“TIQXMMI”MTU”ning Qarshi irrigatsiya va agrotexnalogiyalar instituti CHQXM fakulteti TJICHAB yo’nalishi 2-bosqich 205-guruh talabasi G’aybullayev Jahongirning Axborot texnologiyalari va jarayonlarni matematik modellashtirish fanidan tayyorlagan taqdimoti QARSHI 2022
Mavzu;web-saytlar yaratishning zamonaviy texnologiyalari reja; 1.html tili. 2.web-saytlar yaratishning zamonaviy texnologiyalari. 3.axborotlarni himoya qilish usullari. 4.antivirus dasturlari. 5.zamonaviy dasturlash tillari. Python. 6.zamonaviy dasturlash tillari. C++. 7.zamonaviy dasturlash tillari. Java. 8.zamonaviy dasturlash tillari. Javascript.
1.html tili. HTML (inglizcha: Hypertext Markup Language — hipermatnli belgilash tili) — SGML (Standard Generalized Markup Language — standart umumlashtirilgan belgilash tili) ga asoslangan va xalqaro ISO 8879 standartiga mos keluvchi til, xalqaro turda ishlatiladi. HTML tili taxminan 1991—1992-yillarda Yevropa Yadroviy Tadqiqotlar Markazida ishlovchi britaniyalik mutaxassis Tim Berners-Lee tomonidan ishlab chiqilgan. Dastlab bu til mutaxassislar uchun hujjat tayyorlash vositasi sifatida yaratilgan. HTML tilining soddaligi (SGMLga nisbatan) va yuqori formatlash imkoniyatlarining mavjudligi uni foydalanuvchilar orasida tez tarqalishiga sabab boʻldi. Bundan tashqari unda hipermatnlardan foydalanish mumkin edi. Tilning rivojlanishi bilan unga qoʻshimcha multimedia (tasvir, tovush, animatsiya va boshqalar) imkoniyatlari qoʻshildi.