Хорижий филология.
№2, 2017 йил
71
SHARQ MUMTOZ ADABIYOTI SHOIRLARI IJODIDA JONLANTIRISH VA
TASHXIS SAN‟ATI
(X-XII asrlar fors-tojik shoirlari ijodiyoti misolida)
Qayumov Nodir,
Samarqand davlat universiteti o„qituvchisi
Tayanch so‘zlar
: tashxis, jonlantirish, san‟at, shakl, mazmun, poeziya, qasida, musammat,
poetikа
.
Jonlantirish va tashxis san‘ati dunyo
xalqlari, mumtoz va yangi adabiyotning
poetikasida eng ko‗p murojaat etilgan
badiiy
san‘atlardan hisoblanadi. Mazkur maqolada
jahon va fors-tojik adabiyotshunoslari va
mumtoz
adabiyotshunoslik
vakillarining
ilmiy-nazariy
qarashlari asosida mazkur
san‘atning tarixiy negizlari, uning poeziyada
tutgan salmoqli o‗rni, poetik funksiyasi,
boshqa badiiy san‘atlardan farqli jihatlari,
lafziy va ma‘naviy san‘atlar bilan tipologik
xususiyatlarini yoritishga harakat qilamiz.
Adabiyot nazariyasi va boshqa ilmiy
risolalarda jonlantirish va tashxis san‘ati
to‗g‗risida olimlarning
bir-biridan farq
qiladigan fikr va aqidalari bayon etilgan.
Mazkur tadqiqotlarda
tashxis va jonlantirish
san‘ati badiiy adabiyotda biron-bir jonsiz,
mavhum buyum va unsurga jon berish,
tabiatdagi voqea va hodisalarga ruh berib
ularni inson qiyofasiga kirgizish, turli hayvon
va jonzotlarga inson tili va harakatini berish
orqali yuksak badiiy obrazlarni yaratish
tarzida namoyon bo‗ladi. Shoir jonlantirish va
tashxis san‘ati
vositasida jonsiz tabiat
unsurlarini jonlantirib, ularga inson siymosi
va harakatlarini, uning xulqu atvorini,
xarkterini tatbiq etadi. Mumtoz adabiyotda
jonlantirish va tashxis san‘ati yordamida
ko‗plab o‗ziga xos go‗zal
va badiiy obrazlar
vujudga kelgan. Jumladan, sarv daraxtining
harakatlanishi, lola gulining tabassum etishi,
bulutning g‗amgin shaxs kabi yig‗lashi,
yulduzning kiprik qoqishi, kelinchak libosida
bahorning kirib kelishi jonlantirish va tashxis
san‘atining badiiy imkoniyatlar hisobidan
yaratilgan. Shoir tashxis va jonlantirish
san‘ati orqali insoniyat tasavvur qila
olmaydigan noma‘lum va noayon narsalarni
ham g‗oyatda go‗zal va aniq qilib tasvirlay
oladi, ularga jon ato etib o‗zining ichki xis-
tuyg‗u va hissiyotlarini mazkur obrazlar
orqali bayon etadi. Masalan: aql va bilim,
adolat, zulmu istibdod va boshqa ko‗zga
ko‗rinmaydigan
jismlar-mafhumlar-
tushunchalar jonlantirish orqali ma‘lum bir
obrazga aylanadi va
insoniy fazilatlar tufayli
harakatlanadi.
Adolatning
tirilishi,
yaxshilikning jasur pahlavon qiyofasiga
kirishi, Ahuramazda (Yaxshilik) kuchlarining
Ahriman (Yоmonlik) kuchlari bilan jang
qilishi, zulm va sitamning o‗lishi, fitnaning
uxlagan shaxsdek xomush bo‗lishi, fikrning
tug‗ilishi va aqlning hukmronlik qilishi
tashxis va jonlantirish san‘atining badiiy
imkoniyatlaridan darak beradi. Fors-tojik
mumtoz shoirlari jonlantirish va tashxis
san‘atidan
badiiy
so‗zning
qimmatini
oshirishda, noan‘anaviy obrazlar yaratishda
foydalanganlar
[ 4:102].
Mumtoz adabiyotning X-XII asrlarda
shakl, janr, mavzu, badiiy obrazlar hisobidan
rivojlanishi barobarida adabiyotda badiiy
san‘atlarning o‗rni yuksalib bordi.
Shoirlar
o‗zlarining she‘rida badiiy so‗z quvvatini
namoyon qilish, bayon etilayotgan mavzuni
chiroyli va ko‗rkam qilib tasvirlashda badiiy
san‘atlardan foydalanganlar. Mazkur davrning
she‘riyati va tasvirlar uslubiyotida badiiy so‗z
namunalaridan, asosan, tashbih, tashxis,
istiora, mubolag‗a, savol-javob, tazod, tarse‘,
majoz va kinoya va boshqa so‗z san‘atlarini
uchratamiz.
Jonlantirish va tashxis san‘ati X-XII
asrlar fors-tojik mumtoz shoirlari ijodida,
asosan,
tabiat
manzaralarini
tasvirlash
jarayonida, sharob va mayga bag‗ishlab
bitilgan
qasidalarda
va
boshqa
tabiiy
hodisalarni tasvirlashda ishlatilgan.
Mazkur
davr shoirlari ijodiyotida tabiat manzaralarini