1. Uzunlik o`lchov birligi Dyuma/in
2. Axborot almashish tezligi Mgs/MHZ
3. Axborot hajmi o`lchov birligi bayt/V
1v=1bayt=8 bit
1Kv=1024 v=210v
1Mv=1024 Kv=1024*1024=1048576v=546-547 bet
1Gv=1024 Mv=1024*1024*1024=1073731824v=559240 bet
Bitta belgi (harf, raqam, belgi) bir bayt joy egallaydi.
Disklar ham asosan 2 xarakteristikasi bilan farq qiladi, ya'ni birinchidan disklarning tashqi o`lchami hamda axborot ketish hajmi bilan.
Disk 3.5 dyu,(720 Kv ,1.44 Mv ,2 Mv)
Disk 5.25 dyu,(360 Kv,1.2 Mv)
Bu disklar floppi(floppu) disklar ham deyiladi. Ruschasiga NGMD - nakopitel gipkix magnitnix disk, o`zbekchasiga MED - magnitli egiluvchan disk. Floppi disketalarni buklash magnitga yaqinlashtirish, suvga tegizish, yoriqchasiga qo`l b/n ushlash hamda konfertsiz saqlash qatiyan man etiladi. Disklarning asosiy vazifasi axborotni saqlash hamda boshqa kompyuterga axborotni ko`chirish uchun mo`ljallangan.
O`zbekiston Respublikasida axborot texnologiyalarining taraqqiyoti va istiqboli (Pedagoglarni qayta tayyolash va malakasini oshirish tizimida yangi axborot texnologiyalarining roli)
Axborot jamiyatni rivojlantiruvchi va uning taraqqiyotiga asos beruvchi muhim vosita hisoblanadi. Shu kabi axborot insoniyat tarixida eng muhim iqtisodiy ko‘rsatkichlardan biri bo‘lsa, jamiyatni kompyuterlashtirish esa iqtisodiyotni tarkibiy jihatdan qayta qurishda asosiy harakatlantiruvchi kuchdir. Jamiyatni axborotlashtirish, yangi axborot texnologiyalari bilan ta'minlash insonlarning turli-tuman ma'lumotlariga bo‘lgan ehtiyojni qondirishda muhim o‘rin tutadi. Inson axborot olami ichra yasharkan, voqea-hodisalar va jarayonlarning bir-biriga aloqadorligini, o‘zaro munosabati va mohiyatini tahlil etish, o‘z hayotidan kelib chiqayotgan murakkab savollarga ilmiy javob topish maqsadida ko‘pdan-ko‘p dalil va raqamlarga murojaat qiladi. Axborot tufayli nazariya amaliyot bilan birikadi. Amaliyot nazariyasiz, nazariya esa amaliyotsiz ham bo‘lmaydi, rivojlanmaydi ham.
Bugungi kunda ijtimoiy turli ko‘rinishdagi axborotlar majmuasi keng va rivojlangan bo‘lib, uning jamiyatda tutgan o‘rni beqiyosdir.
Oxirgi davrda axborotli muhitda katta o‘zgarishlar bo‘lib bormoqda. Ana shu o‘zgarishlar qog`ozsiz texnologiya zaruriyatini keltirib chiqardi. Bu esa, o‘z navbatida, EHMning yanada keng rivojlanishiga sabab bo‘ldi.
Axborotli muhitning kelajakda, inson hayotidagi o‘rni va ahamiyati, bugungi holatidan ancha yuqori bo‘lishi uchun bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar ko‘lamini kengaytirish talab etiladi. Ana shu vazifalar majmuini informatizasiya (axborotlashtirish) deb atashga kelishib olingan. Buning ma'nosi ijtimoiy faoliyatni zamonaviy EHM va axborotli tizim asosida qayta qurish, rivojlantirish va samaradorligini oshirishdan iborat.
Agar kompyuterlashtirish texnik muammolarni o‘z ichiga olsa, axborotlashtirish kompleks jarayon bo‘lib, u jamiyat hayotining barcha jabhalarini qamrab oladi va kompyuterlar uning texnik asosinigina tashkil etadi, xolos.
Respublikamizda axborotlashtirish keng yo‘lga qeyilishi bilan, undagi har bir fuqaroga kerakli axborotni kerakli paytda, kerakli miqdorda, kerakli sifatda olish imkoniyatlari ochilmoqda. Respublikamizdagi viloyatlar, shaharlar, tumanlarga qarashli korxonalar, tashkilotlar va muassasalar zamonaviy kompyuter texnikalari bilan jihozlanib, ular maxsus qurilmalar (telefon tarmog`i, modem va boshqalar) yordamida axborotlarni uzatish va qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘lmoqdalar.
Hukumatimiz tomonidan bu sohaga katta e'tibor berilmoqda. Jumladan, milliy axborot tizimini shakllantirish jarayonida Internet va boshqa global axborot tizimlari, texnologiyalaridan foydalanish hamda mamlakatda axborot industriyasini rivojlantirish maqsadida mart oyida Toshkent shahrida o‘tkazilgan 1-Milliy Internet festivali bunga yaqqol misoldir.
«Ta'lim to‘g`risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»ning hayotga tadbiq etish uzluksiz ta'lim tizimini rivojlantirishni, kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlashni, kasb bilimlari va ko‘nikmalarini chuqurlashtirishni hamda yangilashni talab etadi. Bugungi
kunda Internet va WWW-texnologiyasi yordamida masofadan o‘qitish, masofadan malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslariga katta imkoniyatlar yaratildi. Jumladan, «Osiyo rivojlanish» banki kredit mablag`lari hisobidan institutga PENTUM-3 kompyuter kompleksi va ofis jihozlari taqdim etdi. Bu kompyuterlar modem aloqalari va internet tarmog`iga ulandi. Undan tashqari internet tarmog`ida institumizning elektron pochtasi (e-Mail msodiq@mail.ru) tashkil etilgan bo`lib, u orqali dunyoning istalgan ilmiy muassasalari bilan aloqa qilish imkoniyati yaratildi. Zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan keng foydalangan holda bilim va tajriba to‘plash, masofadan o‘qitish uchun internet tarmog`ida institutimiz sahifasi ( www.namanganmoi.nm.ru ) tashkil etilib, boshlang`ich ma'lumotlar kiritildi. Institut sahifasida, institut haqida ma'lumot, uning faoliyati haqida, yangiliklar, «Ziyokor» ilmiy, uslubiy, ijtimoiy va adabiy-badiiy oynomaning elektron ko‘rinishi hamda yangi pedagogik texnologiyalar bo‘yicha lavhalar aks ettiriladi. Bu esa pedagoglarimiz o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish imkoniyatini beradi.
Masofadan o‘qitish yoki masofadan malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarini yuqorida ko‘rsatilganidek zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida qo‘yidagicha tashkil etish mumkin:
1. O‘quvchilar(tinglovchilar) o‘quv materiallarini, uslubiy qo‘llanmalarni, kitoblarni va videofilm ko‘rinishidagi o‘quv materiallarni elektron pochta yoki modem aloqasi orqali oladi;
Dostları ilə paylaş: |