5.zamonaviy dasturlash tillari. Python. Python dasturlash tili imkoniyatlari kengayishga moyil bo‘lgan dasturiy til hisoblanadi. Agar siz dasturingizning biror-bir joyini tezroq ishlashini xoxlasangiz, o‘sha qismni C yoki C++ dasturlash tillarida yozib, keyin shu qismni Python kodingiz orqali ishga tushirsangiz (chaqirsangiz) bo‘ladi. Bundan tashqari, Python juda ham ko‘p, foydali hamda xilma-xil dasturlar kutubxonalarga egaligi ham juda muhimdir. Python dasturlash tili sodda va o‘qilishi oddiy bo‘lgan dasturlash tili bo‘lib u inglizcha so‘zlarni qo‘llaydi va u PERL va PHP ga tillariga o‘xshab ketadi. Python interaktiv dasturlash tili bo‘lib, ob’ektga yo‘naltirilgan tillar jumlasiga kiradi, ya’ni, Python ob’ektga yo’naltirish uslubini yoki dasturiy texnikasini qo‘llabquvvatlaydi. Python boshlovchi dasturchilar tilidir, ya’ni u boshlang‘ich dasturchilar uchun ajoyib til bo‘lib, oddiy matnni ishlashdan tortib, veb-brauzerlaridagi o‘yinlarga qadar keng ko‘lamdagi ilovalarni ishlab chiqishni qo‘llab quvvatlaydi.
O‘rganish oson: Python nisbatan kam sonli kalit so‘zlar, oddiy tuzilish va aniq belgilangan sintaksisga ega; Tushunish va o‘qish oson: Python kodi juda aniq va yodda qoladigan tarzda yoziladi; Unda ishlash juda ham qulay: Python ning muvaffaqiyati – manba kodining tuzilishi juda sodda va tushunarli; Python kattagina standart kutubxonaga ega: Python ning eng qudratli jihatlaridan biri kutubxonaning asosiy qismi juda portative va UNIX, Windows va Macintoshda o‘zaro faoliyat platformalar bilan mos keladi; Interaktiv usulda ishlash imkoniayti mavjud: Python da terminalda ishlash uchun juda qulay, natijalarni terminalda test qilib ko‘rsa ham bo‘ladi; Bu til moslashuvchan hisoblanadi: Python keng apparat platformalarida ishlaydi va barcha platformalarda bir xil interfeysga ega; Kengaytirilish imkoniyatalariga ega: Python tarjimoniga past darajadagi modullarni qo‘shishingiz mumkin;
6.zamonaviy dasturlash tillari. C++.C++ dasturlash tili C tiliga asoslangan. C esa oʼz navbatida B va BCPL tillaridan kelib chiqqan. BCPL 1967 yilda Martin Richards tomonidan tuzilgan va operatsion sistemalarni yozish uchun moʼljallangan edi. C++ tilini 80 yillarda АT&T Bell Labs korxonasi ishchisi Byarnom Straustrup tuzgan. Аvtorning aytishicha, bu tilni tuzishda u hech qanday qogʼozlarni qoralamagan va hamma ishni yoʼl yoʼlakay, ketmaketlikda tuzib chiqqan. Uning asosiy maqsadi, oʼzi va doʼstlari uchun qulay dasturlash tili yaratishdan iborat edi. C++ dasturlash tilining asosi C hisoblanadi va shu tilni(C) misolida C++ tilini tuzib chiqdi. 1990 yilda C++ standarti ishlab chiqildi va bu standart hozir ANSI C nomi bilan mashxur. Bu til juda kengayib ketdi va hozirgi kunda bu tilning imkoniyatlari juda cheksiz hisoblanadi.