«axborot-kommunikatsiya texnologiyalar va tizimlar»



Yüklə 10,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə131/269
tarix28.09.2023
ölçüsü10,74 Mb.
#150106
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   269
«axborot-kommunikatsiya texnologiyalar va tizimlar»

Chat tushunchasi. 
Intemetda chatdan foydalanish va muloqot 
qilish. Chat deganda real vaqt tizimida Internet tarmog‘i orqali 
xabarlami tezkor almashish vositalari va ushbu muloqotni ta’minlab 
beruvchi dasturiy ta ’minot tushuniladi. Forumlarga nisbatan chat 
tizimida muloqot qilish va xabarlar almashish real vaqt tizimida 
sodir bo‘ladi.
Chat - bu bir vaqtning o ‘zida bir necha foydalanuvchining 
Internet orqali muloqotidir. Bunda foydalanuvchilar odatda matn 
yozish orqali yangiliklar bilan almashishadi, yoki biror mavzuni 
muhokama qilishadi, yoki gaplashishadi. Chat tizimida barcha 
foydalanuvchilar o ‘zaro yozuv ko‘rinishidagi xabarlami almashish 
orqali muloqot qiladi.
Internet orqali so‘zlashuv. 
Internet orqali o ‘zaro muloqot 
deganda ikki yoki undan ortiq foydalanuvchilaming bir vaqtni 
o ‘zida, bir-birlari bilan internet tarm og‘i orqali aloqa o ‘matilishi 
tushuniladi. Bunday muloqot jarayonida foydalanuvchilaming 
joylashuv o‘m i ahamiyatga ega emas, y a’ni foydalanuvchilar 
qayerda bo‘lishlaridan qat’iy nazar Internet tarm og‘i orqali muloqot 
o ‘rnata oladilar. Bunday so‘zlashuvlami amalga oshirish uchun 
maxsus dasturlar bo‘lishi talab qilinadi. Bunday dasturlarga Skayp
Meyl Agent, Google Talk, ICQ dasturlari kiradi.
Internet orqali so‘zlashuv jarayonida mikrofon va eshitish 
qurilmasini kompyuterga ulab keltirilgan dasturlar yordamida 
foydalanuvchilar so‘zlashib muloqot qilishlari mumkin. Bunda 
Internet orqali muloqot jarayoni foynalanuvchiga tezkorligi, 
arzonligi hamda sifatliligi bilan qulayliklar yaratib beradi.
Internet orqali video muloqot. Internet orqali video muloqot 
deganda foydalanuvchilar bir-birlarini kompyuter ekranida (on-layn 
tarzda) ko‘rib turadilar, ya’ni foydalanuvchilaming harakatli 
tasvirlari bir-birlariga uzatiladi. Bu video aloqani amalga oshirib 
beruvchi qurilma veb kamera deb nomlanadi.
244


Internet 
orqali 
video 
muloqot 
jarayonida 
muloqotda 
qatnashayotgan barcha foydalanuvchilar bir birining gapini 
eshitibgina qolmay, balki bir-birlarini ko‘rib ham turishadi.

Yüklə 10,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   269




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin