Sharq mumtoz adabiyoti shoirlari ijodida jonlantirish va



Yüklə 98,05 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix27.12.2023
ölçüsü98,05 Kb.
#199963
1   2   3   4   5   6
Qayumov

Хорижий филология.
№2, 2017 йил
 
73 
mohirlik bilan she‘rga soladi va asl mavzu 
uzum shirasini tortib olish, uni xumga solib 
tayyorlash jarayonini o‗quvchi ko‗zidan 
pinhon qilib, ona va bolaning ayanchli 
taqdiriga diqqatni qaratadi. Shunday qilib, asl 
mavzu ko‗zdan yiroqda qolib faqat uning 
obrazi namoyon bo‗ladi. Insonning ayanchli 
fojiasi shunday mohirlik bilan tasvirlanadiki 
unda o‗quvchi tasvir ob‘yektini unutib inson 
taqdirining mahzun lahzalarini yodga oladi va 
g‗amga cho‗madi. Masalan :
Modari mayro bikard boyad qurbon, 
Bachchai o„ro giriftu kard ba zindon. 
Bachchai o„ro az-o„ girift nodoni, 
To-sh nako„bi naxustu z-o„ nakashi jon

5:25]. 
 Tarjimasi:May 
onasini 
qurbon 
aylamak lozim, uning bolasini qo„lidan olib 
hibs qilmoq kerak. Onaning bolasini oldi 
nodonlik, to uni urib o„ldirmas ekan u jon 
uzmagaydir. 
Yuqoridagi baytlarda zolim bog‗bon 
uzum donalarini mehribon ona bag‗ridan 
uzib, ularni xumga (zindon) tashlaydi va 
ularni nobud qilishga harakat qiladi. Keyingi 
baytlarda shoir uzum bolasining kamol topish 
jarayoni, uni zindonga tushish va shahid 
bo‗lish voqealarini yuksak mahorat va 
badiiyat ila jonlantirish san‘ati asosida 
tasvirlaydi: 
Chuz ki naboshad halol bikardan,
Bachchai ko„chak zi shiri modari 
piston. 
To naxo„rad shir haft moh ba tamomi, 
Az sari urdibihisht to buni obon. 
On gah shoyad zi ro„i dinu rahi dod, 
Bachcha ba zindoni tangu modar – 
qurbon. 
Chun bisupori ba habs bachchai o„ro, 
Haft shaboro„z xira monadu hayron. 
Boz chu oyad ba xushu hol bubinad, 
Jo„sh barorad, binolad az dili so„zon

5:25].
 
Tarjimasi:Bolaning 
ona 
sutiga 
to„ymasdan ayirish gunohdir. Bola yetti oy 
davomida oziqlanib, so„ng uni qamoqqa 
solish adolatdan bo„ladi May onasini qurbon 
aylamak lozim, uning bolasini qo„lidan olib 
hibs qilmoq kerak. Bolani onadan ayirib, 
zindonga solgandan keyin, u yetti kun 
davomida lolu xayron, goh o„zidan ketib, goh
xushiga kelib taqdirning zarbasidan noliydi. 
Zindonning 
yettichi 
oyida 
bola 
mast 
nortuyaga o„xshab og„zidan kafk chiqarib, 
shaytoniy xislatlarni vujudga keltiradi.
Nazariy poetikada voqea yoki badiiy 
obrazni biron badiiy obraz yo tasvir bilan 
qiyosiy 
tasvirlanayotgan 
vaqtda qiyosiy 
tasvirlanayotgan obraz yorqinroq, va yuksak 
badiiy ahamiyatga molik bo‗lmog‗i lozim. 
Nazariy poetikaning ushbu talaboti tufayli, 
―ona va bola‖ obrazi asl tasvir-sharob 
tayyorlash jarayonidan ustunlikka erishadi, 
hatto mazkur jarayonni o‗quvchining yodidan 
chiqarib 
ta‘sirchan tasvirlaydi. Keyingi 
baytlarda uzum bolasini «hibs»-ga olish, 
undan iste‘mol qilish jarayonlari mohirlik 
bilan tasvir etilgan. Rudakiyning mazkur 
qasidasida dehqon yoki bog‗bon atamalari 
«xasis erkak» ta‘biri tarzida ishlatilgan. 
Mazkur masnaviyda jonlantirish san‘atining 
boshqa shu turdagi san‘atlardan farqi ham 
shunda. Shuningdek, mazmun shoirning 
tilidan naql qilinib uzum yo uning juvonmarg 
farzandi o‗z tilidan gapirmaydi. Rudakiy 
«Modari may» qasidasining nasib qismida 
tashxis va jonlantirish san‘ati qatorida tashbih 
san‘atidan ustuvorlik bilan foydalanib, 
jarayonni 
badiiy 
jihatdan 
yuksakoq 
ifodalaydi. She‘rda keltirgan tashbihlardan 
―mast nortuya‖, ―qizil yoqut‖,―qizil gul‖, 
―mushk‖, ―quyosh chashmasi‖ va boshqalarni 
misol keltirishimiz mumkin. Rudakiy o‗zining 
21 baytlik she‘rida uzumning pishishi, uning 
uzib olinishidan tortib undan may tayyorlash 
jarayoni sifatlarini badiiy san‘atlar, xususan, 
tashxis 
va 
jonlantirish 
san‘ati asosida 
tasvirlab, ajoyib manzaralarga boy badiiy 
san‘at namunasini ijod etgan.
X-XII asrlar shoirlari ijodida may 
tayyorlash jarayoni va uni tavsiflash ajoyib 
an‘anaga 
aylangan.Ustoz 
Rudakiyning 
―Modari may‖ qasidasidan keyin somoniylar 
davri 
adabiyotining 
ko‗zga 
ko‗ringan 
vakillaridan 
Bashshori 
Marvaz
iy 
may 
tayyorlash jarayoniga e‘tibor qaratgan holda, 
tashxis 
va 
jonlantirish 
san‘ati asosida 
noan‘anaviy badiiy timsollar yaratishga 



Yüklə 98,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin