Hozirgi kunda o’qituvchi nutq texnikasi va notiqlik madaniyatini takomillashtirish muammolari


-Mavzu: O’qituvchining tarbiya texnologiyalari asosida pedagogik mahoratini oshirib borishi



Yüklə 169 Kb.
səhifə8/14
tarix20.09.2023
ölçüsü169 Kb.
#145385
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
ped maxorat mustaqil ish

3-Mavzu: O’qituvchining tarbiya texnologiyalari asosida pedagogik mahoratini oshirib borishi.
Reja:

  1. Tarbiya texnologiyalarini qo‘llashda pedagogik mahoratni o‘rni

  2. Tarbiya texnologiyalarinining asosiy tarkibiy qismlari

Pedagogik mahoratni egallashda nazariy va amaliy kasbga oid bilimlarni egallash, pedagogik jamoa bilan doimiy muloqotda bo‘lish ijobiy natijalar beradi. Binobarin, bunday muhitda o‘zaro fikr almashish, shaxsiy mulohazalarni boshqalar tomonidan bildirilayotgan qarashlar bilan taqqoslab, ularning to‘g‘riligi, haqqoniyligiga ishonch hosil qilish, mavjud bilimlarni yanada boyitish, xato yoki kamchiliklarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish yo‘llarini topish imkoniyati mavjud.
Buyuk nemis pedagogi Adolf Disterverg o‘qituvchi - tarbiyachining doimiy fanlarni mutolaa qilish bilan shug‘ullanishi haqida gapirib, shunday degan edi: “Tarbiyachi muntazam ravishda fan bilan shug‘ullanmog‘i lozim. Aks holda u qurigan daraxt va toshga o‘xshab qoladi. Qurigan daraxt va tosh meva bera olmaganidek, kelajakda bunday tarbiyachidan hech qanday natija kutib bo‘lmaydi”.
Hozirgi zamon fan va texnikasi jadal sur’atda rivojlanayotgan, zamonaviy axborot texnologiyalarining salmog‘i keskin oshayotgan bir davrda tarbiyachi pedagogik mahoratini takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Agar, ta’lim-tarbiyanning biror sohasida ro‘y berayotgan yirik kashfiyot qariyb o‘n besh yillik samarali va kishi zo‘rg‘a ishonadigan voqea hisoblangan bo‘lsa, hozir har yili, hatto har oyda fan, texnika sohasida yangi kashfiyotlar yaratilmoqda, bilimlarning ilgari noma’lum bo‘lgan yangi yo‘nalishlari maydonga kelmoqda. Kishilarda bilimga bo‘lgan intilish beqiyos darajada o‘sib borayotir. Shuning uchun hozir kunda tarbiyachi faqat o‘z fani bo‘yicha emas, balki o‘z faniga yaqin bo‘lgan sohalardagi yangiliklarni bilishi talab etiladi.
Darhaqiqat, tarbiyachining obro‘-e’tiborini ta’minlaydigan ilk vosita uning tarbiyalanganlik darajasidir. Birinchidan, tarbiyachi ma’naviy jihatdan sog‘lom va keng fikrlay oladigan bo‘lishi, o‘z milliy qadriyatlari, urf-odatlari va millatimizning buyuk siymolari ijodiy merosini teran bilishlari kerak. Ayniqsa, o‘zi tanlagan mutaxassislik sohasida izlanishlar olib borgan allomalarning hayoti va ijodini yaxshi bilishi hamda mantiqiy tafakkurga ega bo‘lishi lozim. Bu tarbiyachi pedagogik mahoratining shakllanib borishida muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, milliy an’analarimiz, urf–odatlarimiz, qadriyatlarimiz asosida davlatimizning buyuk kelajagi bo‘lmish yosh avlodni barkamol bo‘lishiga tarbiyachidan yuksak qobiliyatni va ishchanlikni talab qiladi.
Tarbiyachilik kasbining shakllanishi davomida pedagogik mahorati tako­millashib boradi. U turli psixologik xususiyatlarga ega bo‘lgan tarbiyalanuvchilar bi­lan ta’lim-tarbiyaviy faoliyat olib boradi,turli ziddiyatlarga duch keladi. Bu o‘z navbatida uni tinimsiz ijod qilishga, tarbiyaning har xil vosita va usul­larini topib, mohirona qo‘llashga majbur etadi. Tarbiya natijasida bel­gilangan maqsadga erishish uchun tarbiyachilar yillar davomida yig‘ilgan tajriba va malakalariga tayanib ishlaydi.Tarbiyachining nazariy hamda amaliy fa­oli­yatida erishadigan barcha yutuqlari va ijobiy natijalari uning pedagogik mahoratini namoyon etuvchi asosiy vositalar hisoblanadi. Tarbiyachilar pedagogik mahoratning tarkibiy qismlarini bilishi, uning cheksiz im­koniyatlaridan foydalanishi lozim. Quyida keltirilayotgan tarbiya texnologiyalarinining asosiy tarkibiy qismlari milliy an’ana va urf-odatlarimizdan kelib chiqib, hozirgi global rivojlanish davrida yanada to‘ldirib borilishi mumkin.
1. Nutq malakasi va texnikasini o‘zlashtirish.
2. Tushunarli, ta’sirchan fikr va his-tuyg‘ularni so‘zda aniq ifodalash.
3. Mimik va pantomimik harakatlardan o‘z o‘rnida foydalanish.
4. Ma’noli va ochiq chehrali nigoh bilan qarash.
5. Hissiy psixik va tasodifiy holatlarda o‘z his-tuyg‘ularini jilovlay olish.
6. Turli vaziyatlarda tarbiyachiga xos bo‘lgan ijodiy kayfiyatni bosh­qarish.
7. Kulgi va tabassumda samimiylikni e’tirof etish.
8. Tarbiyalanuvchilar bilan doimo yaxshi kayfiyat va rag‘batlantiruvchi muno­sabatda bo‘lish.
9. Savodli va sof adabiy tilda so‘zlash.
10. Aniq imo-ishoralarni o‘z o‘rnida ishlata olish.
11. Ijodiy pedagogik qobiliyatini qo‘llay bilish.
12. Muosharat odobiga doimo rioya qilish.
Pedagogik mahorat – yuksak pedagogik tafakkur, ta’lim-tarbiya jarayoniga ongli, ijodiy yondashuv, metodik bilimlarni samarali qo‘llay olish qobiliyati bo‘lib, u doimiy ravishda pedagogik bilimlarni oshirib borish, o‘tmish qadri­yatlari, O‘rta Osiyo mutafakkirlari ijodiy merosida yoritilgan murab­biy­lar­ni tayyorlash to‘g‘risidagi ma’lumotlar hamda zamonaviy axborot texnologiya­lari, portal yangiliklaridan xabardor bo‘lish, ilg‘or xorijiy davlatlarning tarbiyachilar tayyorlash texnologiyalarini nazariy jihatdan o‘rganish jarayoni­da tarkib topadi. Yosh tarbiyachilarning shuningdek, ta’lim muassasasida bir necha yillik mehnat stajiga ega bo‘lgan tarbiyachilarning pedagogik mahoratga ega bo‘lishlari o‘zlarini kasbiy jihatdan takomillashtirib borish yo‘lida bir qator shartlarga amal qilishi hisobiga rivojlanib boradi. Ularni quyidagi vositalar asosida rivojlantirish mumkin:

    1. Mustaqil o‘qib-o‘rganish (pedagogika fanida ro‘y berayotgan eng so‘nggi yangiliklar haqida ma’lumotlarni beruvchi yangi adabiyotlar, Internet materiallari, portal, vaqtli matbuot sahifalarida chop etilayotgan ma’lumotlar, shuningdek, ilg‘or texnologiyalar bilan tanishib borish, ularda ilgari surilayotgan g‘oyalarni umumlashtirish, xulosalash asosida mustaqil loyihalarni tayyorlash). 2.Tajribali ustoz tarbiyachilar faoliyatini o‘rganish (ta’lim muassasasidan chetga chiqmagan holda tashkil etilib, vaqt va iqtisodiy nuqtai nazardan samarali sanaladi. Tajribali tarbiyachilar faoliyatini o‘rganish, ular tomonidan tashkil etilayotgan mashg‘ulotlarni kuzatish, tahlil qilish asosida amalga oshiriladi. Bu borada olingan taassurotlarni umumlashtirish asosida xulosa chiqarish maqsadga muvofiqdir).

3.Tarbiyachi xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslari va institutlarida kasbiy malaka va ko‘nikmalarini oshirish.
4.Doimiy ravishda ilmiy anjumanlar (nazariy va amaliy konferensiya hamda seminarlar, pedagogik o‘qish hamda treninglar) da faol ishtirok etish.
5.Respublika hamda rivojlangan xorijiy mamlakatlarning yetakchi ta’lim muassasalarida o‘z tajribalarini oshirish, kasbi bo‘yicha eng so‘nggi ma’lumotlarni o‘rganish.

Yüklə 169 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin