Axborot tehnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi



Yüklə 181,53 Kb.
səhifə1/5
tarix25.12.2023
ölçüsü181,53 Kb.
#196616
  1   2   3   4   5
Falsafa-1




Axborot tehnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg’ona filiali


Sirtqi bo‘lim


Tayorladi: 731-23 guruh talabasi
Musojonov Azizbek

Qabul qildi: Xolmatov Sh.


Farg’ona 2023 yil


1-MAVZU: FALSAFA FANINING PREDMETI, MAZMUNI VA JAMIYATDAGI ROLI
1- REJA:

1.Falsafa tushunchasining kelib chiqishi.


2.Dunyoqarash tushunchasi, uning mohiyati.
Dunyoqarashning tarixiy shakllari (mifologik,diniy, falsafiy).
3.Falsafaning predmeti va asosiy mazmuni.
4.Falsafaning jamiyat hayotidagi o‘rni va asosiy vazifalari.

Javoblar
1.Har qanday noma’lum so‘z mazmunini uning etimologiyasidan, ya’ni u qachon, qanday va nima uchun yuzaga kelganini aniqlashdan boshlash o‘rinli bo‘ladi. «Falsafa» tushunchasi yunoncha phileo – sevaman va sophia – donolik so‘zlaridan kelib chiqqan bo‘lib, mazkur atamaning dastlabki ma’nosini donolikka muhabbat deb talqin qilish mumkin. Falsafa so‘zini ilk bor qadimgi yunon mutafakkiri Pifagor miloddan avvalgi VI asrda tayyor holda (afsonalar, rivoyatlar, an’analar orqali) avloddan avlodga o‘tuvchi bilim va inson o‘z aqliga tayanib, mushohada yuritish va borliqni tanqidiy tushunish yo‘li bilan olishi mumkin bo‘lgan bilimni farqlash maqsadida ishlatgan.
2. Dunyoqarash subyektiv voqe’likni baholovchi qarorlar toʻplamidir. Atrof-olamni anglashga harakat qilish natijasi oʻlaroq kelib chiqadi. Dunyoqarash diniy, falsafiy, ilmiy boʻlishi mumkin. Dunyoqarash — dunyoga va insonning undagi oʻrniga, kishilarning oʻz atrofidagi voqelikka va oʻz-oʻziga munosabatiga boʻlgan umumiy qarashlar tizimi, shuningdek, bu qarashlarga asoslangan odamlarning eʼtiqodlari, ideallari, bilish va faoliyat tamoyillari.
Dunyoqarash insoniyatning tarixiy taraqqiyoti mobaynida rivojlanib borgan. Uning quyidagi shakllarini kursatish mumkin: 1. Mifologik yoki afsonalarga tayanuvchi dunyoqarash U voqelik haqidagi mifologik bilimlar toʻplangan va tizimga solingan bir davrda vujudga kelgan, borliqning inson ongidagi xayoliy inʼikosi sifatida qad. davr kishilari uchun xos boʻlgan. Ular voqelikni turli rivoyatlar va afso-nalar asosida tasvirlab, uni qahramonlar, yovuz va xayrli kuchlarni aks ettiruvchi obrazlar tarzida bilishgan. Tabiatdagi jonsiz jismlarni jonlantirib, olov, suv, havo, tabiat hodisalarini ham muayyan jonli obrazlarning namoyon boʻlishi deb hisoblashgan. 2. Diniy dunyoqarash U olamdagi voqea va hodisalarning sabablarini ilohiy, gʻayritabiiy kuch bilan boglab tushuntiradi. Diniy eʼtiqod, tuygʻu, diniy aqidalarga ishonish, ilohiy kuchlarga sigʻinish diniy dunyoqarashning muhim jihatlari hisoblanadi. 3. Turmush bilan bogʻlangan (kundalik) dunyoqarash Unda aqlga sigʻadigan tasavvurlar, olam va odam toʻgʻrisidagi oddiy anʼanaviy qarashlar aks etadi. 4. Falsafiy dunyoqarash Unda butun borliq, tabiat, jamiyat, inson ruxiyati va tafakkurining eng umumiy jihatlari idrok etiladi, shu asosda olamning umumlashgan nazariy modeli yaratiladi. Falsafiy dunyoqarash dunyoqarashning boshqa shakllariga tayanadi, ulardagi umumiy qonuniyatlarni, jihatlarni anglashga harakat qiladi. 
3. Falsafaning predmeti va asosiy mazmuni, odamlar va ularning fikr-mulohazalari, dunyo va uning haqiqati, tabiatning o'zining asosiy qonuniyatlari va o'zining o'zaro bog'liqliklari, insoniyatning ma'naviy va fikriy muammoslari, jamiyat tuzilishi va uning taraqqiyoti, odamlarning faoliyati va ularning faolliklari, ijtimoiy masalalar va ularning yechimlari, insonning o'zining o'ziga xosliklari, jamiyat va insoniyatning o'zaro munosabatlari, fikr va amalning o'zaro bog'liqliklari, odamlarning tabiatga nisbatan mas'uliyatlari, odamlarning dunyoqarashlari va ularning insoniyatga nisbatan vazifalari kabi mavzularni o'z ichiga oladi.


4. Falsafa, jamiyat hayotidagi muammolarni tahlil qilish, odamlarning ma'naviy va fikriy muammolarini o'rganish, dunyo va uning haqiqatini tushunish, insoniyatning o'zining o'ziga xosliklarini tushunish, ijtimoiy masalalarni hal qilish uchun fikr va amalni o'z ichiga oladi. Falsafa, odamlarning tabiatga nisbatan mas'uliyatlarini o'rganish, jamiyat va insoniyatning o'zaro munosabatlari, odamlarning dunyoqarashlari va ularning insoniyatga nisbatan vazifalari kabi mavzularni o'z ichiga oladi. Falsafa, jamiyatning tuzilishi va uning taraqqiyoti, odamlarning faoliyati va ularning faolliklari, ijtimoiy masalalar va ularning yechimlari kabi mavzularni o'z ichiga oladi. Bu bilim, odamlarning dunyoqarashlari, fikr-mulohazalari, va faoliyatlari bilan bog'liq bo'lgan muammolarni o'rganish va hal qilish uchun juda muhimdir.



Yüklə 181,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin