«axborot-kommunikatsiya texnologiyalar va tizimlar»



Yüklə 10,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə126/269
tarix28.09.2023
ölçüsü10,74 Mb.
#150106
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   269
«axborot-kommunikatsiya texnologiyalar va tizimlar»

Internet konferensiyalar. 
Internet konferensiyalar - bu 
muayyan muammoni hal qilayotgan gumh ishtirokchilarining 
Internet tarmog‘i orqali konferens aloqasi yordamida o‘zaro axborot 
almashinish jarayonidir. Tabiiyki, bu texnologiyadan foydalanish 
huquqiga ega bo‘lgan shaxslar doirasi cheklangan bo‘ladi. 
Kompyuter 
konferensiyasi 
ishtirokchilari 
soni 
audio 
va 
videokonferensiyalar ishtirokchilari sonidan ancha ko‘p bo‘lishi 
mumkin. Adabiyotlarda telekonferensiya atamasini ko‘p uchratish 
mumkin. Telekonferensiya o‘z ichiga konferensiyalaming uch 
turini: audio, video va kompyuter konferensiyalarini oladi.
Audiokonferensiyalar. 
Ular tashkilot yoki firmaning hududiy 
jihatdan uzoqda joylashgan xodimlari yoki boMinmalari o‘rtasida 
kommunikatsiyalami 
saqlab 
turish 
uchun 
audioaloqadan 
foydalanadi. Audiokonferensiyalami o‘tkazishning eng oddiy 
texnika vositasi so‘zlashuvda ikkitadan ko‘p ishtirokchi qat- 
nashuvini ta’minlaydigan qo‘shimcha qurilmalar bilan jihozlangan 
telefon aloqasi hisoblanadi. Audiokonferensiyalami tashkil etish 
kompyuter bo‘lishini talab etmaydi, faqatgina uning ishtirokchilari 
o‘rtasida ikki tomonlama audioaloqadan foydalanishni ko‘zda tutadi. 
Audiokonferensiyalardan foydalanish qarorlax qabul qilish jara­
yonini yengillashtiradi, u arzon ham qulay.
Videokonferensiyalar. 
Ular ham audiokonferensiyalar qanday 
maqsadlarga mo'ljallangan bo‘lsa, shunday maqsadlarga mo‘l- 
jallangan, lekin bunda videoapparatura qo‘llaniladi. Ulami o‘tkazish 
ham kompyuter bo‘lishini talab etadi. Videokonferensiya jarayonida 
bir-biridan ancha uzoq masofada bo‘lgan uning ishtirokchilari 
televizor ekranida o‘zlarini va boshqa ishtirokchilami ko‘rib 
turadilar. Televizion tasvir bilan bir vaqtda ovoz ham eshitilib 
turadi. Videokonferensiyalar transport va xizmat safari xarajatlarini 
ancha qisqartirish imkonini bersa ham, aksariyat tashkilot yoki
234


firmalar ulam i faqat shu sabablarga ko‘ra qo‘llamaydilar. Bu 
firmalar bunday konferensiyalarda muammoni hal qilishga hududiy 
jihatdan ofisdan ancha uzoqda joylashgan ko‘p sonli menejerlami va 
boshqa xodimlami ham j alb etish imkoniyatini k o ‘radilar.

Yüklə 10,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   269




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin