5
I BOB. AXBOROT XAVFSIZLIGI ASOSLARI
1.1§ Axborot xavfsizligi va axborotni muhofaza qilishning asosiy
tushunchalari va maqsadi
Hozirgi kunda milliy axborot resurslari xar bir davlatning iqtisodiy va xarbiy
salohiyatini tashkil qiluvchi omillaridan biri bo‘lib xizmat qilmoqda.
Ushbu
resursdan
samarali
foydalanish
mamlakat
xavfsizligini
va
demokratik
axborotlashgan jamiyatni muvaffaqiyatli shakllantirishni ta’minlaydi. Bunday
jamiyatda axborot almashuvi tezligi yuksaladi, axborotlarni yig‘ish, saqlash, qayta
ishlash va ulardan foydalanish bo‘yicha ilg‘or axborot –
kommunikatsiya
texnologiyalarini qo‘llash sohalari ham o‘z o‘zidan kengayadi.
Axborotning muhimlik darajasi qadim zamonlardan ma’lum. Shuning uchun
ham qadimda axborotni himoyalash uchun turli xil usullar qo‘llanilgan.
Ulardan
biri – sirli yozuvdir. Undagi xabarni, xabar yuborilgan
manzil egasidan boshqa
shaxs o‘qiy
olmagan. Asrlar davomida bu san’at – sirli yozuv jamiyatning yuqori
tabaqalari, davlatning elchixona rezidentsiyalari va razvedka missiyalaridan
tashqariga chiqmagan. Faqat bir necha o‘n yillar
oldin hamma narsa tubdan
o‘zgardi, ya’ni axborot o‘z qiymatiga ega bo‘ldi va keng tarqaladigan mahsulotga
aylandi. Uni endilikda ishlab chiqaradilar, saqlaydilar, uzatadilar, sotadilar va sotib
oladilar. Bulardan tashqari uni o‘g‘irlaydilar, buzib talqin etadilar va
soxtalashtiradilar. Shunday qilib, axborotni himoyalash zaruriyati tug‘iladi.
Turli xildagi axborotlar hududiy joylashishidan qat’iy nazar bizning kundalik
hayotimizga Internet xalqaro tarmog‘i orqali kirib kеlmoqda.
Axborotlar
dunyosiga sayohat qilishda davlat chеgaralari dеgan tushuncha yo‘qolib bormoqda.
Jahon kompyutеr tarmog‘i davlat boshqaruvini tubdan o‘zgartirmoqda, ya’ni
davlat axborotlarning tarqalishi mеxanizmini boshqara olmay qolmoqda. Shuning
uchun ham mavjud
axborotlarga noqonuniy kirish, ulardan foydalanish va
yo‘qotish kabi muammolar dolzarb bo‘lib qoldi.
Bundan davlatning axborot
xavfsizligini ta’minlash muammosi milliy xavfsizlikni ta’minlashning asosiy va
6
ajralmas qismi bo‘lib, axborot himoyasi esa davlatning
birlamchi masalalariga
aylanmoqda.
Dostları ilə paylaş: