128
identifikatsion fizik manzil (MAC-adres)larini tarmoqqa ruxsat etilgan uskunalar
ro‘yxatiga qo‘shib qo‘yish va ushbu turdagi filtrlashni marshrutizator sozlamasidan
yoki dasturiy ta’minotdan aktivlashtirib qo‘yishdir. Bunda tarmoqqa ulangan
uskuna fizik manzili ro‘yxatda bo‘lmasa, SSID va kalit so‘z to‘g‘ri kiritilsa ham,
mazkur uskuna tarmoqqa ulana olmaydi.
4. Marshrutizatorga ulanish. Qo‘shimcha tarzda marshrutizatorga ulanish
standart kalit so‘zini o‘zgartirish lozim. Wi-Fi ulanish metodlarini uskuna
imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda oxirgi versiyasiga o‘zgartirish (masalan
WPA2) hamda, WPS ulanish rejimini o‘chirib qo‘yish kerak. Chunki WPS
rejimidagi ulanishlarni buzish xavfi yuqori hisoblanadi. Marshrutizatorning fizik
joylashishiga ham e’tibor qaratish lozim va iloji boricha jismoniy himoyalangan
joylarga o‘rnatish tavsiya qilinadi.
5. Monitoring.Tarmoqni har doim nazorat qilib borish zarur. Ulangan
foydalanuvchilar, o‘rnatilgan sozlamalar (kalit so‘zlar, filtrlovchi ro‘yxatlar va b.)
hamisha tarmoq administratori nazoratida bo‘lishi kerak. Qo‘shimcha dasturiy
vositalar orqali real vaqtda tarmoqqa ulanuvchilarning nazoratini ham o‘rnatish
mumkin. Bundan tashqari marshrutizatorning turiga qarab mavjud qo‘shimcha
sozlamalarni o‘rnatish, masalan tarmoqlararo ekranni aktivlashtirish maqsadga
muvofiq. Bu sozlamalar ham tarmoq xavfsizligini oshiradi.
Dostları ilə paylaş: