Dekart koordinatalar sistemasida ikki o’lchovli grafik formatlarini o’zgartirish
Grafik formatlarini o’zgartirish uchun sichqoncha ko’rsatkichi grafik soha ichiga olib borib, chap tugma ikki marta chiqillatilsa yoki sichqoncha ko’rsatkichi grafik soha ichiga olib borib, o’ng tugma bosilgach, ochilgan konteks menyudan “Формат” yoki menyuning “Формат-Графики-График X-Y” buyruq ishga tushirilsa “Форматирование выбранного графика X-Y” oyna ochiladi.
Oyna 5 ta “Оси X-Y”, “Графики”, “Формат чисел”, “Подписи” va “Умолчания” sahifalaridan iborat.
Har bir sahifada parametr o’zgartirilgach, “Применить” tugma bosilsa, o’zgarish grafikka qo’llaniladi.
“Оси X-Y” sahifada x va y koordinata o’qlariga doir sеtka, sonli qiymatlar singari parametrlarni o’rnatish mumkin. Grafikda x ordinata o’qini [-20,20], y abtsissa o’qini esa [-30,100] interval deb o’zgartiramiz.
“ОсьX”va“ОсьY”sohalarparametrlari:
“Логарифмическая шкала” – koordinata o`qida logarifmik masshtabdagi sonli qiymatlarni tasvirlash;
“Линия сетка” – koordinata o`qlariga masshtabli sеtkalar qo`yish va uning rangini ko’rsatish;
“Нумерованная” – koordinata o`qi bo`yicha sonlarni qo`yish;
“Автомасштабирование” – son qiymatlar chеgarasini o`qda avtomatik masshtablash;
“Показать маркеры” – koordinata o`qlari bo’yicha bo’lish, grafikka bеlgi kiritish va uning rangini ko’rsatish;
“Автосетка” – chiziq sеtkasi sonini avtomatik tanlash. “Стильосей”sohatanlovlari:
“Равные масштабы” – koordinata o’qida barcha sonlarni ko’rsatish. Sahifada kerakli parametrga qayd qo’ygach, “Применить” tugma bosilsa,
natija grafikda tasvirlanadi. “ОК” tugma bosilsa, qaydlar tasvirlanib, oyna yopiladi.
“Графики” sahifada chizilgan grafika chizig’i qalinligi, turi va rangi singari parametrlarni o’rnatish mumkin.
“Графики”sohaparametrlari:
“Метка легенды” – grafikni tanlash (трассировка 1 – birinchi grafika);
“Символ частота” – belgilar chastotasi;
Symbol – grafikni chizishda qo’llaniladigan belgilar ( – belgisiz, x, +, aylana, to`g`ri burchak, romb kabilar);
“Символ все” – chiziqda juftlik soni;
“Линия” - chiziq ko`rinishi (uzliksiz, punktir, shtrixli va shu kabilar);
“Линия все” – chiziqlar soni;
“Цвет” - chiziq rangi (qizil, ko’k va shu kabilar);
“Тип” - grafik tipi (chiziq, nuqtali va shu kabilar);
“Формат чисел” grafika sonlari formatini alohida o’rnatish (ko’pchilik hollarda ishlatilmaydi).
“Подписи” – grafik nomi va koordinata o'qlariga izoh kiritiladi.
“Подписи”sohaparametrlari:
“Заголовок” maydoniga sarlavha matni kiritiladi. Sarlavha grafikning yoqorisida tasvirlanishi uchun “Сверху”, quyisida “Снизу” belgilanadi.
“Подписи осей” sohaning “Ось X:” va “Ось Y:” maydonlariga koordinatalar o’qiga mos izoh matni kiritiladi.
Kiritilgan matnlar grafik sohasiga chiqishi uchun “Показат название” qayd qilinishi lozim.
“Умолчания” – o’zgartirilgan parametrlarni boshlang’ich jimlik holati sifatida qabul qilish yoki qilmaslik belgilanadi.
Ushbu formatlar qo’llanilsa grafik ancha ko’rgazmali bo’ladi.