5
EHM larning takomillashtirilib borilishi va ularning
ishlab chiqarishning
barcha jabhalarida qo’llash kengayib borganligi sababli, unda ishlovchi
mutaxassislarni tayyorlashga jahon miqyosida 1950 yillardan kirishilgan.
Keyinchalik, nafaqat unda ishlovchi mutaxassislar, balki boshqa soha mutaxassislari
ham bu sohada bilimga ega bo’lishi ehtiyoji vujudga keldi. Natijada EHM haqida
boshlangich bilimlarni beruvchi maxsus fan yuzaga keldi. Bu fan ba’zi bir
davlatlarda ‘Informatika’, ba’zilarida esa
Somputer science
atamasi
bilan atala
boshlandi.
Informatika atamasi XX asrning 60 yillarida birinchi marta Frantsiyada
qo’llanilgan. U Information (axborot) hamda Automatigue (avtomatika) so’zlarining
qo’shilmasidan hosil bo’lgan Informatique (informatika) deb olingan. Bu axborotga
avtomatik ravishda ishlov berish fani degan ma’noni anglatadi. G’arbiy Evropaning
ko’pchilik mamlakatlarida hamda AQSh va Kanadada informatika termini o’rniga
uning sinonimi
Somputer science
(kompyuter haqidagi fan) –
tushunchasi
qo’llaniladi. Informatika kompyuter texnikasining rivojlanishi tufayli yuzaga keldi,
unga asoslanadi, usiz mavjud bo’la olmaydi va o’z navbatida uning rivojiga,
yangilanishiga o’z hissasini qo’shadi. Uning asosiy resursi – axborotdir. Informatika
fani ko’pqirrali funktsiyalarga ega bo’lgani uchun unga har xil ta’rif berilgan.
Informatika – ma’lumotlarni hosil qilish, saqlash, uzatish va qayta ishlash
usullarini hisoblash texnikasi vositalari yordamida tizimlashtiruvchi, aloqadorligini
o’rnatuvchi va ularni boshqaruvchi inson faoliyatining aniq sohasidir.
Informatika - ilmiy axborotlarning struktura va umumiy xossalarini,
shuningdek ularni yaratish, o’zgartirish, uzatish va ulardan inson faoliyatining turli
sohalarida foydalanish qonuniyatlarini o’rganadigan fan.
Informatika — bu axborotning nafaqat umumiy xususiyatlari, balki unga
Dostları ilə paylaş: