#include<iostream> #include direktivasi kompilyatorga iostream.h sarlavha faylidagi ma`lumotdan foydalanish zarurligini ko`rsatadi. Qisqartirilgan stdio standart kiritish/chiqarish (standart input/output) so`zini anglatadi. iostream.h fayl, kompilyator disk fayllari va printer bilan ishlashi uchun kerakli bo`lgan ko`rsatmalarni saqlaydi.
Sarlavha faylida saqlanadigan ko`rsatmalarni main() funksiyadan oldin joylashtirish lozim.
Sarlavha fayli (< >) belgilari orasida berilsa, bu fayl INCLUDE katalogida mavjud bo`lishi mumkinligini kompilyatorga bildiradi. Instalyatsiya jarayonida sarlavha fayllari shu katalogga joylashtiriladi. Agar kompilyatsiya jarayonida sarlavha fayllari joriy katalogdan topilmasa, kompilyator uni INCLUDE katalogidan izlaydi.
Siz sarlavha faylini qo`shtirnoq ichiga olib ham yozishingiz mumkin.
#include“iostream” Bu holda kompilyator sarlavha faylini faqat joriy katalogdan izlaydi, agar uni topa olmasa, xatolik mavjudligi xabarini beradi. Shuning uchun kompilyator hujjati bilan tanishib, qaysi holat o`rinli ekanligini aniqlang.
usingnamespacestd; ko’rsatmasi Dev C++ muhitida qo’yilishi lozim, Borland C++ muhitida bu ko’rsatma berilmaydi.
Dasturning asosiy kodi main() funksiyasini chaqirish bilan boshlanadi. C++ dasturida albatta main() funksiyasi bo‘lishi shart va dastur shu funksiyani bajarish bilan o‘z ishini boshlaydi. Funksiya bu bir yoki bir necha amalni bajaruvchi dastur blokidir. Odatda funksiyalar boshqa funksiyalar orqali chaqiriladi, lekin main() funksiyasi alohida xususiyatga ega bo`lib u dastur ishga tushirilishi bilan avtomatik tarzda chaqiriladi.
main() funksiyasini boshqa funksiyalar kabi qaytaradigan qiymati tipini e`lon qilish lozim. SALOM.cpp dasturida main() funksiyasi int (integer
butun so`zidan olingan) tipli qiymat qaytaradi, ya`ni bu funksiya ishini tugatgandan so`ng operatsion sistemaga butun sonli qiymat qaytaradi. Operatsion sistemaga qiymat qaytarish unchalik muhim emas, umuman sistema bu qiymatdan foydalanmaydi, lekin C++ tili standarti main() funksiyasi barcha qoidalarga muvofiq e`lon qilinishini talab qiladi.
Eslatma: Ayrim kompilyatorlar main() funksiyasini void tipidagi qiymat qaytaradigan qilib e`lon qilish imkonini beradi. C++ da bundan foydalanmaslik kerak, chunki hozirda bunday uslub eskirgan. main() funksiyasini int tipini qaytaradigan qilib aniqlash lozim va buning hisobiga funksiyaning oxiriga return 0 ifodasi yoziladi.
Barcha funksiyalar ochiluvchi figurali qavs ({) bilan boshlanadi va (}) yopiluvchi qavs bilan tugaydi. main() funksiyasi figurali qavsida 3 – satrdan 6 – satrgacha joylashtirilgan. Figurali qavslarni ichida joylashgan barcha satrlar funksiya tanasi deb aytiladi.
Bizning oddiy dasturimizning barcha funktsionalligi 4–satrda keltirilgan. cout ob`ekti ekranga ma`lumotni chiqarish uchun qo`llaniladi. cin va cout ob`ektlari mos ravishda ma`lumotlarni kiritish (masalan, klaviatura orqali) va
ularni chiqarish (ekranga chiqarish) uchun qo`llaniladi. main() funksiyasi 6 – satr bilan tugallanadi.
Dastur tanasida konsol rejimi (Consol – rejimi bu MS DOS oynasi ko’rinishiga o’xshash oyna bo’lib, unda foydalanuvchi dastur tuzuishda faqat dastur kodlari bilan ishlaydi. Graphic interface – rejimida esa faqat tilning kodlari bilangina emas muhitning menyulari, komponentalari bilan ham ishlashi mumkin bo’ladi) da belgilar ketma-ketligini oqimga chiqarish amali qo‘llanilgan.
Ekranga ma`lumotni chiqarish uchun coutso`zini, undan so`ng chiqarish operatorini (oqimini) (<<) kiritish lozim. C++ kompilyatori (<<) belgisini bitta operator deb qaraydi.
– misol.coutob`ektiniqo`llanilishi
//cout ob`ektini qo`llanilishi#include using namespace std; //Dev C++ muhitida qo’yilishi lozimint main() { cout << “Bu son 5 ga teng:” << 5<< “\n”;cout <<“endl operatori ekranda yangi “;cout << “ satrga o`tish amalini bajaradi”;cout < cout << “Bu katta son:\t“<< 70000 << endl;cout<<“Bu 5va8sonlariningyig`indisi: <<\t“<<8+5<<endl; cout<<“Bukasrson:\t\t“<<(float)5\8 <<endl; cout << “Bu esa juda katta son: \t”;cout<<(double)7000*7000<<endl; return0; } NATIJA:
Bu son 5 ga teng: 5
endl operatori ekranda yangi satrga o`tish amalini bajaradi
Bu katta son: 70000
Bu 5 va 8 sonlarining yig`indisi: 13
Bu kasr son: 0.625
Bu esa juda katta son: 4.9e+07
Eslatma: endl operatori endline(catr oxiri) degan so`zdan olingan bo`lib