Server va ishchi stansiyaning tushunchasi



Yüklə 243,5 Kb.
səhifə1/4
tarix01.01.2022
ölçüsü243,5 Kb.
#50712
  1   2   3   4
Server va ishchi stansiyaning tushunchasi



SERVER VA ISHCHI STANSIYANING TUSHUNCHASI

Reja:

  1. Server

  2. Ishchi stansiya

  3. Ethernet tarmog‘i

Server - tarmoqqa ulangan va undan foydalanuvchilarga ma’lum xizmatlar ko’rsatuvchi kompyuter.

Serverlar ma’lumotlarni saqlashi, ma’lumotlar bazasini boshqarishi, masalalarni masofadan qayta ishlashi, masalalarni bosib chiqarishi va boshqa bir qator vazifalarni bajarishi mumkin.

Ishchi stansiya - tarmoqqa ulangan shaxsiy kompyuter, foydalanuvchi shu orqali axborot resurslariga kirib boradi.

Tarmoqning ishchi stansiyasi ham tarmoq, ham lokal rejimida ishlaydi. U shaxsiy operatsion tizim (MS-DOS, Windows va hokazo) bilan ta’minlangan amaliy vazifalarni hal etish uchun foydalanuvchini barcha zarur vositalar bilan ta’minlaydi. Server turlaridan biri - fayl-serverga (File Server) alohida e’tibor berish kerak.

Fayl-server tarmoqdan foydalanuvchilarning ma’lumotlarini saqlaydi va ularning ushbu ma’lumotlarga kirishini ta’minlaydi. Bu kompyuter katta hajmdagi tezkor xotiraga, katta hajmdagi qattiq diskka ega.

U maxsus operatsion tizim boshqaruvi ostida ishlaydi.

Fayl-server quyidagi vazifalarni bajaradi: ma’lumotlarni saqlash, ma’lumotlarni arxivlash, ma’lumotlar o’zgarishini sinxronlash, ma’lumotlarni uzatish.

Ko’pgina vazifalarni bajarishda bitta fayl-serverdan foydalanish kamlik qiladi. Bu paytda tarmoqqa bir qancha fayl-serverlar qo’shilishi mumkin.

Tarmoqdagi qurilmalarning o’zaro aloqasini boshqarish

Axborot tizimlari kompyuter tarmoqlari bazasida yaratilgan, u quyidagi vazifalar yechimini hal etadi: ma’lumotlarni saqlash, qayta ishlash, foydalanuvchining ularga kirishini ta’minlash va ma’lumotlarni qayta ishlash natijasini uzatish.

Markazlashgan qayta ishlash tizimida bu vazifalarni markaziy EHM (Mainframe, Host) bajaradi. Kompyuter tarmoqlari ma’lumotlarni qayta taqsimlab, qayta ishlashni amalga oshiradi. Bu holatda ma’lumotlarni qayta ishlash ikki ob’ekt: mijoz va server o’rtasida taqsimlanadi.

Mijoz (kliyent) - vazifa, ishchi stansiya yoki kompyuter tarmog’idan foydalanuvchi.

Mijoz ma’lumotlarni qayta ishlash jarayonida qiyin ishlarni bajarishi, faylni o’qishi, ma’lumotlar bazasida axborot izlash uchun serverga so’rov jo’natishi mumkin.

Ilgaritdan belgilangan server mijozdan tushgan so’rovni bajaradi. Server hamma foydalanadigan ma’lumotlarni saqlaydi ushbu ma’lumotlarga kirishni tashkil etadi va mijozga ma’lumotlarni beradi.

Mijoz olingan ma’lumotlarni qayta ishlaydi va qayta ishlangan natijalarni foydalanuvchiga qulay ko’rinishda taqdim etadi. Bunday tizimlar uchun mijoz-server yoki mijoz-server arxitekturasi atamasi qabul qilingan.

Mijoz-server arxitekturasidan bir darajali lokal hisoblash tarmog’ida, shuningdek ajratilgan serverli tarmoqda foydalanish mumkin.

Bir darajali tarmoq. Bunday tarmoqda ishchi stansiyalar o’zaro ta’sirini boshqarishning yagona markazi yo’q va ma’lumotlarni saqlash uchun yagona qurilma mavjud emas.

Tarmoq operatsion tizimi barcha ishchi stansiyalar bo’yicha tarqalgan. Har bir tarmoq stansiyasi ham mijoz, ham server vazifasini bajarishi mumkin. U boshqa ishchi stansiyalaridan olingan so’rovlarga xizmat ko’rsatishi va o’z so’rovlarini tarmoqqa jo’natishi mumkin. Bir darajali tarmoqning afzalligi: narxi arzon va o’ta ishonchli.

Bir darajali tarmoqning kamchiligi:


  • Tarmoq ish samaradorligining stansiyalar soniga bog’liqligi;

  • tarmoqni boshqarish murakkabligi;

  • axborotni himoyalash qiyinligi;

  • stansiyalar dasturiy ta’minotini yangilash va o’zgartirishning qiyinligi.

Bu xildagi tarmoqlar LAN tastic, NetWare Lite tarmoq operatsion tizim bazasida keng qo’llaniladi.

Ajratilgan serverli tarmoq. Ajratilgan serverli tarmoqda kompyuterlardan biri barcha ishchi stansiyalar uchun mo’ljallangan ma’lumotlarni saqlash, ishchi stansiyalar o’rtasidagi o’zaro aloqani boshqarish va boshqa bir qator vazifalarni bajaradi. Bunday kompyuter odatda tarmoq serveri deb yuritiladi. Unga tarmoq operatsion tizimi o’rnatiladi, yana unga barcha taqsimlanadigan tashqi qurilma - qattiq disklar, printerlar va modemlar ulanadi.

Ishchi stansiyalar o’rtasidagi o’zaro ta’sir odatda server orqali amalga oshiriladi. Markaziy qurilma rolini server bajaradi. Markazlashtirilgan boshqaruv tarmoqlarida ishchi stansiyalar o’rtasida axborot almashuv imkoniyati mavjud. Buning uchun Netlink dasturidan foydalanish mumkin.

Ajratilgan serverli tarmoqning afzalligi:



  • Axborotni himoyalashning ishonchli tizimi;

  • tezkor harakat;

  • ishchi stansiyalar sonining cheklanmasligi;

  • birinchi darajali tarmoqqa nisbatan boshqaruvning oddiyligi.

Ajratilgan serverli tarmoqning kamchiligi:



  • Server uchun bitta kompyuter ajratilishi tufayli narxining qimmatligi;

  • bir darajali (rang) tarmoqqa nisbatan kam moslashuvchanligi.

Ajratilgan serverli tarmoklar nisbatan keng tarkalgan kompyuter tarmog’i hisoblanadi.




Yüklə 243,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin