5. Yangi yaratilgan papkaga o‘zingiz nom qoying.
Aytaylik, Siz Dixit degan papka
ichida Vanish degan papkani
yaratdingiz. Bu vaziyatda Dixit papkasi bu ona papka va Vanish
papkasi esa papka ichidagi pastgi papka deb aytiladi.
5.19-rasm. Papka yaratish
5.4. Fayl ustidagi operatsiyalar.
Fayl
va papkalami nusxalash, joyini o‘zgartirish, o‘chirish yoki
nomini o‘zgartirish mumkin. Buning uchun siz nusxalanishi, ko‘-
chirilishi yoki o‘chirilishi kerak boMgan fayllami tanlashingiz kerak.
Fayl
yoki papkani belgilash oson, yani fayl yoki papkaning ustiga
bir marta bossangiz bas18.
Fayl va papkalar nomini o‘gartirish.
Fayl yoki papkani yaratilgan
zahotiyoq yoki keyinroq ham
nomini
o‘zgartirish mumkin. Fayl nomini o‘zgartirish uchun:
1. Faylni belgilang.
2. Fayllar menyusidan Nomini o‘zgartirish ni tanlang.
Yoki,
1. Faylni belgilang.
2. Fayl ustida o‘ng tugmani bosing.
3. Paydo bo‘lgan menyuda Nomini o‘zgartirish funksiyasini
tanlang (5.20-rasmga qarang).
18 J.B .Dixsit. “Fundamentals o f com puter program m ing and IT” 2011. 49 p.
100
5.20-rasm. Fayl va papkalar nomini o‘zgartirish
Bundan tashqari siz shunchaki faylni belgilab F2
tugmasini
bosib ham uning nomini o‘zgartirishingiz mumkin. Bunda fayl yoki
papkani nomi belgilanadi va siz o‘zingiz boshqa nomni
kiritib Enter
tugmasini bosasiz.
Eslatma:
Papkalar va fayllami nusxalash va ko‘chirishning eng
tezkor yo‘li bu kontekst menyudan foydalanishdir (sichqonchaning
o‘ng tugmasini bosishdan paydo bo‘ladigan menyu).
Fayl va Papkalarni nusxalash
Fayl yoki papkani
boshqa joyga nusxalash uchun,
1. Fayl yoki papkani belgilang.
2. 0 ‘zgartirish (Edit) tugmasini bosing.
3. Nusxalash (Copy) ni bosing (5.2! -rasmga qarang)
Dostları ilə paylaş: