10
yo’nalishlari doirasida O’z FTDQ tashabbusi bilan axborotlashtirish
jarayonini
rivojlantirish uchun bir qator qonunlar qabul qilindi. 1994 yil dekabrida Vazirlar
Mahkamasi
O’zbekiston Respublikasini axborotlashtirish konsteptsiyasini
ma’qulladi. Ushbu Kontseptsiyaning asosiy maqsad va unda qo’yilgan
masalalar
quyidagilardan iboratdir:
o
milliy axborot-hisoblash to’rini yaratish;
o
axborotlarga tovar sifatida yondashishning iqtisodiy, huquqiy va me’yoriy
hujjatlarini yuritish;
o
axborotlarni qayta ishlashning jahon standartlariga rioya qilish;
o
informatika industriyasini mujassamlashtirish va rivojlantirish;
o
axborotlar
texnologiyasi
sohasidagi
fundamental
tadqiqotlarni
rag’batlantirish va qo’llab-quvvatlash;
o
informatika
vositalari
foydalanuvchilarini
tayyorlash
tizimini
muvofiqlashtirish.
Kontseptsiyaning
asosiy
qoidalari
hisobga
olingan
‘O’zbekiston
Respublikasining axborotlashtirish dasturi’ ishlab chiqildi. U uch maqsadli dasturni
o’z ichiga oladi:
a) milliy axborot-hisoblash tarmog’i;
b) EHMni matematik va dasturiy ta’minlash;
v) shaxsiy kompyuter.
Mazkur dasturda vazirlik va mahkama axborot tarmoqlari, Milliy axborot -
hisoblash tarmog’ini yaratish, kompyuter va hisoblash texnikasi vositalarini ishlab
chiqarishni tashkil etish, yangi axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlashni
takomillashtirish, hujjatlashtirishning me’yoriy -
uslubiy va huquqiy tizimini
yaratish va boshqalar joy olgan.
Respublikada
kompyuterlashtirish
va
axborot
kommunikatsiya
texnologiyalarini rivojlantirishga doir muayyan vazifalar O’zbekiston Respublikasi
Prezidenti
I.A.Karimov
tomonidan
2002
yil
30
mayda
imzolangan
“Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikastiya
texnologiyalarini joriy etish to’g’risida” gi Farmonida belgilab berilgan bo’lib,
11
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 6 iyun 200-sonli
“Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarorida o’z
aksini
topgan. Ushbu vazifalar keyingi vaqtda Respublikamizda qabul qilingan bir qator
qonunlar, Vazirlar mahkamasining qarorlari va boshqa normativ hujjatlarda o’z
rivojini topdi
O’zbekiston axborot texnologiyalarini tadbiq etish va rivojlantirish uchun
talay intellektual imkoniyat va axborot zahiralariga ega. Fanlar akademiyasi, oliy va
o’rta maxsus o’quv yurtlari, ishlab chiqarish va
firmalarda kompyuter texnikasi,
aloqa, dasturiy va axborot ta’minoti, axborot tizimlar bo’yicha malakali xodimlar
ishlamoqda. O’zbekiston Respublikasi yuqorida belgilab berilgan tamoyillarni
amalga
oshirar ekan, axborotlashgan jamiyat sari shaxdam qadamlar bilan
bormoqda.
Dostları ilə paylaş: