Axborot texnologiyalari va jarayonlarni matematik modellashtirish



Yüklə 2,02 Mb.
səhifə47/68
tarix07.01.2024
ölçüsü2,02 Mb.
#203361
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   68
M.20Nurullayev20-20Axborot20texnologiyalari20va20jarayonlarni20matematik20modellashtirish[1]

Marshrutlash masalasi.


Qaror qabul qilishning matematik modeli bo`lgan optimallashtirishning eng keng tarqalgan masalasi – marshrutlashni o`rganish hisoblanadi. Kommivoyajer masalasi marshrutlashning bazaviy modeli deb qabul qilingan.
Kommivoyajer masalasi dastlab marketing sohasida qo`llanilgan. Keyinchalik boshqaruv faoliyatining boshqa sohalariga, ayniqsa hududlardagi tarqoq ob`ektlarning boshqaruviga tadbiq etila boshlandi.
Bunday amaliy qo`llanilishga misol sifatida:

  • Sanoatning har xil sohalaridagi tarqoq ob`ektlarga xizmat ko`rsatishda;

  • Ekspeditsiyalarni uchib aylanib chiqish va mos yuklarni ularga tashlashda;

  • Sanoat sohalaridagi texnik ob`ektlarga xizmat ko`rsatishda optimal marshrutlarni aniqlashda.

Turli hududlarda joylashgan sanoat korxonalarida marshrutlash masalasi alohida o`rin tutadi. Masalan, korxona muhandisi xizmat faoliyati chog`ida turli hududlarda joylashgan ob`ektlarga turli zaruriy jihozlarni etkazishi, ob`ektlarga borishiga va ulardagi ish jarayonlarini kuzatishiga to`g`ri keladi. Muhandisning xizmati yo`nalishini optimallashtirish ushbu xizmat samaradorligini oshirib, yo`nalishdagi bir ob`ektdan boshqasiga qisqa vaqt ichida o`tilishini ta`minlaydi.
Masalaning qo`yilishi. Muhandis tomonidan m ta ob`ekt tekshirilishi kerak. Bu ob`ektlarning hududdagi joylashishi ma`lum va C=|cij|, i= , j= matritsa bilan aniqlanadi. (C – masofalar matritsasi, cij i - ob`ektdan j – ob`ektgacha bo`lgan masofa). Muhandis joylashgan punkt i = 1 deb qabul qilinadi. Harakat shu punktdan boshlanadi. Muhandis eng qisqa vaqt orasida har qaysi ob`ektni bir martadan tekshirishi, so`ngra boshlang`ich punktga qaytishi talab etiladi, ya`ni optimal yo`nalishni tuzishi kerak. Ayniqsa, ob`ektlarga turli xil jihozlarni yetkazganda, jihozning turi va boriladigan ob`ektlarning o`rniga muvofiq optimal marshrutlash muhim hisoblanadi.
Umumiy holda, masalaning aniq yechimi m kattalik bilan tavsiflanuvchi masala o`lchamiga hamda qo`llanilayotgan algoritm va kompyuterning samaradorligiga bog`liq.

Yüklə 2,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin