Hozirgi kunda o’qituvchi nutq texnikasi va notiqlik madaniyatini takomillashtirish muammolari


-Mavzu: O’qituvchining kasbiy pedagogik refleksiya asosida o’z pedagogik mahorati imkoniyatlarini takomillashtirishi



Yüklə 169 Kb.
səhifə10/14
tarix20.09.2023
ölçüsü169 Kb.
#145385
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
ped maxorat mustaqil ish

5-Mavzu: O’qituvchining kasbiy pedagogik refleksiya asosida o’z pedagogik mahorati imkoniyatlarini takomillashtirishi.


REJA:
  1. Kasbiy refleksiya va pedagogik faoliyat.

  2. O‘qituvchining kasbiy mahoratini rivojlantirishda pedagogik refleksiyaning ahamiyati


  3. Pedagogik tashxislash asosida o‘qituvchining kasbiy rivojlanishini ta’minlash usullari

Refleksiya (lot. «reflexsio» - orqaga qaytish) – «har tomonlama barkamol rivojlangan insonning o‘z hatti – harakatlari va ularning qonuniyatlarini anglashga qaratilgan nazariy faoliyat shaklidir; inson ma’naviy dunyosining o‘ziga xos yashirin hislatlarini ochib beradigan o‘z–o‘zini bilishga va anglashga qaratilgan faoliyatdir» .1
Ilk bor refleksiya tushunchasi qadimgi Yunon falsafasida yuzaga kelgan va insonning o‘z ongida kechayotgan mulohazalari haqida o‘zi fikr yuritishi jarayoni, o‘z fikrlari mazmunini tahlil qilishga e’tiborini jalb qilishni anglatgan (Dekart). Sokrat, Platon, Lokk va boshqa Yunon faylasuflari refleksiyani insonning o‘z – o‘zini bilishga, nimalarga qodir ekanligini e’tirof etishga qaratilgan faoliyati ekanligini ta’kidlashadi. Kant, Gegel, Fixte, Shelling kabi evropa faylasuflari esa refleksiyaga insonning bilish qobiliyatlarini rivojlantirish asosi sifatida qarashganlar. Leybnits konsepsiyasiga muvofiq refleksiya insonning appersepsiyaga (idrokning inson o‘tmishidagi tajribasiga va individual xususiyatlariga bog‘liqligi) qodirlik xususiyati sifatida tilga olinadi.2
Refleksiv qobiliyat o‘qituvchiga pedagogik bilimlarni o‘zlashtirish va amaliyotda undan foydalanish jarayonida muhim ahamiyatga ega. «Bu holda, - deb yozadi YU.N.Kulyutkin, - o‘qituvchi o‘zining pedagogik mahoratidan foydalanib amaliy qarorlarni ishlab chiqishi va qabul qilishi jarayonlarini» refleksiya predmetiga aylantirishi lozim. «Buning uchun esa o‘qituvchida bu jarayonlarni tahlil qilishning tegishli tafakkur usullari shakllangan bo‘lishi kerak».
Rivojlangan pedagogik refleksiyasiz, o‘qituvchi doimiy tahlil va o‘z – o‘zini tahlilsiz amaliy va nazariy pedagogik faoliyatda yuzaga keladigan muammolarni va ziddiyatlarni chuqur anglashi, ularni doimiy tahlil qilishning yo‘llarini to‘g‘ri tanlashi, olingan natijalarni tanqidiy baholashi va ularni korreksiyalashi mumkin emas.

Yüklə 169 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin