Rezervli nusxalashning asosiy turlari Rezervli nusxalashning ikkita asosiy turi mavjud:
- Zid bo‘lmagan (sovuq) rezervli nusxalash. Bunda nusxalar foydalanuvchi uchun
ma’lumotlar bazasi berk (close) bo‘lganida yaratiladi. Avtonom rejimda yaratilgan
ma’Iumotlar bazasining rezervli nusxasi tarkibida ma’lumotlaming barcha fayllari,
takrorlanish jumallari va boshqaruvchi fayllar bo‘ladi. Ma’Iumotlar bazasi
to‘xtatilganidan so‘ng barcha fayllar disklaming birida nusxalanadi. Nusxalash
tugaganidan so‘ng ma’Iumotlar bazasini qayta yuklash amalga oshiriladi;
- Operativ rejimdagi rezervli (qaynoq) nusxalash. Masalan, ma’Iumotlar bazasi
doimo operativ rejimda bo‘ladi va foydalanuvchilar foydalana oladi.
Tranzaksiyalar Tranzaksiyalar jumalining rezervli nusxasini faqat to‘liq tiklash modeli yoki to‘liq
bo‘lmagan bayonnoma tuzishli model o‘matilgan ma’Iumotlar bazasi uchun
yaratish mumkin. Shuningdek, tranzaksiyalar jumalini nusxalash faqat rezervli
nusxalashdan so‘ng amalga oshirilishi mumkin.
Tranzaksiyalar jumali tarkibida ma’lumotlarning faqat qismigina bo'ladi, shuning
uchun ma’lumotlar bazasini tiklash uchun uning to‘liq nusxasi ham talab etiladi.
Rezervlashning ikki xilidan ishonchlikning eng katta yutug‘iga almashtirishli
rezervlashda erishiladi. Ammo rezervlashning ushbu xilini amalga oshirish tizim
holatini nazoratlovchi avtomatni va ishlab turgan tizim yanglishganida uzib-
ulovchi (kommutator) qurilmani talab etadi.
Ma’lumotlar bazasi har biri o‘z ichiga ma’lumotlaming qo`shimcha fayllar
to‘plamini va tranzaksiya jurnallarini oluvchi fayl guruhlari to‘plamiga
“tarqatilishi” mumkin. Ma’lumotlar bazasini fayl guruhlariga tarqatishdan eng kata
samaraga RAID massivlarini qo‘llashda erishiladi. Fayl qism tizimlarining
unumdorligi, foydalanuvchanligi va ishonchliligi ortadi.
Tuzilmaviy yondashuvda dasturiy ta’minot talablarini tahlil etish Har qanday dasturiy ta’minotni ishlab chiqish bo‘ lajak dasturiy mahsulotga
nisbatan talablarni tahlil qilishdan boshlanadi.
Tahlil natijasida ishlab chiqilayotgan dasturiy ta’minot spetsifikatsiyasi olinadi.
Hal etiladigan vazipredjneting dekompozitsiyasi va mazmun jihatdan qo‘yilishi
amalga oshiriladi, ularning o‘zaro harakati va ekspluatatsiya cheklashi aniqlanadi.
Umuman olganda spetsifikatsiyasini aniqlash jarayonida predmet sohasining
umumiy modeli quriladi, ishlab chiqilayotgan dasturiy ta’minotning real
dunyoning ayrim qismi bilan yoki bu usul bilan o'zaro ta’siri aniqlanadi va uning
asosiy funksiyalari konkretlashtiriladi.
Bunda spetsifikatsiyaning bir qismi ishlab chiqilayotgan dasturiy ta’minot
funksiyasini bayon qiladi. Ikkinchi qismi esa, texnik vositalarga ishonchlilikka,
axborot xavsizligiga bo'lgan talablarni belgilaydi.
Bu aniqlangan ta’rif spetsifikatsiyaga nisbatan asosiy talablarni aks ettiradi.