Axborot texnologiyalar infratuzilmasi. Reja axborot texnologiyalar infratuzilmasi komponentlari



Yüklə 9,45 Kb.
səhifə1/4
tarix07.06.2023
ölçüsü9,45 Kb.
#126422
  1   2   3   4
Axborot texnologiyalar infratuzilmasi. Reja axborot texnologiyal-fayllar.org


Axborot texnologiyalar infratuzilmasi. Reja axborot texnologiyalar infratuzilmasi komponentlari

AXBOROT TEXNOLOGIYALAR INFRATUZILMASI.

REJA

1. Axborot texnologiyalar infratuzilmasi komponentlari.

2. Biznesda qo‘llaniladigan kompyuterlar turlari.

3. Texnik vositalarni rivojlanish tendensiyalari.

Axborot texnologiyalari infratuzilmasi (IT infratuzilmasi) - bu IT dasturlari, kompyuter uskunalari va ular bilan professional faoliyatni amalga oshirish uchun foydalanadigan xodimlar o'rtasidagi aloqa vositalari majmuasidir.

Raqamli transformatsiya sharoitida AT infratuzilmasi har qanday kompaniya, tashkilot, muassasa, ham xususiy, ham davlat sektori faoliyatining asosi va harakatlantiruvchi kuchiga aylanadi.


IT infrastrukturasi yaxshi yo’lga qo’yilgan korxonada:


  • Uzluksiz ishlaydi ya’ni 24/7

  • Korxonalarning ishlash miqyosi masshtabini kengaytiradi

  • Xavfsizligi ta’minlanadi

  • Raqobatbardoshligini oshiradi va tez o’zgarishini ta’minlaydi

  • Ochiqligi ta’minlanadi va boshqarish osonlashadi

  • Ko’plab kompaniyalar xarajatlari IT ga sarflanadi shuning uchun IT yaxshi tanlangan bo’lsa kamroq harajat ketadi

  • Kam xarajat qilgan holda yangi modul va funksiyalar qo’shish imkoniyati

Axborot texnologiyasining asosiy tavsifi

Texnologiya so`zi grekchadan tarjima qilinganda–san’at, ustalik, malaka ma’nosini anglatadi. Texnikada texnologiya deganda–ma’lum kerakli material mahsulotni hosil qilish uchun usullar, metodlar va vositalar yig`indisidan foydalanadigan jarayon tushuniladi. Texnologiya obyektining dastlabki, boshlang`ich holatini o`zgartirib, yangi, oldindan belgilangan talabga javob beradigan holatga keltiradi. Misol uchun sutdan turli texnologiyalar orqali qatiq, tvorog, smetana, yog` va boshqa sut mahsulotlarini olish mumkin. Agar boshlang`ich xom ashyo sifatida axborot olinsa, ushbu axborotga ishlov berish natijasida axborot mahsulotinigina olish mumkin. Ushbu holda ham “texnologiya” tushunchasining ma’nosi saqlanib qolinadi. Faqat unga "axborot" so`zini qo`shish mumkin.


Yüklə 9,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin