Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari avtomatlashgan va
an’anaviy (qog‘oz) ko‘rinishda amalga oshiriladi. Avtomatlashtirish
hajmi va texnik vositalardan foydalanish turi aniq bir texno-
logiyaning mohiyatiga bog‘liq.
A vtom atlashtirish - bu inson
ish faoliyatini mashina va
mexanizmlar bilan almashtirish demakdir. U texnik, tashkiliy va
iqtisodiy mazmundagi xatti-harakatlar hamda tadbirlar kom-
pleksidan iborat bo‘lib,
ishlab chiqarish jarayoni, boshqaruv
jarayonining u yoki bu ishini amalga oshirishda inson ishtirokini
qisman yoki butunlay cheklash imkonini beradi.
A vtom atlashtirish qachon z a ru r b o ‘Iadi? Quyidagi hollarda
boshqaruvni
avtomatlashtirish, demak, axborot tizimini, texnolo-
giyani avtomatlashtirish zarur bo‘ladi:
• insonning fiziologik va psixologik imkoniyati
mazkur
jarayonni boshqarish uchun etarli bo‘lmasa;
• boshqaruv tizimi inson hayoti
va salomatligi uchun havfli
muhitda b o isa;
•boshqaruv jarayonlarida ishtirok etish kishidan o ‘ta yuqori
malakani talab ctsa;
•boshqarish kerak bo‘lgan jarayon o ‘ta tang yoki avariya
holatida bo‘lsa.
Milliy iqtisodiyotni boshqarishda axborot
tizimlarining tashkil
qilinishi
va
faoliyat yuritishi
avtomatlashtirilgan axborotlar
tizimining (AAT)ning asosiy tarqibiy qismi - axborot texno
logiyalarining rivojlanishi bilan bog‘liq.
Avtomatlashtirilgan
axborot texnologiyalari (AATex)
-
boshqaruv vazifalarini hal qilish uchun rivojlangan dasturiy ta ’min-
lanish, hisoblash tcxnikasi va aloqaning foydalanilgan vositalari
hamda axborotlami mijozlarga taklif qilishning usullarini qo'llash
asosida axborotlami yig‘ish, ro‘yhatga olish, uzatish, jamlash,
qidirish, ishlab chiqish va himoyalash
opcratsiyalarini amalga
oshirish usullari va vositalarining tizimiy tashkil qilingan majmuidir.
Texnologiya deganda keng m a’noda uch xil: axborotli, uskunaviy
va ijtimoiy nuqtai nazarlami o ‘z ichiga oluvchi moddiy boyliklami
ishlab chiqarish haqidagi fan tushuniladi.
14