiim mazmunining o'ziga xos xusu siyatlarini ham belgilaydi.
Shu munosabat bilan tarbiyaviy jarayonni harakatga keltiruvchi kuch, turtki asosan nimada ekanligi to'g'risida savol paydo boiadi. Peda gogikada inson tarbiyasiga qo'yiladigan, uning hayotida yuzaga keladi- gan talablar va uning huquqiy imkoniyatlari, ijtimoiylashuvi, shaxsiy rivojlanish darajasi o'rtasidagi ziddiyatlar bunda asosiy manba bo'lib hisoblanadi. Ushbu talablar uning yosh xususiyatlariga muvofiq kelgan- dagina, insonni tarbiyalash va uni shaxs sifatida rivojlantirish jarayo- nining boshlanishiga turtki boiadi. L.S.Vigotskiy bolaning biror hara- katni kattalaming yordamisiz bajaxa olishi mumkin boigan holatini dol- zarb rivojlanish hududi deb atagan. Bola o'qish jarayonida biror yangi narsani o'qituvchining yordami bilan salohiyatli tarzda o'zlashtirishga qodir boigan daraja yaqin rivojlanish hududi bilan belgilangan. Hududlar orasidagi masofa ziddiyatli tarbiyaviy holatni vujudga keltiradi — tarbiyaviy jarayonning bunday holati shaxsni shakllantirishda vujudga keladigan va erishiladigan yutuqlar o'rtasidagi tafovut mavjud bo'lganda yuzaga keladi. Bunday qarama-qarshiliklaming paydo boiishiga yo‘1 qo'ymaslik uchun o'qituvchi-tarbiyachi belgilangan tarbiyaviy maqsadlami o'z maromida uzluksiz, mukammal amalga oshirishi lozim. Shimdagina tarbiyaviy nuqsonlami bosqichm-bosqich bartaraf etishga shart-sharoit yaratiladi.
Dostları ilə paylaş: |