4-Mavzu: Pedagogik ta’lim jarayonida o’qituvchining zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanishi. Reja: 1. Pedagogik ta’lim jarayonida o’qituvchining zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanishi. 2. Axborot ta'lim muhiti 1.O‘qitishning axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanilgan tadqiqotchilik metodi ta'lim oluvchilarning ma'lum tematika doirasida ilmiy-texnik tadqiqot olib borish jarayonidagi mustaqil ijodiy faoliyatini ko‘zda tutadi. Bu metoddan foydalanilganda ta'lim faol tadqiqot, kashfiyot va o‘yin natijasi sanaladi.Eng so‘nggi texnik yutuqlar ko‘pincha ta'lim jarayonida o‘zining munosib o‘rnini egallagan, bu ma'noda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ham istisno emas. O‘quv jarayonida kompyuterlardan foydalanish bo‘yicha dastlabki tajribalar hisoblash texnikasidan foydalanish ta'lim jarayoni samaradorligini sezilarli darajada oshirishi, bilimlarni hisobga olish va baholashni yaxshilashi, qiyin vazifalarni hal qilishda o‘qituvchining har bir ta'lim oluvchiga yakka tartibda yordam berishini ta'minlash kabi imkoniyatlarni yaratadi.Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari so‘z, raqam, tasvir, tovush va boshqa ko‘rinishlarda beriladigan axborotni qayta ishlash uchun keng imkoniyatli vosita sanaladi. Ularning vosita sifatidagi asosiy xususiyati axborot olish va qayta ishlash bilan bog‘liq turli xil amallarni bajarish uchun sozlash (dasturlashtirish) imkoni mavjudligidir.O‘quv jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish foydalanuvchilarning tafakkur ko‘nikmalarini va murakkab vazifalarni hal qilish malakalarini rivojlantirishning yangi yo‘llarini ochib beradi, ta'limni faollashtirish uchun prinsipial yangi imkoniyatlarni taqdim qiladi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari auditoriya va mustaqil mashg‘ulotlarni yanada qiziqarli va ishonchli, o‘rganiladigan axborotning katta oqimini oson o‘zlashtiriladigan qilish imkonini beradi.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalarining ta'limning boshqa texnik vositalariga qaraganda asosiy ustunliklari nozikligi, ta'limning turli modellari va algoritmlariga sozlash, shuningdek, har bir ta'lim oluvchining xatti-harakatlariga yakka tartibda reaksiya qilish imkoniyati sanaladi. Bunday vositalardan foydalanish ta'lim jarayonini yanada faollashtirish, unga tadqiqotchilik va izlanuvchanlik xarakterini bag‘ishlash imkonini yaratadi. Darsliklar, televidenie va kinofilmlardan farqli o‘laroq, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ta'lim oluvchining xatti-harakatiga zudlik bilan javob berish, turli toifadagi ta'lim oluvchilar uchun materialni takrorlash, tushuntirish, puxtaroq tayyorgarlikka ega bo‘lgan ta'lim oluvchilar uchun yanada murakkab va o‘ta murakkab materialga o‘tish imkoniyatini ta'minlaydi. Bunda individual sur'atlarda o‘qitish oson va tabiiy tarzda amalga oshiriladi.Bilimlar hajmining ortib borishi va tahlil metodlarining murakkablashishi bilan ta'limni asosan an'anaviy usulda tashkil etish tobora qiyinlashib bormoqda. Murakkab muammolarni tushunish va hal qilish malakalari, juda katta hajmdagi dastlabki ma'lumotlarni foydali umumlashtira olish qobiliyati - bularning hammasi katta ahamiyat kasb etib, o‘quvchilardan yanada faol bo‘lishni talab etadi. Aynan, shu nuqtai nazardan kompyuter ta'lim sohasi uchun nihoyatda keng imkoniyatlar taqdim qiladi.O‘qitish (mustaqil o‘qishdan farqli o‘laroq) ta'rifiga muvofiq muloqotli hisoblanadi. Zamonaviy axborot texnologiyalari muhitida didaktika, zamonaviy axborot texnologiyalaridan faol foydalanish orqali bilimlarning samarali o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan o‘quv faoliyatining keng jabhali turlarini salohiyati, axborotni qabul qilish va o‘zlashtirish qobiliyatlariga bevosita bog‘liq bo‘lmoqda.Elektron resurslarining afzalliklari qatoriga axborotlarning jamlanganligi, ko‘rgazmaliligi, ya'ni turli xil taqdim etish imkoniyatlariiing mavjudligi, animatsiyalardan foydalanganligi, ta'lim-tarbiya oluvchilarning yoshi va fiziologik xususiyatlariga mos axborotlarni taqdim etib borish jihatlarini kiritish mumkin. Bu o‘quvchilarda ijodiy fikrlashni, tarbiyaviy ko‘nikma va malakalarni rivojlantirish orqali resurslarni har tomonlama chuqur o‘zlashtirilishiga imkoniyatning mavjudligi bilan alohida ahamiyatga ega.
Bizning fikrimizcha, uzluksiz ta'lim-tarbiya jarayonlariga axborot texnologiyalarini tatbiq etishda asosiy vazifalar sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:
• yangi axborot texnologiyalarini ta'lim-tarbiya jarayoniga tatbiq etishning zaruriy moddiy-texnika bazasini yaratish;
• ta'lim-tarbiya jarayoni uchun zamonaviy axborot texnologiyalarini loyihalash va qo‘llash;
• foydalanuvchilarning zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish;zamonaviy texnologiyalar negizida ta'lim va tarbiya jarayonlaridagi samaradorlikni kafolatlash.
2. Axborot ta'lim muhiti (ATM) – bu o‘rganuvchi, o‘rgatuvchi (o‘qituvchi) va axborot texnologiyalari vositalari o‘rtasidagi o‘quv axborotli xatti – harakatlar jarayoni paydo bo‘lishi va rivojlanishiga imkon beruvchi shart – sharoitlari majmuasi hamda muayyan o‘quv kursi bo‘yicha predmetli mazmuni muhiti komponentlari (kompyuterga ulashuvchi turli xil o‘quv, namoyish qiluvchi jihozlar, dasturiy vositalar va tizimlar, o‘quv ko‘rgazmali va boshqalar) jamlangan sharoitda o‘rganuvchining (o‘rgatuvchining ham) faol bilish faoliyatini shakllantirish jarayonidir.
ATM ning maqsadi: shaxsning ijodiy tashabbuskorlik qobiliyatini rivojlantirish asosida ta'lum oluvchilarga bilimlarni mustaqil egallash va ularni sifatli o‘zlashtirish uchun shart – sharoit yaratish hamda o‘qitish natijalarini tahlil qilishni avtomatlashtirishni ta'minlash58.O‘qitishning elektron vositalari. O‘qitish jarayoni pedagog, ta'lim oluvchi va o‘qitish vositalarining o‘zaro ta'siridan iborat. Hozirgi zamon kompyuter vositalari va axborot texnologiyalari imkoniyatlari o‘qitish vositalariga o‘qituvchi va ta'lim oluvchi vazifalarining bir qismini yuklash imkonini beradi59.Darsni axborot – kommunikatsiya texnologiyalari asosida o‘qitish o‘qituvchi va ta'lim oluvchilar ishini ancha osonlashtiradi.
Xususan, boshlang‘ich sinflarda fanlarni kompyuter vositalari asosida o‘qitish quyidagi imkoniyatlarni yaratadi:
O‘qituvchini takrorlanuvchi mehnatdan xalos etadi va uning vaqtini tejaydi; yaqqol tasvirlar natijasida o‘quvchilarda fazoviy tasavvurlar shakllanadi; O‘quvchilarning ish tartibini tez o‘zlashtirishini ta'minlaydi; Fanga oid nazariy ma'lumotlar ko‘rgazmali vositalar (rangli tasvirlar, ularning fazoviy ko‘rinishlari) yordamida tushuntiriladi va natijada talabalarda ilmiy bilishga ehtiyoj ortadi;
Kompyuter ekranida sodir bo‘layotgan hodisalarni o‘quvchi ko‘rib va eshitib, fikrlash orqali bilishga intiladi. O’quvchi sezgi organlari yordamida monitorda sodir bo‘layotgan voqea va hodisalarni idrok eta boshlaydi. Chunki monitorda ularning xossa va xususiyatlari aks ettiriladi. U dastavval hissiy bilish orqali ekrandagi hodisa va voqealarni (bir necha bor kuzatib) bir – biridan alohida holda o‘z ongida aks ettiradi. Shu sababli narsa va hodisalar o‘rtasidagi bog‘lanishni nazardan chetda qoldiradi. Masalan ekranda biror predmetning, geometrik chizmalarning, yoki hodisalarning namoyish etilishi bilan o‘quvchi ushbu tasvirlarning mohiyatiga etibor qaratmasligi mumkin. Boshqa hodisalarning yuzaga kelish jarayonlari, kechishi, boshqa predmetlar bilan aloqadorligi kabilar bilan tushuntirilganda, va bir necha bor kuzatganidan so‘ng, hissiy bilishdan aqliy bilishga o‘tib, masalaning mohiyatiga e'tibor bera boshlaydi.O‘quvchining ekranda sodir bo‘layotgan voqea, hodisalarni tahlil etish va sintez qilishi juda muhim ahamiyatga ega. Analiz va sintez o‘quvchining bilish jarayonini tezlatadi. Analiz – sintez murakkab ob'ektlarni oddiy elementlarga, muhim va nomuhimlarga, voqea va hodisalarni turkumlarga ajratish shartlaridan biridir. Tahlil etishdan asosiy maqsad qism (element) larni butun (shakl, jism) ning unsurlari sifatida bilish, ular o‘rtasidagi aloqa va qonuniyatlarni aniqlashdan iborat.
Shuni alohida ta'kidlab o‘tish lozimki, namoyish qilinayotgan material qanchalik sodda, tushunarli bo‘lmasin, hayot bilan uzviy bog‘lab tushuntirilmasa, materialni esda saqlab qolish va o‘quvchilarning bilishga bo‘lgan ehtiyojini oshirishga xizmat qilmasligi mumkin.Ma'lumki, kompyuter axborotlarni kiritish, to‘plash va ular ustida turli xil arifmetik va mantiqiy amallarni bajarish xamda ularni taxlil etish uchun mo’ljallangan.
Axborot oqimlari bilan ishlash.
O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan boshlab ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanib, xalqaro integratsiyaga qo‘shilmoqda. Jamiyatimizning turli sohalarida rivojlanish ketayotganligi uchun axborotlar almashuvi masalasi tug‘ildi.Insoniyat jamiyati ba'zi bir murakkab masalalarni yechish, odamlarni ma'lum bir jamoaga to‘plashni talab etadi. Bu maqsadda mukammalroq tizimlar inson muloqotining o‘rnini bosa olmaydi, lekin axborot texnologiyalari ular ishtirokining samarasini oshirishga va ijodiy faoliyatni avtomatlashtirishga imkon yaratadi.Inson shaxsining o‘z-o‘zini boshqarish va ta'lim jarayonlarni takomillashtirish borasida axborotlar texnologiyasi tomonidan qo‘lga kiritilgan yutuqlar juda muhim hisoblanadi. Ayniqsa, ma'lumotlar asri bo‘lgan 20-asrda va har bir alohida ma'lumotning qadr-qimmatini oshishi bashorat qilingan. Masalan, oddiy muloqot jarayonini yanada takomillashtirish, shaxslararo munosabatlardagi ta'sirchanlikni, samaradorligini oshirishda zamonaviy texnologiyalarning o‘rni va roli juda muhim.Hozirgi fan-texnikaning rivoji bir tomondan axborotlarni, ma'lumotlarni ko‘paytirsa, ikkinchi tomondan, o‘quvchilarda bilimlarga barqaror qiziqishning yo‘qolishiga olib keladi, chunki qat'iylik, ijodiy izlanish, irodaviy zo‘r berish o‘rnini loqaydlik, faoliyatsizlik egallaydi.Boshqacha aytganda, ular «tayyor axborotlarning quli»ga aylanadilar.