3. Pedagogik tashxislash asosida o‘qituvchining kasbiy rivojlanishini ta’minlash usullari
Ko‘pchilik olimlar refleksiyani o‘qituvchi tomonidan o‘zining faoliyati va uning natijalarini tahlil qilish va o‘zini baholash jarayonida rivojlanishini aytadi va «refleksiyani boshqarish imkoniyati va zaruriyati shundan iboratki, o‘qituvchi uzluksiz ta’limning qaysi sohasida faoliyat ko‘rsatmasin, o‘zining ongli ravishda ichki ta’sirini (o‘zini o‘ylashga va fikrlashga majbur qilish) va tashqi ta’sirini, shaxsiy o‘quv jarayonida boshqarib qo‘llay oladi» deb ta’kidlaydilar.
Ilmiy adabiyotlar tahlili va kasbiy refleksiyani o‘qituvchi pedagogik faoliyatining tarkibiy qismi va uning pedagogik mahoratini rivojlantirish asoslari sifatida qarash (15.2. - bo‘lim), shuningdek qayd qiluvchi eksperiment natijalari kasbiy refleksiyani rivojlantirish usullarini izlash zaruriyatini keltirib chiqaradi. Kasbiy pedagogik faoliyatning turli sohalari bilan shug‘ullangan olimlar tashhis (diagnostika) va tashhislash (diagnozlash) mazmuniga yanada batafsil to‘xtalganlar.
Tashhislashga, ya’ni diagnostikaga bilishning alohida usuli sifatida qarash qabul qilingan (grekchadan tarjima qilganda, diagnosis – tanib olish demakdir6). Biz pedagogik tashxislash so‘zining o‘rniga pedagogik diagnostika so‘zini ishlatishni lozim topdik.
Pedagogik diagnostika mazmun va mohiyatiga qarab ko‘plab funksiyalarni bajaradi. Jumladan:
1. Pedagogik diagnostikaning tahliliy vazifasi.
2. Pedagogik diagnostik funksiyalar.
3. Pedagogik diagnostikaning baholash vazifasi.
4. Pedagogik diagnostikaning korreksion vazifasi.
5. Pedagogik diagnostikaning orientatsion vazifasi.
Uning tahliliy vazifasi o‘quv–tarbiyaviy jarayondagi yutuq va kamchiliklarning kelib chiqish sabablari va oqibatlarini, ularning o‘zaro bog‘lanishlarini aniqlash va chora tadbirlar ishlab chiqishga qaratilgan.
Aslida diagnostik funksiya o‘quvchining ta’lim olganligi, tarbiyalanganligi va rivojlanganligini aniqlash uchun qo‘llaniladi, biroq, o‘qituvchining ham kasbiy komponentlik darajasini o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Pedagogik diagnostikaning baholash vazifasi ma’muriyat tomonidan olib borilib, alohida o‘qituvchi yoki alohida o‘quvchi faoliyatida erishgan yutuqlar va kamchiliklar yuzasidan sifat ko‘rsatkichlarni miqdor jihatdan baholaydi.
Diagnostikaning korreksion vazifasi o‘quv – tarbiyaviy jarayonni o‘qituvchining pedagogik faoliyati yuzasidan korreksiyalashni (to‘g‘ri yo‘naltirish) ta’minlaydi va o‘qituvchining kasbiy jihatdan o‘z – o‘zini rivojlantirish va pedagogik mahoratini oshirish uchun sidqidildan kirishishga faolligini ta’minlaydi.
Diagnostikaning yo‘nalishni aniqlash vazifasining maqsadi pedagogik jamoa va alohida o‘qituvchilar faoliyatida mavjud bo‘lgan muammolarni uzluksiz hal etishni muvofiqlashtirib borishdir. Pedagogik diagnostikaning orientatsion vazifasi natijalari haqida doimiy xabarlarni informatsion (axborot) vazifa ta’minlaydi.
SHu o‘rinda diagnostika (tashhis) va diagnostikalash (tashhislash) tushunchalarining farqi va qanday ma’no berishini bilish lozim. Diagnostikani soddalashtirilgan ko‘rinishda «tashhisni aniqlash»7 deb qarasak, unda diagnostikalash (tashhislash) bu jarayonning tashhisni qo‘yish metodlari yig‘indisidir. SHu bois pedagogik faoliyatning o‘ziga xos jihatlarini e’tiborga olib, uni o‘rganishda diagnostikalash (tashhislash) terminini qo‘llash o‘rinliroq ko‘rinadi. Umuman diagnostikalash terminini tashxislash deb atalsa ham maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Pedagogik tashhislash deganda pedagogik tizimni (shuningdek uning alohida tarkibiy qismlarini) tadqiq qilish metodlarining jamlanmasini tushunamiz, ulardan foydalanish samaradorligi ma’lum tashkiliy – pedagogik shart – sharoitlar bilan bog‘liq holda shakllanadi.
Pedagogik tashhislashning yaxlitligi8 uning nafaqat o‘qituvchi pedagogik faoliyatini o‘rganishning diagnostik jihatlarini, balki aniqlangan sabab va oqibatlarning bir–biri bilan o‘zaro bog‘lanishi asosida har bir o‘qituvchining pedagogik qiyinchiliklarni bartaraf etishning optimal yo‘llari va vositalarini topish imkoniyatini beradigan konstruktiv – prognostik nuqtai nazardan ta’minlaydi, o‘qituvchi pedagogik mahoratining rivojlanish istiqbollarini belgilab, uning faoliyat yuritish dinamikasini kuzatish orqali tanlangan mehnat shakllari samaradorligini baholash imkoniyatini beradi.
O‘qituvchi pedagogik faoliyatini tashhislashning turli aspektlarini o‘rganishga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqot ishlarining soni ko‘p.
Ayni paytda o‘qituvchilar uchun eng zarur hislatlarni aniqlab olish imkoniyatini beradigan, o‘qituvchilik kasbining professiogrammasi (ma’lum tizimga keltirilgan, mehnatni psixologik tomondan o‘rganib, kelgusi amaliy faoliyatda foydalanishga qaratilgan, kasbni har tomonlama batafsil yoritib beruvchi yo‘nalish) psixolog olimlar (R.Z.Gaynutdinov, M.G.Davletshin, S.Jalilova, A.Jabborov) tomonidan ishlab chiqilib amalda qo‘llanilmoqda. Olimlar o‘qituvchi professiogrammasi, muayyan fan tomonidan o‘qituvchiga qo‘yiladigan maxsus talablarni o‘z ichiga qamrab olishini, o‘qituvchi o‘zi tanlagan fan yuzasidan qanday talablar qo‘yilishini mukammal bilishini aytib, shu asosda o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil qilishni, pedagogika oliy ta’lim muassasalarida muayyan mutaxassislik bo‘yicha “O‘qituvchi professiogrammasi” ishlab chiqilishi zarurligini ta’kidlaydilar. Hozirgi kunda umumta’lim maktablari o‘qituvchilarining pedagogik faoliyatini takomillashtirish uchun ishlab chiqilgan professiogrammaga asoslanib, o‘qituvchilarni tashhislashning ushbu metodidan foydalanib kelinadi. Biroq ushbu professiogramma o‘qituvchining kun sayin o‘zgarib turuvchi jamiyat talablariga muvofiq shaxsiy dunyoqarashini, ongini, mafkurasini boyitish dinamikasini to‘liq aks ettirmaydi.
I.P.Radchenkoning fikricha, o‘qituvchining o‘zi, o‘z shaxsi haqidagi tasavvuri, ijobiy MEN – konsepsiyasini shakllantira olishi uning ijodiy faolligini rivojlantirishning kafolati sanaladi.
Kasbiy pedagogik faoliyatni tahlil qilish va o‘z–o‘zini tahlil qilishni o‘qituvchi faoliyati va refleksiv pozitsiyasi nuqtai nazaridan tuzatish va takomillashtirish maqsadida pedagogik vazifalarni hal qilishga qaratilgan pedagogik malakalar yig‘indisi sifatida qarab, A.V.Xristeva analitik malakalar tizimini analitik faoliyat tizimi bilan nisbatlaydi. U kasbiy pedagogik faoliyatni tahlil va o‘z – o‘zini tahlil qilishning quyidagi bosqichlarini ajratib ko‘rsatadi:
Mazmunli – diagnostik (tayyorlov - moslashuv) bosqich;
Maqsadli loyihalashtirish (tahlil va o‘z–o‘zini tahlil qilishdan maqsadni aniqlashtirish) bosqichi;
Texnologik (kasbiy pedagogik faoliyatjarayonini va o‘z–o‘zini tahlil qilish) bosqich;
Tahlil va o‘z–o‘zini tahlil qilishning nazariy (pedagogikfaoliyatning mohiyati, natijalari bilan pedagogik faoliyatjarayoni o‘rtasidagi aloqalarining sabab va oqibatlarini nazariy anglash) bosqichi;
Faoliyatni refleksiv baholash (faoliyatni baholash va refleksiv tahlil) bosqichi;
Korreksiyalash (ijodiy bosqich bo‘lib o‘z pedagogik faoliyatini nazariy jihatdan anglash va baholash asosida takomillashtirish va hamkasblarining samarali pedagogik tajribalaridan ijodiyfoydalanish yo‘llari va usullari belgilanadi) bosqichi.
Muallif taklif qilgan analitik faoliyat algoritmi interiorizatsiya (tashqi omillarning ichki omillarga o‘tishi) jarayonida tashqi faoliyatning ichki faoliyatga o‘tish mexanizmi qanday rivojlanishi, ichkisi esa, o‘z navbatida, tashqi faoliyat orqali o‘z–o‘zini o‘zgartirishini (uning davomida o‘qituvchilar kasbiy refleksiyasining rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan analitik darajasi o‘zgaradi) tushunishimkoniyatini beradi.
N.A.Evert, A.I.Sosnovskiy, S.N.Kuliev pedagogik mahorat tizimidan uchta asosiy: estetik (axloqiy), ijtimoiy–psixologik va texnologik kabi tarkibiy qismlarni ajratib, o‘qituvchi pedagogik mahoratining diagnostik dasturini ishlab chiqishadi va quyidagi bloklarni farqlaydilar:
- yuksak ma’naviy barkamollik;
- o‘qituvchining individual – psixologik xususiyatlari;
- hamkasblari bilan pedagogikhamkorlik;
- pedagogiktexnikani o‘zlashtirish;
- shaxsiy kasbiy xususiyatlari;
- ijobiy natijalarga oson erishish.
O‘qituvchining ijtimoiy–psixologik shakllanishida o‘z ustida ishlashi murakkab tizimga ega. Bunda o‘qituvchi ekstensiv, taxminiy, metodologik, kommunikativ, psixologik hamkorlikda ijodkorlik vazifalarini bajaradi. Diagnostik dasturda o‘qituvchi kasbiy tayyorgarlik jarayonida tadqiqotchilik, mohirlik, reproduktiv (xotirada saqlash), rasmiy – ijrochilik kabi faoliyat bo‘yicha muntazam ish olib boradi. Ushbu faoliyat dasturlari ayniqsa, yosh o‘qituvchilarning pedagogik faoliyatida duch keladigan ijtimoiy munosabat, sinfdan qo‘rqish, o‘quvchilar bilan o‘zaro munosabatda ziddiyat hosil bo‘lishi kabi psixologik to‘siqlarni engishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Xulosa Nutq samaradorligiga salbiy ta'sir etadigan holatlar.
O'qituvchi nutqi samaradorligi uning to'g'ri tashkil etilishiga bog'liqdir. Ayrim holatlar nutq ta'sirchanligiga salbiy ta'sir etadi.
O'qituvchi hikoyasi davomida bir xil so'zlardan tez-tez foydalanishi nutqning noto'g'ri tuzilganligidan darak beradi. Bunday holat ko'pincha dialoglarni bayon etishda uchraydi. Masalan, «dedi», «aytdi» kabi kesimlardan tez-tez foydalanish holatlari uchraydi. Bu so'zlar o'rniga «fikr bildirdi», «ma'lum qildi», «aytdi», «so'radi», «javob berdi» kabi tarzdagi sinonimlardan foydalanish nutqni boyitadi va ta'sirchanligini oshiradi.
Rivojlangan pedagogik refleksiyasiz, o‘qituvchi doimiy tahlil va o‘z – o‘zini tahlilsiz amaliy va nazariy pedagogik faoliyatda yuzaga keladigan muammolarni va ziddiyatlarni chuqur anglashi, ularni doimiy tahlil qilishning yo‘llarini to‘g‘ri tanlashi, olingan natijalarni tanqidiy baholashi va ularni korreksiyalashi mumkin emas.
G.M.Kodjaspirova pedagogik refleksiyani insonning o‘z-o‘zini anglashi deb, bunda «nafaqat o‘qituvchi o‘z hatti–harakatlariga to‘g‘ri baho berishi, balki, o‘qituvchi bilan pedagogik muloqot chog‘ida o‘zaro hamkorlik qiladigan o‘quvchilar jamoasi, pedagogik jamoa, ta’lim-tarbiyaga mas’ul shaxslar va ota-onalar uni qanday qabul qilishini tushuna olish qobiliyati hamdir» deb ta’riflaydi. Demak, refleksiya – o‘qituvchining o‘z-o‘zini anglashi o‘zining kamchiligi va zaif tomonlarini bilib o‘z-o‘zini takomillashtirishga intilishi, o‘z tarbiyalanuvchilarining hamda o‘z – o‘zini takomillashtirishga zarur shart-sharoitlar yaratishi uchun mavjud ichki imkoniyatlarini kashf etishidir.
Kasbiy pedagogik faoliyatni tahlil qilish va o‘z–o‘zini tahlil qilishni o‘qituvchi faoliyati va refleksiv pozitsiyasi nuqtai nazaridan tuzatish va takomillashtirish maqsadida pedagogik vazifalarni hal qilishga qaratilgan pedagogik malakalar yig‘indisi sifatida qarab, A.V.Xristeva analitik malakalar tizimini analitik faoliyat tizimi bilan nisbatlaydi. U kasbiy pedagogik faoliyatni tahlil va o‘z – o‘zini tahlil qilishning quyidagi bosqichlarini ajratib ko‘rsatadi: