9-Mavzu. Ma`lumotlar bazasini tiklash Rezervli nusxalash


Funksiyaviy spetsifikatsiya



Yüklə 490,49 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/16
tarix14.12.2023
ölçüsü490,49 Kb.
#176934
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Data base security - lecture 9

Funksiyaviy spetsifikatsiya 
Funksiyaviy spetsifikatsiyaga nisbatan quyidagilar aniqlanadi: 
• to‘ liqlikka nisbatan talab shuni anglatadiki, spetsifikatsiya barcha muhim 
axborotni saqlashi, unda hech bir muhim ma’lumot o‘tkazib yuborilmasligi, 
muhim bo'lmagan axborot bo‘lmasligi kerak. Masalan, ishlanma muallifiga 
nisbatan samarali qarorlarni tanlashda xalaqit bermasligi lozim; 
• aniqlik talabi shuni anglatadiki, spetsifikatsiya ham buyurtmachi, ham ishlanma 
muallifi tomonidan bir xilda qabul qilinishi shart. 
Oxirgi talabni bajarish ancha qiyin. Chunki, hatto tabiiy tilde batafsil 
spetsifikatsiyalash kerakli aniqlikni ta’minlamaydi. Aniq spetsifikatsiyani faqat 
ishlab chiqilayotgan dasturiy ta’minotning ayrim formal modelini ishlab chiqibgina 
aniq spetsifikatsiyani aniqlash mumkin. 
Strukturaviy yoki obyektga mo‘ljallangan modellar
 
Spetsifikatsiyani aniqlash bosqichida foydalaniladigan formal modellarni ikkita 
guruhga ajratish mumkin: ishlanmaga yondashuvga bog‘liq (strukturaviy yoki 
obyektga-mo‘ljallangan) modellar va unga bog‘ liq bo'lmagan modellar. Ishlab 
chiqilayotgan dasturiy ta’minot xususiyatlarini namoyish etuvchi holatlar 
o‘tishining diagrammasi u yoki bu signallarni olishda va predmet sohasining 
matematik modeli ishlanmaga har qanday yondashuvda foydalaniladi. 
Spetsifikatsiyani tahlil etish va aniqlashga tuzilmaviy yondashuv doirasida 
modellarning uchta turidan foydalaniladi: funksiyaga mocljallangan model
ma’lumotlarga va ma’ lumotlar oqimiga mo‘ljallangan model. 
Har bir modeldan dasturiy ishlanmaning o‘z maxsus sinfi uchun foydalanish 
maqsadga muvofiqdir. 
Funksiyalar ro'yxati va qayta ishlanadigan ma’lumotlar 
Shuni hisobga olish kerakki, barcha funksional spetsifikatsiya ishlab chiqilayotgan 
dasturiy ta’minotning bir xil tavsifini bayon etadi. Bular: funksiyalar ro'yxati va 
qayta ishlanadigan ma’lumotlar. Ular spetsifikatsiya talablarini tahlil etish va 
aniqlash jarayonida ishlanma muallifi foydalanadigan tizimli ustuvorlari 
bilan farqlanadi. 
Holatlarning o‘tish diagrammasi dasturiy ta’minot vaziyatining asosiy aspektlarini, 
ma’ lumotlar oqimi diagrammasi ma’lumotlar oqimining yo‘nalishi va 
strukturasini, sinflarning konseptual diagrammasi esa predmet sohasidagi asosiy 
tushunchalar munosabatini belgilab beradi. 
Chunki, turli modellar loyihalashtirilayotgan dasturiy ta’minotni turli tarafdan 
bayon etadi. Bunda bir vaqtning o‘zida bir necha modellardan foydalanish va 
ularda matn, lug‘at, izoh va tegishli diagrammani tushuntirib beruvchi boshqa 
vositalarni qo'llash tavsiya etiladi. 

Yüklə 490,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin