14.5.
Menejment jarayonini axborot bilan ta’minlash
Axborot atamasi lotincha so‘z bo‘lib, xabardorlik, biror hodisa
yoki biror kishi faoliyati haqida xabarga ega bo‘lish m a’nosini
bildiradi. Axborot menejment tizimiga uni rivojlantirish va
takomillashtirish
maqsadida
faol
ta’sir
etish uchun
zarur
ma’lumotlar yig‘indisidan iboratdir. Yetarli va aniq axborotga ega
bo‘lmay boshqaruvni tashkil etish mumkin emas.
Ishlab chiqarish axboroti boshqaruvchi va boshqariluvchi
tizimlar
o‘rtasidagi
aloqa
usulidir.
Boshqaruvchi
tizim
boshqariladigan tizimdan ishlab chiqarish holati va uning xo‘jalik
faoliyati to ‘g ‘risida axborot oladi. Boshqaruvchi tizim olingan
axborot asosida boshqariluvchi tizim faoliyatiga baho beradi,
menejmentni
yanada takomillashtirish maqsadida ko‘rsatma,
farmoyishlar chiqarib, boshqariluvchi tizimga ijro uchun yuboradi.
Axborot menejment tizimida alohida bo‘g‘in bo‘lib hisoblana
di. Unga qator o ‘ziga xos xususiyatlar mansub bo‘lib, ular axborot
boshqaruvining barcha bo‘g ‘inlari, barcha vazifalarini qamrab
olishiga bog‘liqdir.
Axborot
- bu boshqaruv apparati faoliyatining ham dastlabki
nuqtasi, ham natijasidir, shuningdek, amalga oshirilayotgan harakat-
lar mavjudligi sharti, mustahkamlash usulidir. Axborot hajmi orti-
shi bilan boshqaruv axborotining sifat ko‘rsatkichlariga b o ‘lgan
talab ham ortib boradi.
361
Menejment jarayoni boshqaruv qarorlarini qabul qilish
maqsadida axborot to‘plash, uzatish va qayta ishlash, boshqaruv
buyruqlari
ko‘rinishida axborot berish va uni
ijrochilarga
yetkazishdan iborat.
Axborotning quyidagi turlari mavjud: statistik, operativ, iqti
sodiy, hisob, moliya, ta’minot, kadrlar bo‘yicha, texnologik, mar
keting, konstruktorlik, ijtimoiy va boshqalar.
Ishlab chiqarishni boshqarishda iqtisodiy axborot alohida o ‘rin
egallaydi, chunki u kishilaming moddiy boyliklami ishlab chiqarish,
taqsimlash,
ayirboshlash
va
iste’mol
qilish
jarayonidagi
munosabatlarini aks ettiradi. Shu bilan birga fan-texnika taraqqiyoti
asosida ishlab chiqarish rivojlanishini aks ettiruvchi ilmiy-
texnikaviy axborot ahamiyatini ham ta ’kidlab o‘tish lozim.
Kelib chiqish manbasiga bog‘liq ravishda axborot tashqi va
ichki axborot turlariga bo‘linadi.
Tashqi axborot tashqi muhitdan olinadigan xabarlardan iborat
bo‘ladi. Bular jum lasiga yuqori tashkilotlar farmoyishlari, reja top-
shiriqlari, mahsulotni sotish shartlari haqidagi axborotlar kiradi.
Ichki axborot korxona yoki uning boshqaruv bo‘g ‘inida
shakllanib, iste’mol qilinadi. Korxona miqyosida ular jum lasiga
sexlar tomonidan rejaning bajarilishi, moddiy-texnikaviy taminot,
mahsulot tannarxi, kadrlar, mehnat unumdorligi haqidagi axborotlar
kiritili- shi mumkin.
Y o‘nalishi b o ‘yicha axborot - boshlang'ich va boshqaruv-
chi (rahbarlik) axborot turlariga bo‘linadi. BoshlangMch axborot
doimo menejment tizimining quyi darajasidan yuqoriroq darajaga
qarab harakat qiladi, rahbarlik axboroti esa teskari y o ‘nalishda
harakatlanadi. Rahbarlik axboroti boshlang‘ich axborotni qayta ish
lash asosida qaror qabul qilish natijasidir.
362
Axborot vaqt o‘tishi bilan turli ahamiyat kasb etadi. Barqarorlik
darajasi b o ‘yicha uni barqaror, shartli-barqaror, o ‘zgaruvchan
turlarga b o ‘lish mumkin.
Barqaror axborot uzoq muddat davomida o ‘z ahamiyatini
o ‘zgartirmaydi (korxona, uning b o ‘linmalari nomi, mahsulot turi).
Shartli-barqaror axborotning ahamiyati m a’lum muddat davo
mida saqlanib turadi. Korxona miqyosida bunday axborotga turli
m e’yor va m e’yoriy hujjatlar (moddiy, mehnat sarfi, ta ’riflar
m e’yorlari)ni kiritish mumkin. Axborotning bunday turi korxona
bo‘yicha umumiy axborotning 35% dan ko‘pini tashkil etadi.
0 ‘zgaruvchan axborot menejment obyekti faoliyati va unga mos
holda boshqaruv jarayonlari o‘zgaruvchanligini aks ettirib, qaror
qabul qilish uchun tez qayta ishlashni talab etadi.
Menejment faoliyatida, shuningdek, boshlang‘ich axborotni
qay- ta ishlash natijasida olingan hosila (ikkilamchi) axborotdan
ham foydalaniladi.
Axborot yig‘indisi menejmentning axborot tizimini tashkil etib,
u menejment jarayonini axborot bilan ta ’minlash shaklida namoyon
bo‘ladi.
Axborot to ‘g ‘ri, aniq, o‘z navbatida, obyektiv, mazmunli va
qarorlami qabul qilish uchun tushunarli bo ‘lishi kerak.
Axborot hajmi jihatidan kichik, mazmun jihatidan chuqur, uning
matni tushunarli va sodda bo‘lishi lozim.
Korxonani
axborot
bilan
ta ’minlash
to ‘g ‘ri
aloqalar
ko‘rinishidagi turli-tuman axborot oqimlari vositasida amalga
oshirilib, ular aniq ishlab chiqarish vazifasini hal etish imkonini
beradi.
363
Zamonaviy yirik korxonalarda axborot hajmi million hujjat
satrigacha yetadi, bu o ‘rinda barcha axborot tez qayta ishlanishi
zarurligini ham inobatga olish zarur. M asalan, aviatsiya zavodida
kundalik birlamchi axborot million k o ‘rsatkichni tashkil etadi.
Bunday sharoitda axborot bilan ishlashni tashkil etish b o ‘yicha
quyidagi qator muammolami hal etish lozim b o ‘ladi:
-m aqbul axborot tizimini ishlab chiqish;
-ax b o ro t oqimlarini shakllantirish usullarini ishlab chiqish;
-axborot qabul qilish va yuborishning maqbul usullarini tanlash;
-axborotni saqlash va izlashni tashkil etish;
-axborotni qayta ishlash jarayonini m exanizatsiyalash va av
tomatlashtirish.
Bu y o ‘nalishda olib boriladigan barcha ishlar axborotni yig‘ish
va qayta ishlashning yagona umum davlat tizimini yaratishni
ta ’minlashi zarur. Axborotlar y ig ‘indisi m enejmentning axborot tizi
mini tashkil etadi.
A x b o ro t tizim i - hujjatlar axborot oqimlari, aloqa kanallari va
menejment obyektining texnikaviy vositalarini qamrab oluvchi
murakkab axborot majmuidir. M enejment obyektining qandaydir bir
qismi b o ‘yicha axborot y ig ‘indisi kichik tizim ni tashkil etadi.
Maqbul axborot tizimini tashkil etish menejmentning u yoki bu
tashkiliy tizimini loyihalashtirish va uning samarali faoli- yat
yuritushuning m uhim shartlaridan bo‘lib hisoblanadi.
Axborot tizimlari oddiy va murakkab tizim b o ‘lishi mumkin.
Oddiy axborot tizimi uni qayta ishlashni talab etmaydi, axborot
manbasidan u iste’mol qilinishi joyigacha yetkazishda o ‘zgarish yuz
364
bermaydi. Bunday axborot telefon yoki boshqa xabar berish
vositalari yordamida bir marta beriluvchi xabar sifatida yetkaziladi.
Murakkab
axborot
tizimlari
axborotni
qayta
ishlashning
mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish darajasi bo‘yicha
turlarga ajratiladi. Birinchi guruhga qo‘lda yoki eng oddiy
mexanizmiar yordamida qayta ishlanuvchi axborot tizimlari kiradi.
Ikkinchi guruhga axborotni to ‘plash, qabul qilish va qayta ishlashda
mexanizatsiya keng qoilaniladigan axborot tizimlari kiradi.
Uchinchi guruhga m a’lumotlami majmuiy mexanizatsiya vositasi
bilan birga avtomatlashtirish elementlarini qo‘llab qayta ishlash va
to‘plash qo‘llanilgan axborot tizimlari kiradi.
Axborot qabul qilish, uzatish va qayta ishlash siklining avtomat
lashtirilgan axborot tizimi to ‘rtinchi guruhni tashkil etadi.
Axborotni qayta ishlashda qo‘llaniladigan boshqaruv tizimlari
avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi (ABT) nomini olgan. ABT
quyidagi vazifalami bajaradi:
-axborot qabul qilish;
-axborotni qayta ishlash;
—axborotni saqlash, yig‘ish;
-boshqaruv tashkilotiga axborot berish;
-ijrochilarga buyruq uzatish.
Ilg‘or axborot tizimini loyihalashtirish jarayoni quyidagi vazi
falami amalga oshirishga asoslanishi lozim:
-korxonada mavjud axborot tizimini tahlil qilish, axborotning
asosiy y o ‘nalishlarini o ‘rganish;
-axborot tizimining iqtisodiy modelini ishlab chiqish;
-zaru r axborot hajmi va mazmunini aniqlash;
-axborot to ‘plash va qayta ishlash uchun texnikaviy vositarlami
aniqlash;
-axborotni qayta ishlash texnologiyasini yaratish;
-axborot vujudga kelishi va foydalanish davriyligini belgilash;
-korxonada qo‘llaniladigan axborot uchun shifrlar tizimini ya
ratish;
-axborotni uzatish va qayta ishlashni avtomatlashtirish va
mexanizatsiyalashtirish qulay b o ‘lishi uchun standart m a’lumotlami
loyihalashtirish;
-loyihalashtirish jarayonida olingan barcha materiallami tartib
ga solish va rasmiylashtirish.
365
Bozor sharoitida ishlab chiqarish axborot tizimlarini ular
rivojlanishi va loyihalashtirishga tizimli yondashish asosida
majmuiy tashkil etishni talab etadi. Bu talablarga m a’lumotlami
qayta ishlashning integratsion tizimi javob beradi. Uni turli
darajadagi zamonaviy kompyuterlar, inson mashina tizimini har
tomonlama qo'llash asosida loyihalashtirish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |