9-Mavzu. Ma`lumotlar bazasini tiklash
Rezervli nusxalash
Muhim axborotning yo‘qolishidan saqlanish uchun muntazam ravishda
ma`lumotlami rezervli nusxalash lozim.
Rezervli nusxalash
o‘ta muhim
ma`lumotlaming asl nusxalari yo‘qolganida ulami tiklash maqsadida vaqti-vaqti
bilan takrorlash yoki zaxira nusxalarini yaratish.
Aytish mumkinki, rezervli nusxalash-uskunaning buzilishi yoki foydalanuvchi
tomonidan tasodifan fayllaming yo‘q qilinishi holida axborotni yo‘qolishidan
sug‘urtalash. Rezervli nusxalashning ikkita asosiy usuli mavjud: qat’iy disk
qiyofasini nusxalash va kompyuter fayl tizimini nusxalash.
Qat’iy disk qiyofasini nusxalash
Qat’iy disk qiyofasini nusxalash - diskning aniq nusxasini yaratish.
Bunda nafaqat foydalanuvchi maiumotlarini, balki Windowsni va
operatsion tizimi
holati xususidagi barcha axborotni tiklashga erishiladi.
Faylli nusxalash - kompyuter
fayl tizimini, ya’ni kompyuterda saqlanuvchi
papkalar va fayllami nusxalash. Bunday nusxalash foydalanuvchining papkalarini
va fayllarini tiklashga yordam bersa-da, tizimni ishchi holatiga qaytara olmaydi.
Nusxalashning bu ikki xilini amalga oshirishning muayyan usuli xususida gap
ketganda ularning bir necha asosiy xillarini ajratish mumkin: to`liq nusxalash,
differensial nusxalash va inkremental nusxalash.
To`liq nusxalash
To`liq nusxalash - ko‘rsatilgan maiumotlami butunligicha to`liq nusxalash. Bunda
nusxalashlar orasidagi o‘zgarishlar hisobga olinmaydi.
Differensial rezervli nusxalash deganda oxirgi to‘liq nusxalashdan keyingi vaqtda
o‘zgargan axborotni nusxalash tushuniladi.
Ya’ni har bir keyingi nusxalash birinchi nusxalashdan beri o‘zgargan barcha
fayllami o‘z ichiga oladi. Shunday qilib, rezerv nusxani tiklash uchun birinchi
to‘liq va oxirgi nusxalashlami olish lozim. Inkremental nusxalash faqat yangi va
oxirgi nusxalashdan keyingi o‘zgargan fayllami nusxalaydi. Shu sababli u
eltuvchidan differensial nusxalashga nisbatan kam joyni egallaydi. Ammo
incremental nusxani tiklash murakkabroq, chunki nafaqat birinchi va oxirgi, balki
barcha oraliq nusxalangan fayllami hisobga olishga to‘g‘ri keladi.